Davlat Ramzlari muqaddas timsollar
Download 76.24 Kb.
|
8- DMTT Davlat ramzlari ochiq mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-tarbiyalanuvchi
- 4-tarbiyalanuvchi
- 5-tarbiyalanuvchi
- 6-tarbiyalanuvchi
- 7-tarbiyalanuvchi
2-tarbiyalanuvchi - Gerbimiz markazida qanotlarini yozib, parvozga shaylanib turgan Humo qushi tasviri bor. Manbalarda qayd etilishicha, xalqimiz Humoni azaldan davlat qushi sifatida tasavvur qilib kelgan. Zaminimizda necha ming yillar ilgari paydo bo‘lgan afsonalarda Humo qushi baxt, omad, himmat, olijanoblik timsoli sifatida tasvirlangan. Gerbning pastki qismidagi davlatimiz bayrog‘ini ifodalovchi chambar tasmaga “O‘zbekiston” so‘zi bitilgan.
3-tarbiyalanuvchi - Tamg‘amizdagi barcha ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, ezgulik, baxt-saodat, to‘kinlik, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini o‘zida namoyon etadi. Gerbimiz o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbai, yoshlarimizni vatanparvarlik, ajdodlarimiz an’analariga sodiq farzandlar etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim vositadir. 4-tarbiyalanuvchi - “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunda belgilanganidek, Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Oliy xo‘jalik sudi, vazirliklar, hokimliklar, qo‘mitalar, tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari binolari, mamlakatimizning chet ellardagi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining binolarida o‘rnatilgan. 5-tarbiyalanuvchi - Davlat gerbi tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, milliy valutamizda, qimmatli qog‘ozlar va obligatsiyalarda, fuqarolik pasportlarida, chegaralarimizda o‘rnatiladigan sarhad ustunlarida hamda qonunda belgilangan boshqa joylarda aks ettiriladi. 6-tarbiyalanuvchi - Mamlakatimiz davlat ramzlari, shu jumladan, Davlat gerbi qonun bilan muhofaza qilinadi. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda turgan o‘zga shaxslar davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart. 7-tarbiyalanuvchi - Davlatimiz ramzlari – Bayroq, Gerb, Madhiya xalqimizning shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etgan. Ularni e’zozlash o‘zining, o‘z mamlakatining qadr-qimmatini bilgan har bir insonning muqaddas burchidir. Download 76.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling