Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Avloniy ijodi bo`yicha Begali Qosimov, Yusuf Tohiriy, M. Barakaev kabi olimlarimiz Abdulla Avloniy qoldirgan ma’naviy meroslar ustida ilmiy izlanishlar olib borgan.
Kurs ishi prеdmеti. Abdulla Avloniy qarashlarida shaxs ta’lim tarbiyasining psixologik jihatlarining shakl va usullari, vositalari mazmuni.
Kurs ishi ob'еkti. Shaxs ta’lim-tarbiya tizimida Abdulla Avloniyning psixologik qarashlaridan foydalanish.
Kurs ishi maqsadi. Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik qarashlari asosida barkamol shaxsni tarbiyalashning psixolgik jihatlarini shakl va usullarini ishlab chiqib, amaliyotda qo’llash, tahlillar asosida ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat.
Kurs ishi vazifalari:
- shaxsga ta’lim- tarbiyalashning maqsad va vazifalari hamda imkoniyatlarini aniqlash;
-sharq allomalari asarlarida ta’lim - tarbiya masalalaridan psixologik jihatlaridan foydalanishning shakl va usullarini ishlab chiqish;
-Abdulla Avloniyning jadidlar maktabidagi ta’lim mazmuni va samaradorligini aniqlash;
-Abdulla Avloniyning asarlarida shaxsni tarbiyalash borasida psixologik kuzatishlarni boshlang’ich sinflarda olib borish;
Kurs ishining metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlari, “Davlat ta’lim standartlari”, oliy ta’limi to’g’risidagi Nizomlar va mehyoriy hujjatlar, Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» «Usuli jadid» «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» hamda «Birinchi muallim» (1912), «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni» (1917) kabi darslik va o’qish kitoblari, sharq mutafakkirlarining fikrlari, O’zbekiston Respublikasining prezident Shavkat Mirziyoyev va O’zbekiston Respublikasining birinchi prezident I.A.Karimov asarlari, darsliklar, ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha ilmiy-uslubiy ishlar va metodikalar tashkil etadi.
Kurs ishning nazariy ahamiyati.
Mazkur kurs ishimizda ishlab chiqilgan dars va tadbirlar ishlanmalari, ilmiy tavsiyalaridan, boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’zlarining amaliy faoliyatilarida keng foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tarkibi va xajmi. Kurs ishi: kirish bo`limi ikkita bobdan, yakuniy bo`limi, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Ko`lami 33 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |