Davlat moliyasi va uning ahamiyati


Budjetdan tashqari jamgʻarmalar


Download 0.64 Mb.
bet4/4
Sana23.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1288790
1   2   3   4
Bog'liq
moliya

Budjetdan tashqari jamgʻarmalar- bu moliyaviy resurslarning taqsimlash va qayta taqsimlash shakli boʻlib, ular davlat tomonidan ba’zi bir jamiyat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun tezkorlik va mustaqillik asosida sarf etilishini koʻzda tutadi.
Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamgʻarmalarning iqtisodiy mohiyati: davlat funksiyalarini bajarishga yoʻnaltiriladigan markazlashgan pul fondining shakllantirilishi va ishlatilishi bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy munosabatlar tizimida namoyon boʻladi.

  • Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etishning maqsadi:

jamiyat uchun muhim boʻlgan xarajatlarni budjet mablagʻlaridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir.
Davlat maqsadli jamg’armalari
Davlat moliyasining ahamiyat jihatdan muhim boʻgʻinlaridan biri – davlatning budjetdan tashqari maqsadli fondlari boʻlib, ular jamiyatning ayrim ehtiyojlarini mablagʻ bilan ta’minlash maqsadida davlat tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish shakli hisoblanadi. Bu fondlarning asosiy tayinlanishi maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa qator aniq belgilangan manbalar hisobidan davlatning maqsadli tadbirlarini moliyalashtirishdan iborat.
Ta’kidlash joizki, iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy
operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o’zgacha manbadan
shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko’rinishdagi Davlat maqsadli
jamg’armalari tashkil etishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Davlat byudetidan xoli bo’lgan davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari
muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko’lamini
qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ularning
moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan
samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Bugungu kunda mamlakatimizda jami 24 ta davlat maqsadli jamg’armalari
mavjud..

So’nggi yillarida mamlakatimizda davlat maqsadli jamg’armalarining soni
oshishi bilan birga, mos ravishda ularning daromadlari va xarajatlari miqdori ham o’sib borish tendensiyasiga ega. Biroq, davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari xarajatlari qoplashga yetarli miqdorda bo’lmagani bois, davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg’armalariga har yili transfertlar ajratishga to’g’ri kelmoqda. Quyida keltirilayotgan jadvalda 2020-2022 yillarda davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari, xarajatlari va ajratilgan transfertlar miqdori keltirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2020 yilda davlat maqsadli
jamg‘armalari (O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini
hisobga olmaganda) daromadlari 25 385,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, xarjatlari esa 35413,6 mlrd. so‘m miqdorda bo’gan. Natijada davlat byudjetidan 2020 yilda 9 248,1 mlrd. so‘m transfert ajratilgan. 2022 yilda esa davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 31 935,9 mlrd. so‘m, xarajatlari 58 179,0 mlrd. so‘m va tarnsfertlar 25 900,1 mlrd. so‘m bo’lishi prognoz qilingan.

Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, mamlakatmiz moliya tizimida davlat maqsadli
jamg’armalarining o’rni beqiyos bo’lib, ular nafaqat moliya tizimi barqarorligida balki aholining ijtimoiy turmush farovonligini oshirishda muhim o’rin egallab kelmoqda.
Shu boisdan, hozirgi kunda davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatini yanada
rivojlantirish, ularning moliyaviy barqarorligi oshirishga qartilgan islohotlar faol
tarzda amalga oshirilib kelinmoqda. Yuqoridagi tahlil natijalarga asoslangan holda
ta’kidlash joizki, mamlakatimiz moliya tizimining asosiy bo’g’inlaridan hisoblangan davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatining rivojlantirilishi va ularning molyaiviy barqarorligini yanada oshirilishi pirovardida moliya tizimi barqarorligining mustahkamlanishiga imkon yaratadi.
Top 10 eng ko'p aktivlarga ega bo'lgan jamg'armalar davlatlar miqiyosida

1. Xitoy $1744 mlrd

2. Fransiya $1670 mlrd

3. Singapur $1642 mlrd

4. Norvegiya $1388 mlrd

5. BAA $1363 mlrd

6. Saudiya Arabistoni $ 100 mlrd

7. Quvayt $712 mlrd

8. Gong Kong $500 mlrd

9. Qatar $445 mlrd

10. Avstraliya $297 mlrd

Sug’urta


Sug’urtalovchi – sug’urta xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo’g’ini. O’zbekiston Respublikasining "Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi Qonuniga ko’ra, sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug’urtalovchi deb hisoblanadi.
Sug’urtalanuvchi – sug’urtalovchi bilan aniq sug’urta munosabati o’rnatgan va tegishli sug’urta mukofotlarini to’lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Sug’urta polisi - sug’urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. Sug’urta polisida quyidagi rekvizitlar bo’lishi shart: sug’urta kompaniyasining yuridik manzili, sug’urtalanuvchining nomi, sug’urta ob’ekti, sug’urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug’urta qoplamasini to’lashda sug’urtalanuvchi sug’urta polisini sug’urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.
Sug’urta dalolatnomasi - sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol-mulkning zararlanish yoxud nobud bo’lish sabablari, ko’rilgan zarar miqdori va boshqa ko’rsatkichlar bo’ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug’urta hodisasi va mol-mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong’inga qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo’jaligi, veterinariya xizmati va boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug’urta munosabatlarida sug’urta dalolatnomasini adjaster yoki avariya komissari tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.
Sug’urta mukofoti- sug’urta xizmatini ko’rsatganlik uchun to’lanadigan haq. Sug’urta mukofotining miqdori sug’urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug’urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik javobgarligini sug’urtasida sug’urta mukofoti aniq pul birligida ko’rsatiladi.
Global insurance market in 2021: top 10 countries per turnover
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling