Davlat moliyasi boshqaruvi va nazariyalari Davlat moliyasini boshqarishda xorij tajribalari


Download 257.82 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi257.82 Kb.
#1269419
Bog'liq
asliddin moliya


Reja:
Kirish
1 Davlat moliyasi boshqaruvi va nazariyalari
2 Davlat moliyasini boshqarishda xorij tajribalari
3 Respublikamizda davlat moliyasiniboshqarishning zamonaviy uslubiyoti

Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat moliyasining mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Davlat moliyasi pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. Davlat moliyasi tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.
Birinchi marta "Davlat moliyasi " atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila boshladi. Oʻsha davrda Davlat moliyasi turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan nakd pulga ehtiyoj oʻsdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yigʻib olinadigan boʻldi, majburiy soliklar va zayomlar davlat zayomlari bilan almashindi. Buning oqibatida Davlat moliyasining murakkab tizimi vujudga keldi.
Hozirgi vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda Davlat moliyasi katta ahamiyatga ega. U takror ishlab chiqarish jarayonlarini taʼminlash, xalqning moddiy va maʼnaviy turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablagʻ bilan taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotini oʻstirish, xalq xoʻjaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash, davlatni idora qilish va boshqarishda yetakchi vosita hisoblanadi. Mavjud barcha korxonalar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari moliyasi Davlat moliyasi va moliya tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir.

Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar shundan iboratki, bozor xo’jaligi o’z-o’zini tartiblovchi va rivojlantiruvchi tizim (bozorning “ko’rinmas qo’li”) bo’lishiga qaramasdan, hech qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma’lumki, umuman olganda, kapitali­stik bozor xo’jaligining yuzaga kelishi faol davlat aralashuvi bilan birga sodir bo’lgan. Masalan, 1563 yilda ingliz qirolichasi Elizaveta I milliy baliqchilikni qo’llab-quvvatlash va unga bo’lgan talabni oshirish maqsadida o’z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta go’sht mahsulotlarini iste’mol qilishni ta’qiqlagan. 1666 yilda esa Angliyada jun mahsulotlarini sotish bilan bog’liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilgan, xususan, vafot etgan fuqarolarni jun matodan bo’lgan kiyimlarda dafn etish majburiy qilib qo’yilgan, bu qonunni buzganlarga 5 funt-sterling miqdorida jarima belgilangan.


Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarning fikricha, bozorning “ko’rinmas qo’li” davlatning “ko’rinadigan qo’li” bilan to’ldirilib turilishi kerak. Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi bu aralashuvning qay darajada bo’lishi bilan bog’liq, lekin davlatning tartiblovchi tamoyili asosan ko’pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko’ra, bozor jamiyatda mavjud bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini o’z-o’zidan hal qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o’z-o’zini tartiblash raqobatni rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma’lum turlari narxining oshishiga olib keladi va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik sharoitida iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo’shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji tug’iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – davlatning iqtisodiyotni tartiblovchi dastak va vositalaridir. Iqtisodiyotni faqat “ko’rinmas qo’l”ga tashlab qo’yish ijobiy natija bermasligini va bu haqiqatning naqadar to’g’ri ekanligini bugungi kundagi reallik, jahonda yuz berayotgan to’fonlar tasdiqlab turibdi.
2017 yilga kelib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-721-son Qarori (01.11.2017) qabul qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish loyihasini yangi ishtirokchi – Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish belgilandi.
Umuman olganda, davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlarini amalga oshirish maqsadlariga hukumatimiz tomonidan ajratilgan mablag’lardan tashqari, Jahon banki tomonidan – 14,2 mln. dollarlik kredit mablag’lari, Yaponiya hukumati tomonidan – 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan – 2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan – 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilishi ko’zda tutilgan.Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri – budjet tizimining to’liq shaffofligini ta’minlash maqsadida budjet mablag’larini ularning oluvchilariga etkazishda kechikishlarga, qarzdorlikka yo’l qo’ymaslik, budjet mablag’laridan maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, budjetlararo munosabatlar samaradorligini oshirgan holda hokimiyatlarning turli darajalaridagi budjetlarning hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning daromad va xarajatlari hisobraqamlarini G’aznachilikka o’tkazishdan iborat.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat budjetining g’azna ijrosi mexanizmlarini O’zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. G’aznachilik tizimi davlat budjetini ijro etishning samarali va amaliy mexanizmi hisoblanib, unda davlat daromadlari va xarajatlari bo’yicha barcha operatsiyalar G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
Muhtaram Prezidentimiz bu borada shunday degan edilar: “Davlatning xazinasi, uning daromad va buromadini, bugungi va ertangi kunini belgilaydigan boylik qaerda saqlanadi, kim uni himoyalaydi? Albatta, Moliya vazirligi. Shu ma’noda, agar menga qolsa, Moliya vazirligini Xazina vazirligi deb atagan bo’lardim”1.
Davlat budjetining g’azna ijrosi deganda davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’lari to’planadigan va ushbu mablag’lar doirasida aniq belgilangan yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g’azna hisobraqam orqali davlat budjetini ijro etish hamda davlat moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.
G’aznachilik budjet tashkilotlarning va budjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ro’yxatga oladi, mol etkazib beruvchilar tomonidan ularga mahsulotlar etkazib berilganidan va xizmatlar ko’rsatilgandan so’ng, budjet tashkilotlarining va budjetdan mablag’ oluvchilarning nomidan va ularning topshirig’iga asosan G’aznachilik vakolatni o’z zimmasiga oladi va budjet mablag’larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida taqdim qilingan hujjatlar bo’yicha to’lovni amalga oshiradi.
G’aznachilikning rivojlanishi budjet ijrosida ishtirok etuvchi barcha darajadagi moliya va soliq organlarining faoliyatini umumlashtiradi, yangi sharoitlarda ularning butun faoliyati davlat moliyaviy mablag’larini yagona davlat xazinasida jamlashga qaratiladi.
Har qanday davlat va jamiyatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini bajarish uchun kuchli ijtimoiy himoya, ta’lim, sog’liqni saqlash, mudofaa hamda boshqaruv organlarini saqlab turish zarur bo’ladi. Buning uchun rivojlangan budjet tizimini yaratish, mamlakat hududidagi mavjud daromad manbalari va xarajat yo’nalishlari haqida aniq asoslangan tahliliy malumotlarga ega bo’lish talab etiladi.
Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi. 1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.
3. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug‘urtasi fondini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.
Davlat byudjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida byudjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.
Davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo‘g‘ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi. SHaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarini tashkil qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi. Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Byudjet taqchilligining o‘sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbatida aniq namoyon bo‘ladi.

2- reja
Moliya vazirligi tomonidan davlat budjeti mablag‘larini moliyalashtirishda har bir bosqichni nazorat qilish uchun barcha jarayonlar raqamlashtirilmoqda. Hozirgi kunda budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar sarflangan mablag‘lar bo‘yicha hisobotni avtomatlashtirilgan tarzda topshiradi. 


Moliya tizimidagi barcha raqamlashtirish amaliyotlari Moliya vazirligi qoshidagi Axborot texnologiyalari markazi davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Endilikda axborot tizimlari orqali Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va maqsadli sarflanishini kuzatib borish hamda tezkor axborotga ega bo‘lish mumkin. Moliya vazirligi tizimida raqamlashtirish bilan bog‘liq “Ochiq-budjet”, “Ijtimoiy himoya Yagona reestri”, “UzASBO”, “DMBAT”, “Gazna resurs”, “Subsidiya”, “E-nazorat” va “HR.MF” singari asosiy loyihalar amalga oshirildi. 
Bular ichida eng yetakchilari “Ochiq-budjet”, “Ijtimoiy himoya Yagona reestri” fuqarolar og‘irini yengil qilayotgan bo‘lsa, “HR.MF” va “UzASBO” loyihalari vazirlik va idoralarning buxgalteriya va kadrlar bo‘limi xodimlari uchun juda qulaylik yaratdi.
Byudjet mablag'larini tasarruf etuvchilar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan byudjet mablag'laridan foydalanish jarayonini to'liq o'z rasmiy saytlarida e'lon qilib borishlarini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlariga tegishli normalar kiritildi.
Shuningdek, 2020 yildan boshlab ilg'or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti loyihasi ilk bora Qonun shaklida qabul qilindi hamda vazirlik va idoralarning vakolat va mas'uliyatini oshirish maqsadida byudjet xarajtlari avvalgidek sohalar bo'yicha emas, balki vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlandi. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti xarajatlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari tomonidan, mahalliy byudjetlar esa tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etildi.
2018-2019 yillar davomida mamlakatda soliq islohotlari amalga oshirilib, iqtisodiyotga soliq yuki kamaytirishga erishildi, shuningdek soliq turlari maqbullashtirilib, qo'shilgan qiymat soliq to'lovchilar sonini oshirish hisobiga qo'shimcha qiymat solig'i zanjirini hosil qilishga erishildi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo'llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to'lash tartiblari soddalashtirildi. Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat moliyaviy statistikasi (GFS) standartlariga muvofiq shaklda Xalqaro valyuta jamg‘armasining saytida joylashtirib borilmoqda; 2019 yildan boshlab tuman va shahar byudjetlarida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha manbalarining kamida 10 foizi fuqarolar tomonidan bildirilgan tadbirlarga asosan yo‘naltirish mexanizmi joriy etildi; Byudjet mablag‘larini tasarruf etuvchilar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonini to‘liq o‘z rasmiy saytlarida e’lon qilib borishlarini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlariga tegishli normalar kiritildi.
Open budjet portali orqali ”Davlat tashabbusli loyixalar”ga qancha mablag’ ajratganini ko’rib borish mumkin.Misol uchun 2022 yilning 15 iyulidan 19-sentabrgacha qariyb 1.5 mlrd miqdorida pul mablag’lari ajratilgan.Mos ravishda shu davrda 61566 ta tashabbuslar taklif qilingan shulardan 37670 tasi tasdiqlangan va 7 823 439 ta ovoz to’plagan.
Mening yo’im dasturi bo’yicha 2022 yil 4-apreldan shu oyning 29 apreligacha 272.7 mlrd so’m ajratilgan.Bu mablag’larning hammasi fuqarolarning fikri asosida kelib tushgan 9212(tasdiqlangan 380) tashabbuslarga yo’naltirilgan.
Hozirda 2023 yil 6-fevraldan joriy yilning 7-apreligacha 1.01 mlrd so’m pul ajratilgan va arizalar qabul qilish boshlangan.

3- reja
Bugungi kunda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yеtakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda davlat moliyasining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joizdir, “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir.


2018 yilda PEFA metodologiyasi bo‘yicha amaldagi byudjet tizimining tanqidiy tahlili, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholash natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining shaffoflik Kodeksi asosida soliq-byudjet siyosati ochiqligi yuzasidan o‘tkazilgan diagnostik baholashlardan kelib chiqib so‘ngi ikki yilda davlat moliyasi boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat byudjeti deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligini hamda fuqarolarni byudjet jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida: 2018 yildan boshlab “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri ishlab chiqilmoqda; Davlat byudjeti to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar joylashtirilib kelinayotgan “Openbudget.uz” axborot portali 2019 yilning yanvar oyidan boshlab ishga tushirildi.Shuningdek, 2020 yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti loyihasi ilk bora Qonun shaklida qabul qilindi hamda vazirlik va idoralarning vakolat va mas’uliyatini oshirish maqsadida byudjet xarajatlari avvalgidek sohalar bo‘yicha emas, balki vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari tomonidan, mahalliy byudjetlar esa tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etildi. 2018-2019 yillar davomida mamlakatda soliq islohotlari amalga oshirilib, iqtisodiyotga soliq yuki kamaytirishga erishildi, shuningdek soliq turlari maqbullashtirilib, qo‘shilgan qiymat soliq to‘lovchilar sonini oshirish hisobiga qo‘shimcha qiymat solig‘i zanjirini hosil qilishga erishildi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo‘llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil natijalari davlat moliyasini boshqarish tizimida mamlakatning o‘rta va uzoq muddatli byudjet loyihalarini rejalashtirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida qilinadigan ishlar ko‘pligini ko‘rsatdi. Xususan, byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning hisobi alohida yuritilishi, shuningdek vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablag‘lari konsolidatsiyalashgan byudjetda aks ettirilmasligi Davlat byudjeti mablag‘larining shaffofligini to‘liq ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Mahalliy byudjetlarni mustaqil ravishda belgilab olish imkonini beradigan byudjetlararo transfertlarni hisoblashning shaffof metodologiyasini ishlab chiqilmagan. Davlat xaridlari va investitsiyalarini boshqarish samaradorligini oshirish, davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, davlat aktivlari va majburiyatlarini boshqarish uchun tavakkalchiliklarni baholashning samarali tizimini joriy etish taqozo etilmoqda. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik va muammolar amalga oshirilayotgan byudjet siyosatini ob’ektiv va ishonchli baholash imkonini bermaydi hamda byudjet xarajatlarini o‘rta muddatga mo‘ljallangan davlat dasturlari bilan samarali tahlil qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan, bugungi kunda davlat moliyasini sog‘lomlashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borish zarur hisoblanadi. Mamlakatning uzoq muddatli rivojlantirish kontseptsiyalari hamda ustuvor davlat dasturlari, xususan, 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasi [1], O‘zbekison Respublikasi Prezidentining har yilgi Oliy Majlis palatalariga murojaatnomasi, 2030 yilgacha Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi hamda boshqa shu kabi davlat dasturlari Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Strategiyaning asosiy maqsadi har tomonlama puxta o‘ylangan byudjet siyosatini olib borishni, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishni, ularning shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan davlat moliyasini boshqarishning samarali tizimini yaratishdan iborat. Strategiyaning maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur: − strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda o‘rta muddatga mo‘ljallangan soliq-byudjet siyosatini yuritish; − fiskal nazoratni kuchaytirish, birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilari uchun ajratiladigan byudjet mablag‘larining chegaralangan miqdorlarini Oliy Majlis tomonidan belgilash orqali byudjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini va hisobdorligini oshirish;
− uzoq muddatga davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan soliq-byudjet siyosatini joriy etish;
− byudjet jarayonining shaffofligi va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini oshirib borish;
− byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish, mahalliy byudjetlarning mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda byudjetlararo transfertlar taqdim etishning shaffof mexanizmini joriy etish. Strategiyani ishlab chiqishda nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, balki moliyaviy-iqtisodiy jihatdan tuzilishi bo‘yicha o‘xshash mamlakatlar tajribasi ham o‘rganib chiqilgan. Strategiyani amalga oshirish davri 2024 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi oltita muhim maqsadlarni o‘z ichiga oladi:.


1-rasm. Strategiyani amalga oshirishdagi muhim maqsadlar
Mazkur Strategiyani amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tomonidan Strategiyada belgilangan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni nazarda tutuvchi Harakatlar rejasi ishlab chiqilgan. Endi yuqorida belgilangan har bir maqsadga erish uchun belgilangan ustuvor vazifalar bilan tanishib chiqsak. Birinchi maqsaddan kelib chiqib, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samaraliroq boshqarish imkonini yaratish maqsadida byudjet jarayoni ishtirokchilarining o‘rni va byudjet vakolatlarini qayta taqsimlash zarur. Davlat byudjetining barqarorligi va daromadlarni prognoz qilish imkoniyatini oshirish, shuningdek samarali davlat siyosatini yuritish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun belgilangan maqsadlarga erishish uchun byudjet jarayoniningbarcha bosqichlarida vazirlik va idoralar faoliyatining o‘zaro muvofiqligi va hamkorligini ta’minlash yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirish. Davlat faoliyatining sezilarli qismi Davlat byudjeti jarayoni doirasidan tashqarida, ya’ni vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan choratadbirlarning bir qismi ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalar hisobidan amalga oshirilmoqda. Uzoq yillar davomida byudjetlarning darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarni o‘tkazish vakolatlari aniq mustahkamlanmaganligi sababli mahalliy hokimiyat organlarida byudjet mablag‘larining samaradorligi va natijadorligini oshirish uchun etarli rag‘batlantiruvchi omillar bo‘lmagan. Bundan tashqari, ayrim davlat korxonalari faoliyatining samaradorligi pastligiga qaramasdan iqtisodiyotda davlatning sezilarli ishtiroki saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga yo‘naltirilgan davlat korxonalari faoliyatida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda taklif etiladigan islohotlar byudjet ustuvorligini ta’minlash va Davlat byudjeti darajalari o‘rtasida majburiyatlarni ajratish hisoblanadi. Davlat byudjetining to‘liqligi, ishonchliligi va Davlat byudjetining strategik yo‘naltirilganligini oshirish maqsadida barcha davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘larni Davlat byudjetiga qo‘shish choralarini ko‘rish, shuningdek, byudjet hisobotida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining konsolidatsiyalashgan jami moliyaviy ko‘rsatkichlarini yagona shaklda taqdim etish zarur. Davlat moliyasini boshqarishning yanada samarali va oqilona tizimini ta’minlash maqsadida byudjet tizimining byudjetlari o‘rtasida xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarni aniq ajratishni va daromad olish manbalarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish zarur.[4] Ikkinchidan, byudjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash maqsadi, davlat resurslariga oid oshkora, ishonchli va keng qamrovli ma’lumotlarni mavjudligi Davlat moliyasini boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Davlat moliyasi ma’lumotlarining keng qamrovliligi, qiyoslanuvchanligi hamda yaxlitliligi soliq-byudjet siyosatini shakllantirishga strategik yondashuvni muvaffaqiyatli joriy qilishda, keyinchalik byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning samaradorligi va natijadorligini baholashga o‘tishda to‘liq, o‘z vaqtida va ishonchli axborot bazasini yaratishni ta’minlaydi.

Foydalanilgan alabiyotlar


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi PF-60 farmoni.
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. 8 bet. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume
3. Issue 5 www.openscience.uz 1644 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori. 2020 yil
4. Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 109- 116.
5. Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business Administration, 4(2), 84-88.
6. Jumaniyazov, I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1
Download 257.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling