Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida
Download 71.06 Kb. Pdf ko'rish
|
93-сон 18.02.2020. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI DAVLAT O‘RMON FONDIGA KIRMAYDIGAN DARAXTLAR VA BUTALARNING QIMMATBAHO NAVLARINI SAQLASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30- oktabrdagi PF-5863-son Farmonining ijrosini ta’minlash, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30- oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha moratoriy joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki, moratoriy joriy etilgan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesish bo‘yicha: davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni qabul qilishga; hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun xulosalar berishga; tuman (shahar) hokimliklari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari ushbu band talablarini bajarish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rsin. 4. Belgilansinki: davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda qimmatbaho navlardan tashqari daraxtlar va butalar navlarini hamda tabiiy omillar yoki zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari ta’sirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf tug‘diruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga ruxsatnoma berish Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 255-son va “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qarorlari asosida amalga oshiriladi; Oldingi tahrirga qarang. “Obod mahalla” va “Obod qishloq” davlat dasturlari loyihalari asosida hududlarni obodonlashtirish ishlarida tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida shikastlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi; (4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- Download 71.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling