Davlat moliyasini boshqarish va uning zamoviy muammolari


Byudjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi


Download 291 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2023
Hajmi291 Kb.
#1079867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish va uning zamoviy muammolari

Byudjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:

  • byudjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda byudjet munosabatlarini boshqarish;

  • barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish, ijro etish jarayonlarini boshqarish;

  • byudjet jarayonida ishtirok etuvchi subyektlar, organlar va byudjet mablag’larini oluvchilar faoliyatini boshqarish.


Byudjet tizimini boshqarish ham boshqarish kategoriyasining barcha funksiyalarini bajaradi, ular orqali byudjet tizimini boshqarish oldidagi maqsad va vazifalar amalga oshiriladi. Bu funksiyalar: rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat va rag’batlantirish.
B yudjet tizimini boshqarish tushunchasi subyektiv tushuncha bo’lib, u alohida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi, ularning vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli boshqaruv organlari Nizomlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilab berilgan.

Byudjet tizimini boshqarish obyektlari bo’lib byudjet munosabatlari, byudjetning daromadlar bo’yicha shakllanishi va xarajatlar bo’yicha bajarilishi, byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan ajratilgan mablag’laridan foydalanish asosidagi xo’jalik-moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Byudjet tizimini boshqarish subyektlari esa bevosita shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi muayyan vakolatlarga ega bo’lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – boshqaruv organlaridir. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarini, byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlariga ko’ra, quyidagicha guruhlash mumkin:



6.1-rasm. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarining guruhlanishi


Byudjet tizimini boshqarish organlarining vakolatlari, funksiya va vazifalari O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli organlarning nizomlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilab beriladi


Davlat moliyasini boshqarish - davlat o’z vazifalarini samarali bajarishini ta’­minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma’lum samaraga eri­shish, yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va ni­hoyat iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlar yig’indisidir.
Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi. G’aznachilik - budjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va budjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig’iga binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va budjet mablag’larining maqsadli ishlati­lishini ta’minlash va nazorat qilish asosida to’lovlarni amalga oshiradi.
Davlat budjeti g’azna ijrosiga o’tishgacha bo’lgan davrda budjet ijrosi jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi:

  • budjet tushumlarini taqsimlash;

  • tegishli budjetlarda jamlangan mab­lag’larni budjetdan mablag’ oluvchilarning ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga o’tka­zish.

Davlat budjeti ijrosining bunday tartibida budjet mablag’larining keyingi taqdiri butunlay foydala­nuv­chilarning ixtiyoriga bog’liq bo’lib qoldi. Davlat budjeti mablag’laridan qay darajada samarali va oqilona foydalanilganligini esa faqatgina buxgalteriya hisobotlari orqali so’nggi nazorat usullaridan foydalangan holda tekshirish mumkin edi.
Mazkur muammolarni e’tiborga olgan xolda, Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish tadbirlari doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tizimida budjetni g’aznachilik orqali ijro etish uchun mas’ul bo’lgan institutsional tuzilma shakllantirildi. Bu faoliyat bir necha bosqichlarda amalga oshirildi. Ularni xronologik jihatdan quyidagicha tavsiflash mumkin (2.1-jadval):
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling