Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

9-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari 
mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish 
58. Qo‘mita, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyaning 
moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq 
to‘lash budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini 
rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun 
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
59. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondi quyidagilardan 
iborat: 
a) lavozim maoshi (davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini 
belgilashda Yagona tarif jadvaliga muvofiq tasdiqlangan ish haqi bo‘yicha razryadlar asosida tarif 
koyeffitsiyenti 1,7 baravar ko‘paytirilgan holda qo‘llaniladi); 
b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar: 
markaziy apparat va Hududlararo inspeksiya xodimlariga (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi 
xodimlardan tashqari), alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim ish haqiga (tarif stavkasiga) 20 foiz. 
Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni 
hisoblashda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi; 
ish haqi fondining 25 foizi (budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy 
rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan shakllanadigan); 
lavozim maoshiga nisbatan 40 foiz (mehnatni rag‘batlantirish koyeffitsiyenti); 
maxsus unvon uchun 0,15 dan 0,65 gacha (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan 
holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda); 
uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun 0,05 dan 0,6 gacha (rag‘batlantirish koeffitsiyentini 
hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda); 
v) rag‘batlantiruvchi to‘lovlar; 
boshqa to‘lovlar, shu jumladan: 
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari 
miqdoridagi oylik to‘lovlar; 


davlat soliq xizmati organlari xodimlarining transport harajatlarini qoplash uchun eng kam 
oylik ish haqining ikki baravar miqdorida oylik to‘lovlar (xizmat transporti vositalari ajratilgan 
xodimlardan tashqari); 
yiliga bir marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish; 
d) xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi 
bilan mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida quyidagi hollarda qo‘shimcha 
tarzda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin: 
yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan; 
alohida muhtojlik holatida (baxtsiz hodisa, to‘y va boshqa marosimlar munosabati bilan
uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklash uchun, shuningdek, 
oiladagi og‘ir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar); 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar. 
Maxsus unvon va ko‘p yillik xizmati uchun beriladigan ustama miqdorini hisoblashda 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan to‘lanadigan lavozim maoshi va oylik 
ustamalarning birgalikdagi summalari hisobga olinadi. 
Qo‘mita xodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar 
Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling