Davlat moliyasini boshqarish va uning zamoviy muammolari


Byudjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi


Download 115.53 Kb.
bet2/2
Sana29.04.2020
Hajmi115.53 Kb.
#102067
1   2
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

Byudjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:

  • byudjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda byudjet munosabatlarini boshqarish;

  • barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish, ijro etish jarayonlarini boshqarish;

  • byudjet jarayonida ishtirok etuvchi subyektlar, organlar va byudjet mablag’larini oluvchilar faoliyatini boshqarish.


Byudjet tizimini boshqarish ham boshqarish kategoriyasining barcha funksiyalarini bajaradi, ular orqali byudjet tizimini boshqarish oldidagi maqsad va vazifalar amalga oshiriladi. Bu funksiyalar: rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat va rag’batlantirish.

Byudjet tizimini boshqarish tushunchasi subyektiv tushuncha bo’lib, u alohida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi, ularning vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli boshqaruv organlari Nizomlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilab berilgan.

Byudjet tizimini boshqarish obyektlari bo’lib byudjet munosabatlari, byudjetning daromadlar bo’yicha shakllanishi va xarajatlar bo’yicha bajarilishi, byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan ajratilgan mablag’laridan foydalanish asosidagi xo’jalik-moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Byudjet tizimini boshqarish subyektlari esa bevosita shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi muayyan vakolatlarga ega bo’lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – boshqaruv organlaridir. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarini, byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlariga ko’ra, quyidagicha guruhlash mumkin:



6.1-rasm. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarining guruhlanishi
Byudjet tizimini boshqarish organlarining vakolatlari, funksiya va vazifalari O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli organlarning nizomlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilab beriladi

Davlat moliyasini boshqarish - davlat o’z vazifalarini samarali bajarishini ta’­minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma’lum samaraga eri­shish, yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va ni­hoyat iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlar yig’indisidir.

Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi. G’aznachilik - budjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va budjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig’iga binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va budjet mablag’larining maqsadli ishlati­lishini ta’minlash va nazorat qilish asosida to’lovlarni amalga oshiradi.

Davlat budjeti g’azna ijrosiga o’tishgacha bo’lgan davrda budjet ijrosi jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi:



  • budjet tushumlarini taqsimlash;

  • tegishli budjetlarda jamlangan mab­lag’larni budjetdan mablag’ oluvchilarning ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga o’tka­zish.

Davlat budjeti ijrosining bunday tartibida budjet mablag’larining keyingi taqdiri butunlay foydala­nuv­chilarning ixtiyoriga bog’liq bo’lib qoldi. Davlat budjeti mablag’laridan qay darajada samarali va oqilona foydalanilganligini esa faqatgina buxgalteriya hisobotlari orqali so’nggi nazorat usullaridan foydalangan holda tekshirish mumkin edi.

Mazkur muammolarni e’tiborga olgan xolda, Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish tadbirlari doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tizimida budjetni g’aznachilik orqali ijro etish uchun mas’ul bo’lgan institutsional tuzilma shakllantirildi. Bu faoliyat bir necha bosqichlarda amalga oshirildi. Ularni xronologik jihatdan quyidagicha tavsiflash mumkin (2.1-jadval):



  • 2002 yilda “Davlat moliyasini boshkarishni isloh kilish” loyihasi ma’qullandi hamda u­ni tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha mas’uliyat Moliya vazirligiga yuklatildi. Mazkur loyihaning maqsadi “davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag’larining samarali sarflanishini ta’minlash, budjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iborat”1 bo’ldi.

  • 2004 yilda O’zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunini qabul qilindi. Bu Qonun budjet xarajatlarini boshqarish va nazorat qilish jarayonlariga keskin o’zgarti­rishlar kiritdi. Ushbu Qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti­ning (shu jumladan davlat maqsadli jamg’ar­malarining) va budjet tashki­lot­larining budjetdan tashqari mablag’larining g’azna ijrosi sohasidagi mu­nosa­batlarni tartibga solishdan iborat bo’ldi. “Davlat budjeti g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunning qabul qilini­shi o’z navbatida budjetdan mablag’ oluvchilarning tovarlarni yetkazib be­ruvchilar o’rtasidagi shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish hamda ularning xarajatlarini to’lashga qaratilgan budjet mablag’larining harakatini nazo­rat qilish tartibini aniqlash va belgilashni taqozo etadi.

  • 2005 yilda Moliya vazirligi tarkibida davlat budjetining g’azna ijrosini joriy qilish uslubiyoti boshqarmasi tashkil etildi. Davlat budjetining g’azna ijrosini joriy etish – keng qamrovli masala bo’lib, o’zaro bog’liq bo’lgan qator masalalarni hal qilishni talab etardi, xususan, g’aznachilik faoliyatining uslubiy asoslarini shakllan­tirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, yagona g’azna hisob­varag’ini ochish va shu kabi masalalar Uslubiyot boshqarmasi faoliyatining diqqat markazida bo’ldi va budjetning g’azna ijrosi metodologiyasini yaratishga qaratildi.

  • 2007 yilda respublikaning barcha hududlarida davlat budjetining g’azna ijrosi elementlari joriy etildi, davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga ko’ra barcha guruhlari bo’yicha ijrosi g’aznachilik bilan qamrab olindi.

  • 2007 yilda Davlat budjetining g’azna ijrosini tadbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda­langan holda budjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazora­tni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajat­larini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi Davlat budjetining g’azna ijrosini tadbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’z­bekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’­linmalari tashkil etildi.

  • 2009 yilda davlat budjeti bilan birgalikda, davlat maqsadli jamg’armalarining ham ijrosi G’aznachilikka o’tdi. Bu maqsadda davlat maqsadli jamg’armalari mablag’lari harakatini ta’minlovchi tegishli banklardagi ularning hisobraqamlari yopilib, G’aznachilikda ular uchun shaxsiy hisobraqamlar ochildi va ularning daromadlari tushumi va harajatlari to’lovi shu hisobraqamlardan amalga oshirila boshlandi.

  • 2010 yildan boshlab tajriba tariqasida davlat budjetining bojxona orqali tushuvchi daromadlari ijrosi g’aznachilik orqali amalga oshirila boshladi;

  • 2011 yildan boshlab yangi budjet tasnifiga asoslangan, davlat budjeti g’azna ijrosini amalga oshirishga xizmat qiluvchi G’aznachilik dasturiy majmui ishga tushirildi.

2011 yilning 7 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezi­denti­ning “Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish to’g’­risida”gi PQ-1475-sonli qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko’rsatilgan vazi­fa­larning bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat xaridlari bo’yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi deb belgilandi. G’aznachilik tashkiliy tuzilmasi tarkibida esa “Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo’limi” tarkib topdi. Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar shundan iboratki, bozor xo’jaligi o’z-o’zini tartiblovchi va rivojlantiruvchi tizim (bozorning “ko’rinmas qo’li”) bo’lishiga qaramasdan, hech qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma’lumki, umuman olganda, kapitali­stik bozor xo’jaligining yuzaga kelishi faol davlat aralashuvi bilan birga sodir bo’lgan. Masalan, 1563 yilda ingliz qirolichasi Elizaveta I milliy baliqchilikni qo’llab-quvvatlash va unga bo’lgan talabni oshirish maqsadida o’z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta go’sht mahsulotlarini iste’mol qilishni ta’qiqlagan. 1666 yilda esa Angliyada jun mahsulotlarini sotish bilan bog’liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilgan, xususan, vafot etgan fuqarolarni jun matodan bo’lgan kiyimlarda dafn etish majburiy qilib qo’yilgan, bu qonunni buzganlarga 5 funt-sterling miqdorida jarima belgilangan.

Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarning fikricha, bozorning “ko’rinmas qo’li” davlatning “ko’rinadigan qo’li” bilan to’ldirilib turilishi kerak. Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi bu aralashuvning qay darajada bo’lishi bilan bog’liq, lekin davlatning tartiblovchi tamoyili asosan ko’pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko’ra, bozor jamiyatda mavjud bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini o’z-o’zidan hal qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o’z-o’zini tartiblash raqobatni rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma’lum turlari narxining oshishiga olib keladi va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik sharoitida iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo’shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji tug’iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – davlatning iqtisodiyotni tartiblovchi dastak va vositalaridir. Iqtisodiyotni faqat “ko’rinmas qo’l”ga tashlab qo’yish ijobiy natija bermasligini va bu haqiqatning naqadar to’g’ri ekanligini bugungi kundagi reallik, jahonda yuz berayotgan to’fonlar tasdiqlab turibdi.

Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash­ning bosh maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mamlakatda mavjud ichki tuzumni mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy jarayonlarni jahondagi o’zgaruvchan sharoitlarga moslashtirishdan iborat. Tartiblashning boshqa barcha maqsad va vazifa­lari ana shu bosh maqsadga bo’ysundirilgan.





2. Davlat moliyasini boshqarish va uning zamoviy muammolari

Davlat moliyasini boshqarish va uning zamoviy muammolari davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. D.m.ning mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. D. m. pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. D. m. tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bulinadi.

Birinchi marta "D. m." atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila boshladi. Oʻsha davrda D. m. turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan nakd pulga ehtiyoj oʻsdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yigʻib olinadigan boʻldi, majburiy soliklar va zayomlar davlat zayomlari bilan almashindi. Buning oqibatida D. m.ning murakkab tizimi vujudga keldi.

Hoz. vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda D. m. katta ahamiyatga ega. U takror i. ch. jarayonlarini taʼminlash, xalqning moddiy va maʼnaviy turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablagʻ bilan taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotini oʻstirish, xalq xoʻjaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash, davlatni idora qilish va b. da yetakchi vosita hisoblanadi. Mavjud barcha korxonalar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari moliyasi D.m. va moliya tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir.

Davlat budjeti g’azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat budjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat moliyasini boshqarish - davlat o’z vazifalarini samarali bajarishini ta’­minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma’lum samaraga eri­shish, yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va ni­hoyat iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlar yig’indisidir.

Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi. G’aznachilik - budjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va budjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig’iga binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va budjet mablag’larining maqsadli ishlati­lishini ta’minlash va nazorat qilish asosida to’lovlarni amalga oshiradi.

Davlat budjeti g’azna ijrosiga o’tishgacha bo’lgan davrda budjet ijrosi jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi:



  • budjet tushumlarini taqsimlash;

  • tegishli budjetlarda jamlangan mab­lag’larni budjetdan mablag’ oluvchilarning ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga o’tka­zish.

Davlat budjeti ijrosining bunday tartibida budjet mablag’larining keyingi taqdiri butunlay foydala­nuv­chilarning ixtiyoriga bog’liq bo’lib qoldi. Davlat budjeti mablag’laridan qay darajada samarali va oqilona foydalanilganligini esa faqatgina buxgalteriya hisobotlari orqali so’nggi nazorat usullaridan foydalangan holda tekshirish mumkin edi.

Mazkur muammolarni e’tiborga olgan xolda, Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish tadbirlari doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tizimida budjetni g’aznachilik orqali ijro etish uchun mas’ul bo’lgan institutsional tuzilma shakllantirildi. Bu faoliyat bir necha bosqichlarda amalga oshirildi. Ularni xronologik jihatdan quyidagicha tavsiflash mumkin (2.1-jadval):



  • 2002 yilda “Davlat moliyasini boshkarishni isloh kilish” loyihasi ma’qullandi hamda u­ni tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha mas’uliyat Moliya vazirligiga yuklatildi. Mazkur loyihaning maqsadi “davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablag’larining samarali sarflanishini ta’minlash, budjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iborat”1 bo’ldi.

  • 2004 yilda O’zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunini qabul qilindi. Bu Qonun budjet xarajatlarini boshqarish va nazorat qilish jarayonlariga keskin o’zgarti­rishlar kiritdi. Ushbu Qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti­ning (shu jumladan davlat maqsadli jamg’ar­malarining) va budjet tashki­lot­larining budjetdan tashqari mablag’larining g’azna ijrosi sohasidagi mu­nosa­batlarni tartibga solishdan iborat bo’ldi. “Davlat budjeti g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunning qabul qilini­shi o’z navbatida budjetdan mablag’ oluvchilarning tovarlarni yetkazib be­ruvchilar o’rtasidagi shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish hamda ularning xarajatlarini to’lashga qaratilgan budjet mablag’larining harakatini nazo­rat qilish tartibini aniqlash va belgilashni taqozo etadi.

  • 2005 yilda Moliya vazirligi tarkibida davlat budjetining g’azna ijrosini joriy qilish uslubiyoti boshqarmasi tashkil etildi. Davlat budjetining g’azna ijrosini joriy etish – keng qamrovli masala bo’lib, o’zaro bog’liq bo’lgan qator masalalarni hal qilishni talab etardi, xususan, g’aznachilik faoliyatining uslubiy asoslarini shakllan­tirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, yagona g’azna hisob­varag’ini ochish va shu kabi masalalar Uslubiyot boshqarmasi faoliyatining diqqat markazida bo’ldi va budjetning g’azna ijrosi metodologiyasini yaratishga qaratildi.

  • 2007 yilda respublikaning barcha hududlarida davlat budjetining g’azna ijrosi elementlari joriy etildi, davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga ko’ra barcha guruhlari bo’yicha ijrosi g’aznachilik bilan qamrab olindi.

  • 2007 yilda Davlat budjetining g’azna ijrosini tadbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda­langan holda budjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazora­tni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajat­larini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi Davlat budjetining g’azna ijrosini tadbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’z­bekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’­linmalari tashkil etildi.

  • 2009 yilda davlat budjeti bilan birgalikda, davlat maqsadli jamg’armalarining ham ijrosi G’aznachilikka o’tdi. Bu maqsadda davlat maqsadli jamg’armalari mablag’lari harakatini ta’minlovchi tegishli banklardagi ularning hisobraqamlari yopilib, G’aznachilikda ular uchun shaxsiy hisobraqamlar ochildi va ularning daromadlari tushumi va harajatlari to’lovi shu hisobraqamlardan amalga oshirila boshlandi.

  • 2010 yildan boshlab tajriba tariqasida davlat budjetining bojxona orqali tushuvchi daromadlari ijrosi g’aznachilik orqali amalga oshirila boshladi;

  • 2011 yildan boshlab yangi budjet tasnifiga asoslangan, davlat budjeti g’azna ijrosini amalga oshirishga xizmat qiluvchi G’aznachilik dasturiy majmui ishga tushirildi.

  • 2011 yilning 7 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezi­denti­ning “Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish to’g’­risida”gi PQ-1475-sonli qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko’rsatilgan vazi­fa­larning bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat xaridlari bo’yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi deb belgilandi. G’aznachilik tashkiliy tuzilmasi tarkibida esa “Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo’limi” tarkib topdi.

2-jadval


O’zbekiston Respublikasida davlat budjeti g’azna ijrosini tadbiq etish bosqichlari

yillar

Amalga oshirilgan tadbir

Asos

2002 yil

Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirish boshlandi

O’zR VMning “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 144-son Qarori (26.04.2002)

2004 yil

Davlat budjeti g’azna ijrosining qonuniy-huquqiy asosi yaratildi

O’zbekiston Respub­likasining “Davlat budjeti g’azna ijrosi to’g’risida”gi 664-II sonli Qonuni (26.08.2004)

2005 yil

Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida g’aznachilik tizimini joriy qilish bo’yicha tajriba loyihasi boshlandi

O’zR VMning “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 144-son Qarori (26.04.2002)

2006 yil

Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida davlat budjeti g’azna ijrosi bosqichma-bosqich joriy qilindi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasining 2006 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida"gi PQ-244-sonli qarori (27.12.2005)

2007yil

Barcha hududlarda davlat budjeti g’azna ijrosi joriy qilindi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’azna­chiligi va uning hududiy bo’linmalari tuzildi

O’zR Prezidentining “Davlat budjeti g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tad­bir­lari to’g’risida”gi PQ-594 sonli Qarori (28.02.2007)

2009 yil

Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa budjetdan tashqari fondlarning g’azna ijrosi joriy qilindi, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha daromad va xarajatlari g’azna ijrosi yo’lga qo’yildi

O’zR Prezidentining “2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi 2008 yil 29 dekabr PQ-1024-son qarori

2010 yil

Tajriba tariqasida davlat budjetining bojxona orqali tushuvchi daromadlari ijrosi g’aznachilik orqali amalga oshirila boshladi

O’zR Prezidentining “2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi 2009 yil 22 dekabr PQ-1245-son qarori

2011 yil

Davlat xaridlari bo’yicha hukumat komissiyasining ishchi organi O’zR MV G’aznachiligi deb belgilandi.

O’zR Prezidentining “Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish to’g’risida”gi PQ-1475-sonli qarori (17.02.2011)

2012 yil

Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’idan amalga oshirila boshlandi

Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida

  • 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonuni talablaridan kelib chiqib, Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna hisobvarag’idan amalga oshirila boshlandi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat budjetiga o’tkaziladigan soliqlar va majburiy to’lovlar banklar tomonidan qabul qilinadigan va belgilangan tartibda 23402-, 23403-, 23407-, 23409-, 20207-, 20205- va 23411-sonli balans hisobraqamlarda ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadigan va ular hisobidan tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari hisobiga belgilangan miqdorlarda ajratmalar amalga oshiriladigan tartib joriy etildi.

Moliya vazirligi G’aznachiligi davlat moliyasini samarali boshqarish uchun ham, undan oqilona foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash uchun ham mustahkam zamin yaratdi. Buni esa quyidagicha izohlash mumkin:

Birinchidan, g’aznachilik davlat budjetining ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromad va barcha harajatlarni yagona g’azna hisobraqamidan amalga oshiradi. Mab­lag’­larning Yagona g’azna hisobraqamiga soliq va soliq bo’lmagan daromadlar ko’ri­nishida kelib tushishi moliyaviy resurslarni operativ boshqarish va davlat budjeti xarajatlarini o’z vaqtida to’lash uchun barqaror asos yaratadi.

Ikkinchidan, dastlabki nazoratni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keladi, ya’ni majburiyatlarni qabul qilish jarayoni boshlanadi, bunda budjet tashkiloti tomonidan smetada ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish bo’yicha majburiyatlar g’aznachilik organlarida ro’yxatdan o’tkaziladi va shu asosda mablag’larning maqsadli harakatini ta’minlash uchun zamin yaratiladi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda davlat moliyasi tizimini isloh qilish jarayonida amal­ga oshirilayotgan har bir o’zgarishlar natijasida pirovard maqsad ko’z­lanib ish yuritilmoqda.

G’aznachilik faoliyat ko’rsatishi uchun uning quyidagi tashkiliy elementlari mavjud bo’lishi va o’zaro bog’liqlikda amal qilishi zarur. Ular:


  1. G’aznachilikning yagona hisobraqami;

  2. G’aznachilikning bosh kitobi;

  3. G’aznachilik organlari;

  4. G’aznachilikning axborot tizimi;

  5. G’aznachilikda budjet mablag’larini boshqarish.

G’aznachilikning yagona hisobraqami. O’zbekiston Respublikasi­ning “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq soliqli va soliqsiz davlat tushumlarini to’plash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun G’aznachilik tomonidan G’aznachilikning yagona hisobraqami ochiladi.

Yagona g’azna hisobraqami G’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobraqami bo’lib, bu hisobraqamda Davlat budjeti mablag’lari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari kiritiladi. Yagona g’azna hisobraqamidan davlat budjetida mablag’lari nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to’lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari amalga oshiriladi1.

G’aznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek, davlat maqsadli fondlarining mablag’lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun g’aznachilikning yagona hisobraqami doirasida subschyotlarini ochish huquqiga ega. Bu subschyotlardagi qoldiqlar g’aznachilikning yagona hisobraqami qoldig’ining ajralmas qismi hisoblanadi.



G’aznachilikning bosh kitobi. G’aznachilikning bosh kitobi – budjet ijrosi g’azna usulining asosiy elementlaridan biridir. G’aznachilik Bosh kitobi bilan davlat moliyaviy resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya tizimining axborot tizimi faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilikning Bosh kitobi budjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir.

G’aznachilikning Bosh kitobida davlat tashkilotlari va muassasalari bilan bo’ladigan barcha moliyaviy operatsiyalar o’z ifodasini topadi. G’aznachilikning Bosh kitobi G’aznachilikning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo’ladigan operatsiyalardagi barcha buxgalteriya provodkalarini aks ettiradi. G’aznachilikning Bosh kitobi ham respublika budjetidan, ham mahalliy budjetlardan mablag’ bilan ta’minlash hisob-kitobining o’z vaqtida yuritilishini ta’minlaydi.



G’aznachilik organlari. G’aznachilik Moliya Vazirligi tarkibidagi davlat organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qorag’alpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmalari, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi rahbarlik qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga oshiriladi.



G’aznachilikning axborot tizimi. G’aznachilikka yagona axborot tizimi xizmat qiladi. Hozirgi kunda G’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan bo’lib, “Davlat mablag’larini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) deb ataladi. Budjet operatsiyalari bo’yicha kodlashtirilgan va tasniflangan ma’lumotlar DMBAT ga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni tasniflar, xududiy belgilari, budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar bo’yicha aniqlash imkonini beradi.

Daromadlar avtomatik ravishda tegishli budjetlarga belgilangan normativlar asosida o’tkaziladi. Daromadlarning yillik va oylik prognoz qilish bilan bog’liq tadbirlar o’zgarishsiz qolsa-da, tushumlarni o’tkazish endilikda banklar tomonidan emas, DMBAT tomonidan amalga oshiriladi.



G’aznachilikda davlat budjeti mablag’larini boshqarish shundan iboratki, G’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat budjeti mablag’larini, davlat budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo’naltirish, shuningdek, davlat budjetining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qorag’alpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’arma­lariga budjet ssudalari berish yo’li bilan boshqarib boradi.

G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o’tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat budjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o’tkaziladi.



3.Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasining asosiy yo’nalishlari
Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasining asosiy yo’nalishlari zamonaviy iqtisodiy dunyo aralash iqtisodiyot dunyosidir. Bu qoida o‘ziga xos o‘zgarmas haqiqat hisoblanadi va uni inkor etish mumkin emas. Dunyoning hech bir rivojlangan mamlakatida jamiyat ustidan bozorning “mutlaq hukmron” bo‘la olmaydi. Shunga qaramasdan, barcha bozor qonunlarining harakati obyektiv bo‘lib, ularni bekor qilib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, bozor institutlari nomenklaturasining kengayishi, ular o‘rtasidagi aloqalarning murakkablashuvi, yangi tizimlarning (evolyutsiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri quyidagi maqsadlar uchun zarur:  hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlari va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish asoslarini, jamiyatning xavfsizligini, mulkka egalik qilish huquqi va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejim o‘rnatish va uni himoya qilish, samarali raqobatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish davlat uchun har doim zarur;  barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat iqtisodiy o‘sishning sur’atlarini, inflatsiya va bandlik darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy tuzilmasidagi ilg‘or o‘zgarishlarni rag‘batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning kursini qo‘llab-quvvatlashi lozim);  resurslarning ijtimoiy yo‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat jamiyat uchun zarur bo‘lgan, lekin xususiy sektor shug‘ullanmaydigan ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish, ish haqi, pensiyalar, nafaqalarning 18 minimal darajasini kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan daromadlarning indeksatsiyasini amalga oshirishi zarur). Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka mamlakat milliy boyligining katta qismiga ega bo‘ladi. Bu mulk, asosan, moddiy- buyumlar shaklida (tabiiy boyliklar, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, muzeylar, qo‘riqxonalar, davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zaxiralari va h.k.) mavjud bo‘lib, o‘zining moljallanganligiga ko‘ra ular davlat boshqaruvi va iqtisodiy tartibga solishda joriy ehtiyojlarni to‘lash uchun ishlatilmasligi kerak. Ma’lumki, hozirgi va kelajak avlodga mo‘ljallangan milliy boyliklar behuda ishlatilmaydi, aksincha, ko‘paytirib boriladi. Shuning uchun ham davlatning haqiqiy boyligi uning markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi. Barcha zamonaviy iqtisodiy makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir-birlari bilan qo‘shilib ketishi, o‘z o‘lchamini bo‘yicha turlicha bo‘lgan pul fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, rezerv, valyuta, sug‘urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) shakllantirish va ulardan foydalanish xosdir. Ularning barchasi yagona real manba mamlakat ichida va xorijda shu yilning o‘zida yaratilgan qo‘shilgan qiymat hisobidan oziqlanadi. Bu fondlarni qayta taqsimlashning tartibi va tarkibiy tuzilmasini, ya’ni davlat uning qancha qismini o‘ziga olishi va undan qanday foydalanishi, milliy xo‘jalik takror ishlab chiqarishining proporsiyalari, ijtimoiy sohani ta’minlash, zaruriy rezervlarni yaratish, milliy xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatlari va boshqalarni belgilab beradi. Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan pul fondlarining jami hajmi YaIMning o‘rtacha 30 foizdan 50 foizgacha tashkil etadi. Shunday qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning ichki imkoniyati va boshqa har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish zamonaviy davlat moliyasi miqdoriy xarakteristikasiga borib taqaladi. Biroq, rivojlanayotgan dunyo, shuningdek o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday ko‘lami xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tegishli raqamlar YaIMga nisbatan 11—17% atrofida tebranadi va 19 aynan shu raqamlarning o‘zi davlat tomonidan bu jarayonga aralashuvning yetarli darajada faol emasligidan dalolat beradi. Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida gapirilganda, qayd etish kerakki, bu o‘rinda davlatning tartibga solish roli uzluksiz yuqoriga o‘sib boruvchi to‘g‘ri chiziq sifatida qaralmaydi. Chunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy subyektlar daromadlarini davlat daromadlariga “oqib o‘tishi”ning o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy chegarasiga erishilgan. Shunga muvofiq ravishda, G‘arbning nazariy bilimlari tegishli hukumatlarni davlat ta’sirini qisqartirish yo‘lidan borishlari uchun faol va muvaffaqiyatli tarzda harakat qilmoqda. Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning kelajak manzarasi boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan yondosh ravishda davlatning moliyaviy tartibga solishi ham kuchayib borishi kerak. Ularning tegishli iqtisodiy chegaraga yetishiga hali ancha bor. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning ahamiyatini to‘liq idrok etish uchun davlat xarajatlari va davlat daromadlarining o‘rni va vazifasini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim. Dastlab, davlat moliyasining tub ijtimoiy mohiyatini anglash uchun davlat xarajatlari tavsifiga murojaat qilish kerak. Chunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq ko‘rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi moliya tizimi faoliyatining natijalarini o‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida o‘z funksiyalarini bajarayaptimi yoki yo‘qmi, degan muammoni aniqlashga imkon beradi. Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin. Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bo‘lsa, u holda davlat pul mablag‘lari oqimlarining boshqa ne’matlarga o‘ziga xos tarzda 13 Хассен Э. Shu munosabat bilan bunday xarajatlami transformatsion xarajatlarga kiritish mumkin. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish lozim: davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun to‘lovlar, ishlab chiqarishni dotatsiyalashtirish; davlat qarziga xizmat ko‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va shu yerda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar); davlat investitsiyalari (davlat korxonalari hamda tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondlarining o‘sgan qismiga qo‘yilmalar, davlat zaxiralari va rezervlari, shuningdek uzoq muddatga mo‘ljallangan davlat byudjeti kreditlarini yaratish). Shunday qilib, iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda transformatsion xarajatlar davlatdan tashqari sektorda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmini bevosita o‘zgartiradiki, bulardan jamiyat vaziyatga qarab foydalanadi va bir vaqtning o‘zida barcha ehtiyojlarning tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agar davlat xarajatlari turli xildagi pensiyalarni (yosh bo‘yicha, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlik bo‘yicha) to‘lashga yo‘naltirilsa, mablag‘ berishning o‘ziga xos transfert shakli sodir bo‘ladi. Bunda mablag‘lar soliq to‘lovchilardan shu to‘lanmalarni oluvchilarga beriladi. Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi. Bunday xarajatlar transfert xarajatlar deyiladi. Bu xarajatlar jamiyat daromadlari a’zolar o‘rtasida taqsimlanishini o‘zgartiradi. Davlat xarajatlari yana joriy (davlat iste’moli va transfertlar) hamda kapital xarajatlarga (davlat investitsiyalari) bo‘linadi. Bunday bo‘linish takror ishlab chiqarish ko‘lamlari o‘sishiga moliyaning ta’sirini baholash uchun muhimdir. Shuningdek, davlat xarajatlarini insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy quyilmalar va investitsiyalar) xizmat qilish me’zoni bo‘yicha ham klassifikatsiya qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va 21 uni iste’mol qilishda mazkur ulushlarni alohida-alohida hisobga olishga imkon beradi. Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsip mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o‘zaro munosabatlariga doir faoliyatini (ijtimoiy, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Ana shu narsalarning o‘zi ma’lum tizimga xos ustuvor yo‘nalishlarni aks ettiradi va davlat siyosati ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning ijtimoiy funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari aholi kam ta’minlangan qatlamlarining tabaqalashtirish, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar olishga tegishli sharoitlami yaratadi, ijtimoiy munosabatlar barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Bulaming barchasi talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu narsa quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:14 - ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’matlar iste’moli qismiga nisbatan barqaror to‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi; - ijtimoiy-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda ko‘p bo‘g‘inlarida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; - maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot obyektlarining kengaytirilishi, uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish materiallariga emas, balki qurilish industriyasi bilan bog‘liq sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanishga mo‘ljallangan narsalar uchun talabni oshiradi. Davlat moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, davlat xarajatlarini amalga oshirish, davlat maqsadli tushumlarini to‘plash, davlat moliyaviy resurslarini jamlash, foydalanish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari orqali to‘liqroq ifodalanadi. Unga boshqacha ta’rif berish ham mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini 14 Vahobov A, Malikov T. “Moliya” T.: Noshir 2011 yil. 107-bet. 22 shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi moliya tushunchasining taraqqiyoti natijasidir.
Xulosa

Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, chuqur modernizatsiya va zamonaviy diversifikatsiyaning jadallashuvi natijasida real sektorning, davlatning ijtimoiyiqtisodiy hayotida turli o‘zgarishlar, yangilanishlar sezilarli darajada sodir bo‘lmoqda. Davlat o‘zining moliya tizimida ham byudjet-soliq, investitsiya, baho, pul-kredit va boshqa siyosatlarini iqtisodiy hayot ravnaqi uchun amalga oshirmoqda. Shu jumladan, 2017 - 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasinining 3-yo‘nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib uning asosiy vazifalaridan biri xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish52 hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha qatlamlari bilan bir qatorda davlat moliyasi va uning barcha bo‘g‘inlari tizimi ham takomillashib rivojlanib bormoqda. Davlat byudjetining profitsit bilan ijro etilayotganligi, g‘aznachilik tizimining yanada mukammallashoyatganligi, davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar va daromadlarini mustaqil idora etayotganligi hamda davlat kreditidan samarali foydalanilayotganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Davlat moliyasini yanada rivojlantirish uchun quyidagi islohotlar amalga oshirilishi ma’lum miqdorda o‘z hissasini qo‘shadi:  Byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish, yuqori byudjetdan quyi byudjetlarga beriladigan subvensiyalar ulushini qisqartirish, mahalliy byudjetlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, bunga mahalliy hududlardagi yirik ishlab chiqarish guruhlarini hisobga olmagan holda soliq ba’zasini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g’risida” PF-4947 Farmoni. 2017-yil 7-fevral 84 kengaytirish, sanoat ishlab chiqarish sohasida yangi korxonalarni tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, servis korxonalari tashkil etish, mavjud korxonalarni sog‘lomlashtirish, modernizatsiya qilish, qayta qurollantirish, istiqbolsiz ishlab chiqarish korhonalarini yangi mulk egalariga sotish orqali sog‘lomlashtirish, soliq to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlarni muddati tugashini hisobga olish va soliq yig‘uvchilikni oshirish orqali erishish;  Davlat kreditining xorijiy andozalaridan biri munitsipal kreditlar shaklini amaliyotimizga tadbiq etish, shuningdek mahalliy moliya organlariga muddatli qarz majburiyatlarini chiqarish huquqini berish va buning natijasida yig‘ilga mablag‘larni mahalliy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yo‘naltisrish, davlat majburiyatlarini yirik korxonalarga qo‘shimcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni yaratishi hisobidan soliq va bojxona imtiyozlarini berish orqali qoplash;  Davlat maqsadli jamg‘armalari faoliyatini yanada takomillashtirish, bu borada byudjetdan tashqari jamg‘armalar uchun yaxlit boshqaruv tizimini yaratish, har bir jamg‘armaning ijtimoiy hayotdagi rolini oshirish. Xulosa qilib aytganda, davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashda byudjet tashkilotlari moliyasini yanada takomillashtirish qator omillarni hisobga olib amalga oshirilishi kerak. Bu omillar: byudjetning daromad va xarajatlar bo‘yicha barqarorligi, me’yoriy-huquqiy bazaning takomillashganligi, menejer-kadrlarning nazariy va amaliy salohiyati, sohalarga axborot-kommunikatsion texnologiyalarning tobora kengroq va shiddatliroq kirib borishi va boshqa omillar. O‘ylaymizki, bu omillarning o‘z vaqtida hisobga olinishi islohotlarning kutilgan natijalarini beradi, ularning samarali va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlaydi, hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni to‘laqonli bajarishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish va modernizatsiya qilish,davlat moliyasini boshqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar har tomonlama asosli va chuqur o’ylab chiqilgan. Ilmiy asoslarga tayangan va iqtisodiy qonunlar talabi asosida to’g’ri tashkil qilingan byudjеtning g’azna 85 ijrosining ijobiy natijasida jamiyatda aholining farovonligi oshadi, aholining turmush darajasi yaxshilanadi. Mamlakatda byudjеt taqchilligini boshqarish, huquqiy fuqarolik jamiyatini qurish, aholi farovonligini oshirish, g’aznachilik tizimida byudjеtni to’liq ijro etish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda davlat byudjеti g’azna ijrosi g’aznachilik opеratsiyalari orqali amalga oshirilmoqda. G’aznachilik opеratsiyalari – O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat byudjеtining g’azna ijrosida tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjеtlar o’rtasida taqsimlash va hisobini yuritish, byudjеtdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smеtalari ijrosi va byudjеt ijrosi to’g’risida hisobotlar bilan bog’liq jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi. «G’aznachilik opеratsiyalarini to’g’ri amalga oshirish davlatning ichki va tashqi qarzi va O’zbеkiston Rеspublikasining kafolatlari masalalariga bog’liq». Davlatning moliyaviy faoliyati, eng avvalo, davlat byudjеtini shakllantirish, uning ijro etilishini ta'minlash, soliq siyosatini amalga oshirish, bank-krеdit tizimini samarali ishlatish, byudjеt taqchilligini boshqarish kabi sohalarni qamrab oladi. Byudjеtning uch asosiy holati farqlanadi: taqchillik, profitsit va mutanosib holat. Mutanosib byudjеt – xarajatlar va daromadlar miqdori bir-biriga tеng bo’ladi. Iqtisodiy nazariyada byudjеt taqchilligi umumiy xarajatlar hajmidan 1,0 foizga oshib kеtmasa, bunday byudjеt mutanosib dеb hisoblanadi. Byudjеt xarajatlarining daromadlardan oshib kеtishi (byudjеtning salbiy saldosi) byudjеt taqchilligini anglatadi. Byudjеt daromadlarining xarajatlardan oshib kеtishi (byudjеtning ijobiy saldosi) byudjеt profitsitini anglatadi. Hozirgi sharoitda byudjеt davlat iqtisodiy siyosatining g’oyat muhim vositasi bo’ladi. Davlat byudjеtidagi taqchillikni eng oz darajaga tushirish bosh vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan mablag’larni ajratish va taqchillik o’rtasida eng qulay bo’lgan mutanosiblikni o’rnatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu zarur bo’lgan mutanosiblik, albatta, istе'mol va iqtisodiyotni qayta qurish xarajatlarinigina qisqartirish evazigagina bo’lishi mutlaqo ziddir, chunki u iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarining cho’zilib kеtishiga olib kеladi. 86 Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi jarayonlarning kuchayishi, dunyodagi iqtisodiy globallashuv darajasining ortib borishi bilan moliyaviy qarorlar qabul qilishda so’nggi ma'lumotlarni qabul qilish, yig’ish, qayta ishlash va ularni chuqur tahlil etish muhimahamiyatga egaligidan dalolat bеrmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T., O‘zbekiston, 2018 yil (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  2. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi. 2013 yil 26-dekabr, O‘RQ-360-son.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi -T., O‘zbekiston, 2008 yil (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

  5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

  6. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.

  7. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.

  8. Malikov T.S., Vahobov D. Moliya: chizmalarda. O‘quv qo‘llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2010. 660 b

  9. Internet saytlari.

www.pres-service.uz.

www.ers.usda.gov.

www.edu.uz.

www.mikro-makroiqtisodiyot.yaho.uz.



www.forum.uz.

www.ziyo.net.





1 I.Karimov “Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida”. T.: Ozbekiston. 2005 y. 285-bet

1 Экономическая история зарубежных стран: учебное пособие / Т.М.Тимошина; под ред. проф. М.Н.Чепурина. – 9-ое изд., стер. – М.: Юстицинформ, 2013. -504 стр.

1 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 144-son (26.04.2002) Qarori, 3-band.

1 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 144-son (26.04.2002) Qarori, 3-band.

1O’zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonuni. 9-modda.


Download 115.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling