Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi fiskal instituti
Buxgalteriya balansi (ming soʻmda)
Download 63.19 Kb.
|
Амалий топшириқ-2-1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Uzoq mud. aktivlar I. Oʻz manbalari
- I boʻlim jami I boʻlim jami
- II Joriy aktivlar II Majburiyatlar
- II boʻlim jami II boʻlim jami
- B a l a n s B a l a n s
- Xoʻjalik operatsiyalarini roʻyxatga olish daftari
- Xoʻjalik operatsiyalari mazmuni Summa Schyotlar aloqasi
Buxgalteriya balansi (ming soʻmda)
II topshiriq. Quyidagi xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida hisobga oling va guruhlashtiring “ASILBEK-ASA” MChJda 2022-yil yanvar oyida quyidagi xoʻjalik operatsiyalari sodir boʻlgan: MCHJning budjetga soliqlar boʻyicha qarzlari 2022-yil 5-yanvarda toʻlab berildi. Shuningdek, “MUSTAQIL MUSTANG” xususiy korxonasiga materiallar xarid qilish uchun oldindan 15 000 000 soʻmlik boʻnak oʻtkazib berildi. “Farovon Turmush” xususiy korxonasi MChJ bilan 57 500 000 soʻmlik shartnoma tuzdi. 2022-yil 17-yanvarda shartnoma shartlariga muvofiq 20 foiz boʻnak olindi. 2022-yil 20-yanvarda tannarxi 35 000 000 soʻm boʻlgan tayyor mahsulotlar xususiy korxonaga shartnomaga muvofiq 57 500 000 soʻmga sotilgan holda yetkazib berilgan. Shundan soʻng, xususiy korxonadan oldindan toʻlov sifatida olingan boʻnak summasi hisobga olindi. Xususiy korxona tomonidan sotib olingan tayyor mahsulotlar qiymati 2022-yil 25-yanvarda toʻlab berilgan. 2022-yil 5-yanvarda MChJ mol yetkazib beruvchilardan qiymati 66 700 000 soʻmlik materiallar toʻplamini sotib oldi. Materiallar toʻplamining qiymati hisob-kitob schyotidan 2022-yil 10-yanvarda mol yetkazib beruvchilarga toʻlab berildi. Korxona xodimini xizmat safariga yuborish uchun korxona rahbarining boʻyrugʻiga asosan 1 500 000 soʻm miqdoridagi naqd pul mablagʻi 2022-yil 10-yanvarda hisob-kitob schyotidan olindi. 2022-yil 11-yanvar kuni xodimga xizmat safari uchun olingan pul mablagʻlari berildi. Xodimlar ish haqisining 50 foizi plastik kartochkalarga oʻtkazib toʻlanishi sababli, 2022-yil 12-yanvarda hisob-kitob schyotidan 5530-“Boshqa maxsus schyot”ga ish haqining 50 foiz oʻtkazildi. 2022-yil 13-yanvarda maxsus schyotdagi pul mablagʻlari plastik kartochkalarga taqsimot qilindi. Ish haqi tarqatish maqsadida 2022-yil 15-yanvarda hisob-kitob schyotidan ish haqining 50 foizi miqdorida naqd pul mablagʻlari olindi. 2022-yil 16-yanvarda kassadagi naqd pul mablagʻlari toʻlov vedomostiga asosan ish haqi sifatida tarqatildi. Shuningdek, mol yetkazib beruvchilardan boʻlgan 25 000 000 soʻmlik qarzdorlik ham toʻlab berildi. MChJda 2022-yil 31-yanvar holatiga asosiy ishlab chiqarishga mahsulot ishlab chiqarish uchun 92 000 000 soʻmlik materiallar sarflandi. Shuningdek, mahsulotlarni qadoqlash uchun ombordan 1 800 000 soʻmlik idishlar berildi. 2022-yil 18-yanvarda xizmat safariga yuborilgan xodim boʻnak hisoboti topshirdi. Unga koʻra xodim tomonidan sarflangan pul mablagʻlari 1 350 000 soʻmni tashkil etib, qilingan xarajatlar MChJda oʻrnatilgan meʻyorlarga mos keladi. Ishlatilmay qolgan boʻnak summasi naqd pulda qaytarib olindi. Ish haqi hisoblandi (31.01.20xx yil): asosiy ishlab chiqarish xodimlariga - 68 000 000 soʻm; maʻmuriy boshqaruv xodimlariga – 32 000 000 soʻm. hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq hisoblandi (oʻzingiz hisoblang va hisobga oling); ishlarga hisoblangan ish haqidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushlandi (oʻzingiz hisoblang va hisobga oling); hisoblangan ish haqidan kasaba uyushmasiga aʼzolik badali ushlandi (oʻzingiz hisoblang va hisobga oling); hisoblangan ish haqiga nisbatan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisob raqami (SHJBPHR)ga ajratma hisoblandi (oʻzingiz hisoblang va hisobga oling). MChJning asosiy vositalari 2022-yil 30-yanvarda quyidagicha eskirish hisoblandi: bino uchun hisoblangan eskirish summasi – 950 000 soʻm; uskunalar uchun hisoblangan eskirish summasi – 3 941 100 soʻm; mebel va ofis jihozlari uchun hisoblangan eskirish summasi – 292 000 soʻm. MChJning asosiy vositalari 2022-yil 30-yanvarda eskirish hisoblandi (oʻzingiz hisoblang va hisobga oling). MChJ hisobot davrida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tayyor mahsulotlarni haqiqiy tannarxida omborga qabul qildi. MChJda jami ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqiqiy tannarxida sotishga chiqarildi hamda haridor va buyurtmachilarga shartnoma asosida jami ishlab chiqarilgan mahsulotlar 287 500 000 soʻmga sotildi. Shartnoma shartlariga koʻra, xaridorlarga toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilganligi bois, ishlab chiqarish tannarxi 15 000 000 soʻm boʻlgan tayyor mahsulotlar bonus sifatida berildi. MChJ bilan tijorat banki oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq koʻrsatilgan xizmatlar haqi 0,5 % ni tashkil qiladi (oʻzingiz hisoblang va hisobga oling). MChJning taqsimlanmagan foydasi toʻliq dividendlar sifatida taqsimlanishi toʻgʻrisida eʻlon qilindi. 2022-yil 30-yanvarda hisoblangan dividendlar toʻliq taʻsischilarga toʻlab berildi. MChJ aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi hisoblanadi. Belgilangan soliq stavkasi – 4 foiz. Xoʻjalik operatsiyalarini roʻyxatga olish daftari
Download 63.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling