Davlat maqsadli jamg'armalarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati
Download 22.18 Kb.
|
Davlat maqsadli jamg
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Davlat maqsadli jamg'armalarininh tarkibi3 1. «El-yurt umidi» jamg'armasi 2. Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo'yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash bo'yicha markazlashtirilgan jamg'arma 3. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi 4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg' armasi 5. Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi 6. Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi 7. Jamoat ishlari jamg'armasi 8. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi 9. Turizm va sportni qo ' llab -quvvatlash jamg'armasi 10. Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi 11. Vinochilikni rivojlantirish jamg'armasi 12. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg'armasi 13. Tez tibbiy yordamni rivoj lantirish jamg'armasi 14. Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi 15. Ta' lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi 16. Davlat qarziga xizmat ko'rsatish bo'yicha kafolat jamg'armasi 17. Baliqchilikni rivojlantirish jamg'armasi 18. Byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg'armasi 19. Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi 20. Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi 21. Avtomobil yo'llarini rivojlantirish maqsadli jamg'armasi 22. Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg'armasi 23. Byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg'armasi 24. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi So'nggi yillarida mamlakatimizda davlat maqsadli jamg'armalarining soni oshishi bilan birga, mos ravishda ularning daromadlari va xarajatlari miqdori ham o'sib boorish tendensiyasiga ega. Biroq, davlat maqsadli jamg'armalarining daromadlari xarajatlari qoplashga yetarli miqdorda bo'lmagani bois, davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg'armalariga har yili transfertlar ajratishga to'g'ri kelmoqda. Quyida keltirilayotgan 2-jadvalda 2020-2022 yillarda davlat maqsadli jamg'armalarining daromadlari, xarajatlari va ajratilgan transfertlar miqdori keltirilgan. Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2020 yilda davlat maqsadli jamg'armalari (O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasini hisobga olmaganda) daromadlari 25 385,1 mlrd. so'mni tashkil qilib, xarjatlari esa 35 3 "2022 yilda O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti to'g'risida"gi 30.12.2021 yildagi O'RQ-742-son Qonunning 3-ilovasi asosida tayyorlangan 413,6 mlrd. so'm miqdorda bo'gan. Natijada davlat byudjetidan 2020 yilda 9 248,1 mlrd. so'm transfert ajratilgan. 2022 yilda esa davlat maqsadli jamg'armalarining daromadlari 31 935,9 mlrd. so'm, xarajatlari 58 179,0 mlrd. so'm va tarnsfertlar 25 900,1 mlrd. so'm bo'lishi prognoz qilingan. 2-jadval Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari, xarajatlari va ularga ajratilagan transfertlar miqdori4, mlrd. so'mda № Ko'rsatkichlar 2020 yil 2021 yil 2022 yil 1. Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari 25 385,1 26 173,9 31 935,9 2. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasiga tushumlar 5 115,0 5 336,2 8 495,3 3. Davlat maqsadli jamg'armalari xarajatlari 35 413,6 40 772,5 58 179,0 4. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'larining sarflanishi 5 115,0 13 423,6 7 727,1 5. Davlat maqsadli jamg'armalariga transfertlar 9 248,1 15 928,9 25 900,1 Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, mamlakatmiz moliya tizimida davlat maqsadli jamg'armalarining o'rni beqiyos bo'lib, ular nafaqat moliya tizimi barqarorligida balki aholining ijtimoiy turmush farovonligini oshirishda muhim o'rin egallab kelmoqda. Shu boisdan, hozirgi kunda davlat maqsadli jamg'armalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning moliyaviy barqarorligi oshirishga qartilgan islohotlar faol tarzda amalga oshirilib kelinmoqda. Yuqoridagi tahlil natijalarga asoslangan holda ta'kidlash joizki, mamlakatimiz moliya tizimining asosiy bo'g'inlaridan hisoblangan davlat maqsadli jamg'armalari faoliyatining rivojlantirilishi va ularning molyaiviy barqarorligini yanada oshirilishi pirovardida moliya tizimi barqarorligining mustahkamlanishiga imkon yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. "2020-yil uchun O'zbekiston Respublikasining davlat byudeti to'g'risida" O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 09.12.2019 yildagi O'RQ-589-son 2. "2021-yil uchun O'zbekiston Respublikasining davlat byudeti to'g'risida" O'zbekiston Respublikasining qonuni, 25.12.2020 yildagi O'RQ-657-son 3. "2022-yil uchun O'zbekiston Respublikasining davlat byudeti to'g'risida O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 30.12.2021 yildagi O'RQ-742-son" 4. "O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudeti tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamg'armalarining ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.11.2019 yildagi 917-son 5. Nurmuxamedova B., Kabirova N. Moliya T:, "Tasvir", 2014. 6. Н.Х.Хайдаров. Роль иностранных инвестиций в финансовом оздоровлении Узбекистана. Финансы и кредит, 2001 4 O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti to'g'risidagi 09.12.2019 yildagi O'RQ-589-son, 25.12.2020 yildagi O'RQ-657-son, 30.12.2021 yildagi O'RQ-742-son Qonunlarning 1-ilovasi asosida tayyorlangan 7. Nizamiddin Khaydarov. Agricultural Development in Uzbekistan: Agricultural Reforms versus Transboundary Water Issues. Developing Country Studies www. iiste. org. ISSN. 2015 8. Хдйдаров Н.Х. Молия: умумдавлат молияси. Т.: Иктисод-молия, 2009 9. Т.Маликов, Н.Хайдаров. Давлат бюджети. Т.: "IQTISOD-MOLIYA, 2007 10. Г.Г.Назарова, Н.Х.Хайдаров, М.Акбаров. Халкаро иктисодий муносабатлар. - Т.: МЧЖ "RAM-S", 2007 11. G.G.Nazarova, N.X.Xaydarov, M.T.Akbarov. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - T.: MChJ "RAM-S", 2007 Download 22.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling