Davlat pedagogika


-MAVZU: ShAXS IJTIMOIYLAShUVI VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR


Download 0.61 Mb.
bet56/105
Sana20.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1040406
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
8-MAVZU: ShAXS IJTIMOIYLAShUVI VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR.
Reja:
1.Ijtimoiy psixologiyada shaxs ijtimoiylashuvi muammosi.
2.Shaxsning «Men» – obrazi va o‘z-o‘ziga baho berishi muammosi.
3.Shaxs dunyoqarashini va e’tiqodini o‘zgartiruvchi omillar.

Tayanch tushunchalar: shaxs, ijtimoiylashuv, attraksiya, motiv, konformizm empatiya, ustanovka, altruizm, etnotsentrizm.


Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi.
Muloqot jarayonining xam, guruxiy jarayonlarning ham. egasi—sub’ekti xamda ob’ekti aslida aloxida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun xam ijtimoiy psixologiya aloxida shaxs muammosini xam urgandiki, uni usha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nukdai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada xam, Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada xam, differensial, xukukiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bulimlarida xam urganiladi. Har bir bulim yoki tarmok uni uz mavzui va vazifalari nuktai nazaridan shaxsga taallukli bulgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning maxsuli, aloxida psixik ja­rayonlarning egasi deb xisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning uziga xosligi shundaki, u turli guruxlar bilan bo‘ladigan turli shakldagi o‘zaro munosabatlarning okibati sifatida karaladi. Ya’ni, ijtimoiy psixologii avvalo biror gu­ruxning a’zosi xisoblangan shaxs xulk-atvori kanday konuniyatlarga buysunishini, shaxsning mulokotlar siste-masida olgan ta’sirlari uning ongida kanday aks topishini urganadi. Guruxning shaxs psixologiyasiga ta’siri kay yusinda sodir bulishi ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya muammosi bilan uzviy boglik bulsa, bu ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulkida bevosita kanday namoyon bulishi ijtimoiy yul-yuriklar muammosi bilan boglikdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bulishini aniklagan xolda, shaxs xulk-atvorini boshkarish, mexanizmlarini ishlab chikish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Xulosa kilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yondashish uni ma’lum guruxlarning a’zosi, konkreg sharoitida uziga uxshash shaxslar bilan mulokotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.
Shaxs sotsializatsiyasi tug‘risida gap ketarkan, uning fanda ko‘pincha “shaxs taraqqiyoti” yoki “tarbiyasi” tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga aloxida e’tibor berish kerak. Lekin sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik tushuncha bulib, aytib utilgan tushunchalardan fark siladi. Sotsializatsiya — bu individning ijtimoiy muxitga qushilishi, ijtimoiy ta’sirlarni uziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bulib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni kabul kiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda uz xulk-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ruy beradi, chunki individda shaxs bulishga extiyoj xamda shaxs bulishiga imkoniyat va zaruriyat bordir. Shuning uchun xam bola tugilib, ijtimoiy muxitga kushilgan ondan boshlab, undagi shaxs bulishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin (masalan, chakaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga extiyojning borligi).
Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishnning uz soxasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch soxada amalga oshiriladi:
1) faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bulib, bu jarayonda faoliyatlar katalogi kengayib, boyib borave-radi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va kunikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni koniktirish yulidagi aktivligi unda uziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) muloqot sohasi, ayniksa maktabgacha Yosh davrdagi va usmirlik davrlaridagi mulokot sistemalari bolada bir kancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo kiladiki, buning natijasida u faol xayotiy mavksga ega buladi, jamiyatda uz urnini tasavvur kilishga erishadi.
3) o‘z-o‘zini anglash soxasi, ya’ni ,,Men" obrazining yil sayin uzgarib borishi jarayoni bulib, avval uzini boshkalardan farkliligini, uzicha mustakil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish kobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-uzini baxolash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular xam faol shaxs psixologiyasining tarkibii kismidir.
Shaxs sotsializatsiyasi, yukorida ta’kidlab utganimizdek bola tug‘ilishi bilan boshlansa-da, sezilarlik samaradorlik nuktai nazaridan uning boskichlari farklanadi. Masalan. birinchi boskich—mexnat faoliyatigacha bulgan boskich bulib, unga bolaning maktab­gacha davri xamda ukish yillari kiradi. Bu davrdagi sotsializatsiyaning axamiyati va uziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashki ijtimoiy muxit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga sintdiriladi, mustakil xayotga tayyorgarlik borasida muxim boskich o‘tiladi.
Ikkinchi bosqich. — mexnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan boglik bulib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bulib, anik xayot yulini tanlagan, turmush kurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotpsh shaxsda namoyon buladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning maxsulidir. Nixoyat, uchinchi davr — mexnat faoliyatidan keyingi davr bulib, bunga asosan aktiv mexnat faoliyatidan sung karilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda xam shaxs sotsializatsiyasi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshkalarga uzatiladi, shunga kura shaxs strukturasida xam xususiy uzgarishlar ruy beradi.
Sotsializatsiya jarayoni ruy beradigan sharoitlar — muassasalar xususida gapiriladigan bo‘lsa, turli davrlarda oila, bolalar muassasalari, maktab, boshqa o‘quv dargohlari, mehnat jamoalarinpng roli nazarda tutiladi.
Ijtimoiylashuv jarayonidagi muomala va muloqotning psixologik vositalari
Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri - o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.
Verbal ta’sir - bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi - so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz» dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‘rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi?
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi mumkin albatta, lekin halq ichida yurgan bir maqol to‘g‘ri: «Ust-boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi».
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning rollariga ham bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori - bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif esa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-ahvolni ham quyuqroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o‘tadi.
Ta’sirning adresati - ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribalirok sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling