Davlat statistika boshqarmasi reja
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o`rinbosari
Download 3.12 Mb.
|
DAVLAT STATISTIKA BOSHQARMASI
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o`rinbosariZiyayev Zoxidjan Muratovich O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o’rinbosarining funksional vazifalari - Davlat statistika tizimida axborot resurslarini yaratish va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash; - mehnat unumdorligini oshirish, statistika axborotlarini tezkor uzatish va qayta ishlash, davlat statistikasi yagona axborot tizimini respublikaning boshqa axborot tizimlari bilan mutanosibligi va o`zaro hamkorligini ta`minlashga yo`naltirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Davlat statistika qo`mitasining yagona texnologik siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash; - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun me`yoriy-huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni yaratish bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirish; - Davlat statistika qo`mitasining hisoblash tizimida yaxlit va xavfsiz axborot muhitini ta`minlash ishlarini tashkil etish; - axborotlashtirish sohasida davlat dasturlari va loyihalarining ekspertizasini o`tkazish va amalga oshirish, tarmoqlararo axborot almashish standartlari va mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; - davlat statistika tizimida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo`nalishlari va kompleks chora-tadbirlarini belgilash; - korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini samarali faoliyat yuritishi, uni rivojlantirish va milliy axborot tizimiga integratsiyalash bo`yicha ishlarini tashkil etish; - statistika organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy qilishda, idoralararo elektron o`zaro hamkorlikni tashkil etishda, yagona elektron reestrlar va ma`lumotlar bazalarini, “Yagona darcha” tamoyili bo`yicha elektron davlat xizmatlari ko`rsatish tizimlarini shakllantirishda yagona texnologik yondashuvni amalga oshirish; - elektron hukumat sohasida, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini ko`rsatish doirasida idoralararo elektron o`zaro hamkorlikni ta`minlash, statistika organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; - statistika organlari boshqaruviga va tizimiga innovatsiyalarni joriy qilishga, raqamli iqtisodiyot o`sishini rag`batlantirishni, shu jumladan, kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy qilish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish; - davlat organlarining faoliyati va aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat boshqaruvidagi ishtiroki to`g`risidagi axborotdan foydalana olishini ta`minlashni hisobga olgan holda, statistika organlari faoliyatining shaffofligini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; - Davlat statistika qo`mitasining rasmiy veb-sayti va boshqa vebresurslarini rivojlantirish hamda ommaviylashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, butunjahon Internet axborot tarmog`ida yaratiladigan mahalliy statistika axborotlarini yanada ilgari surish va ommaviylashtirishni ta`minlash; - tizimda foydalaniladigan aloqa tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish uchun uskunalar hamda xizmatlar yetkazib beruvchilarni tanlash bo`yicha tender hamda tanlovlarni tashkillashtirish va bu ishlarga rahbarlik qilish; - mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling