Davlat statistika boshqarmasi reja
-боб. Бошқарманинг молиялаштирилиши ва моддий-техника таъминоти
Download 3.12 Mb.
|
DAVLAT STATISTIKA BOSHQARMASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-боб. Якунловчи қоида
5-боб. Бошқарманинг молиялаштирилиши ва моддий-техника таъминоти
24. Бошқарманинг мол-мулкини асосий воситалар ва айланма маблағлар, шунингдек қиймати унинг мустақил балансида акс эттириладиган бошқа бойликлар ташкил этади. 25. Бошқармани молиялаштириш ва унинг моддий-техника таъминоти Давлат статистика ишлари дастурига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Давлат бюджети маблағлари ҳисобига амалга оширилади. Давлат статистика ишлари дастурида белгиланган амалга оширилган статистика ишлари учун ҳақ тўлаш, Бошқарма томонидан Давлат статистика қўмитасига ҳар ойда тақдим этиладиган бажарилган ишлар далолатномалари асосида Ўзбекистон Республикасининг республика бюджети маблағлари ҳисобига Давлат статистика қўмитаси томонидан таъминланади. Давлат статистика ишлари дастурига киритилмаган ва уларни ишлаб чиқишга қўшимча харажатлар талаб қилинадиган қўшимча статистика ишларига ҳақ тўлаш буюртмачилар маблағлари ҳисобига молиялаштирилади. Бошқарма томонидан олинган фойда, амортизация ажратмалари, шунингдек бошқа тушумлар унинг ихтиёрида қолади ҳамда улардан вилоят статистика органларининг моддий-техника базасини мустақкамлаш ва ахборот-коммуникация тизимини ривожлантириш, ходимларнинг касб маҳоратини, ўз лавозим вазифаларини сифатли бажарганлигини, ижодий фаоллигини ва ташаббускорлигини рағбатлантириш учун белгиланган тартибда фойдаланилади. 26. Бошқарма Давлат статистика ишлари дастурини бажариш доирасида ажратилган маблағларнинг ва ўз ишларининг бошқа натижаларининг тезкор ва бухгалтерия ҳисобини “Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Қонун ва Бухгалтерия ҳисобининг миллий стандартларига мувофиқ амалга оширади, статистика ҳисоботини юритади. 6-боб. Якунловчи қоида 27. Бошқармани қайта ташкил этиш ва тугатиш қонун ҳужжатларидабелгиланган тартибда амалга оширилади. XulosaOʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3165-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4273-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash; davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish; xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiya va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi statistika axborotlarini yigʻish, qayta ishlash, toʻplash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish; davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika ma’lumotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash; Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish; davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini toʻliq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasi oʻzgarishlarni ochib beruvchi koʻrsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash; Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga oʻz vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish; davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida oʻz vaqtida aks ettirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling