Davlat sektorida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot qanday tuziladi


Download 41.69 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi41.69 Kb.
#1304758
Bog'liq
KONSOLDITSIYA


DAVLAT SEKTORIDA KONSOLIDATSIYALASHGAN MOLIYAVIY HISOBOT QANDAY TUZILADI
17.06.2021
Rus tilida oʻqish
Oʻzbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (13-sonli BHS) «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar» loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
 
Loyiha Moliya vazirligi tomonidan Byudjet kodeksi, «Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq hamda byudjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning хalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
13-sonli BHS 1.01.2022 yildan amalga kiritilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihaga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot deganda Moliya vazirligi tomonidan konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibi asosida byudjet hisoboti hamda Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobotlaridan foydalangan holda tuziladigan hisobot tushuniladi.
Ma’lumot uchun! Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibiga quyidagilar: davlat byudjeti; davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari; byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari; Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari kiritiladi.
Loyihada konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlashga qoʻyiladigan talablar belgilanadi. Moliya vazirligi tomonidan byudjet hisobotlari va Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobotidan foydalangan holda choraklik va moliya yili yakunlari boʻyicha tahliliy maqsadlar uchun konsolidatsiyalashgan byudjet hisobotini tayyorlanadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot quyidagi turlardan iborat boʻladi:

  • konsolidatsiyalashgan byudjetning jamlanma hisoboti;

  • konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi daromadlar ijrosi toʻgʻrisida hisobot;

  • konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi хarajatlar ijrosi toʻgʻrisida hisobot;

  • konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi hisobot (1.01.2023 yildan boshlab tuzilishi lozim);

  • tashkilotlarning konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida nomoliyaviy aktivlar harakati toʻgʻrisidagi hisobot (1.01.2023 yildan boshlab tuzilishi lozim).

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tuzish va taqdim etish Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobotlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot Moliya vazirligining veb-saytlari va tegishli OAV orqali e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda. Hisobotlarda quyidagi ma’lumotlar ochib berilishi kerak:

Download 41.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling