Davlat moliyasi va uning ahamiyati
Download 0.64 Mb.
|
moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent-2022 Davlat moliyasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYA fanidan “DAVLAT MOLIYASI VA UNING AHAMIYATI” mavzusida IQTISODIY INSHO Tekshirdi: Safarova N. Bajardi: Ismatillayev Dilshodbek Niyozova Gulandon Ubaydullayev Doston Jumanazarov Zohid Abduqaxxorov Abdurahmon Xasanboyev Murod Abduraxmonov Alimardon Toshkent-2022 Davlat moliyasi- davlat ixtiyorida pul jamg'armalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat moliyasining mablag'lari umummiliy manfaatlar yo'lida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Nima uchun aynan davlat moliyasini yuqoridagi suratga qiyosladik? Hammamizga ma'lum uy xo'jaliklari faqatgina o'z oliasi farovonligi uchun, xo'jalik yurituvchi subyektlar esa ko'proq foyda olish uchun harakat qilishadi. Davlat esa o'zining funksiyalarini bajarish maqsadida har bir fuqaro, oila, tashkilot va muassasalar moliyasini rivojlantirishga harakat qiladi va ta'sir o'tkazadi. Uy xo'jaliklari va xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyasini qushning qanotlarida ifodalashimizning sababi davlat olib borgan moliyaviy siyosati, boshqaruvi orqali bevosita bu ikkala subyekt moliyasiga ta'sir ko'rsatadi ya'ni: yoki ularning qanotlarini keng yozib parvoz qilishiga yordam beradi yoki qanotlarning qayrilishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham davlat moliyasi qolgan ikki subyekt moliyasidan bir muncha murakkab tushuncha. Uni yaxshiroq yoritish maqsadida davlat byudjeti, krediti va maqsadli jamg'armalari kabi tushunchalarga alohida to'xtalib o'tamiz. O'zbekiston Respublikasi davlat qarzi qoldig'i 2022 yilning 1- aprel holatiga ko'ra 26,1 mlrd AQSh dollarni (shundan davlat tashqi qarzi - 23,4 mlrd AQSh dollar, davlat ichki qarzi - 2,7 mlrd AQSh dollar) yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,7 foizni tashkil etdi. Xususan, davlat qarzining YaIM ga nisbati 2021 yil boshida 39,0 foizdan 2022- yil aprel holatiga ko'ra 36,7 foizgacha pasaydi. Xalqaro Valyuta jamg'armasining hisobotiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining davlat qarzi bugungi kunda " mo'tadil hisoblanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling