Davlat moliyasi fanidan Mustaqil ishi Bajardi: Esanbekov. S. S qabul qildi: Xaydarov. A. X toshkent-2022


Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari


Download 108.19 Kb.
bet3/9
Sana21.11.2023
Hajmi108.19 Kb.
#1792073
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Esanbekov Sunnat

Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Davlat aksiya paketlari (ulushlari) toʻligʻicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Xususiy sektorga sotiladigan davlat koʻchmas mulki obyektlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 24 ta shtat birligidan iborat Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish departamenti (keyingi oʻrinlarda – Departament) tashkil etilsin. Mazkur shtat birliklari moliya va davlat soliq xizmati organlarining 12 tadan shtat birligini qisqartirish hisobidan shakllantirilsin.
Departamentning asosiy vazifalari etib mazkur Farmonning 1-ilovasida keltirilgan davlat ishtirokidagi korxonalarda quyidagilarni amalga oshirish belgilansin:
Moliya vazirligi tomonidan davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) vakolatlari va funksiyalarini amalga oshirishni tashkil etish;
2021-yil 1-aprelga qadar 2019-2020-yillar uchun moliyaviy hisobotlarni xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlari (IFRS) asosida tayyorlash hamda xalqaro kredit reytinglarini olish grafigini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish;
2021-yil 1-aprelga qadar har bir korxona uchun nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlarini tanlov asosida jalb qilgan holda moliyaviy sogʻlomlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish hamda oʻrta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;

Download 108.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling