Davlat moliyasi va uning ahamiyati
Download 0.64 Mb.
|
moliya
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat byudjeti va mahalliy byudjetga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, soliqdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetining asosiy qismi hisobiga shakllanadi AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida „da-romadlar darajasini taʼminlash“ sarflari 40 %, milliy mudofaa harajatlari eng muhim oʻrinda turadi. Hozirgi davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektoridan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi. Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun davlat byudjeti yil yakunida OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda. 1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3 %, 1996-yilda 3,5 %, 1997-yilda 2,2 %, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasining maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001-yil 1 yanvardan kuchga kirgan „Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida“ qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling