O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
DAVLAT ORGANLARIDA, DAVLAT MUASSASALARIDA VA DAVLAT
ISHTIROKIDAGI TASHKILOTLARDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING
MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY
NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son
O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga
muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida
Namunaviy nizom
1-ilovaga
muvofiq tasdiqlasin.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,
shaharlar
va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlat ishtirokidagi tashkilotlar bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni
ishlab chiqsinlar va
tasdiqlasinlar;
o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
2-ilovaga
muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini
yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-may,
341-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son
qaroriga
1-ILOVA
Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va