Давлат статистика щисоботи


Norezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar


Download 124.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi124.93 Kb.
#1331481
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-kb shakli 4-булим 15-боб 9

Norezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar (agar to‘lov so‘mda amalga oshirilmagan 
bo‘lsa), xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshirish sanasida O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan so‘mning belgilangan kursi bo‘yicha qayta hisoblangan, 
shartnoma narxlari bo‘yicha hisobga olinadi. 
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar hajmini aniqlashda, ko‘rsatilgan 
xizmatlar uchun amaldagi bozor narxlari bo‘yicha, qo‘shilgan qiymat solig‘isiz, 
hisoblangan to‘lovlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. 
Sug‘urta qiluvchilar sug‘urta xizmatlarning hajmi sifatida bevosita sug‘urta 
qilishdan tushgan sug‘urta mukofotlari, qayta sug‘urta qilishga olingan shartnomalar 
bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini qo‘shgan holda va ulardan qayta sug‘urta qilishga 


berilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta mukofotlari (badallari) ayirib tashlangan holda 
hisoblanadi. 
Turistik-ekskursiya xizmatlari, turistik agentliklar va turoperatorlar, ekskursovodlar 
faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Ulgurji va chakana savdoda tashkilotlarining xizmati sifatida sotilgan tovarlarning 
sotish va sotib olish qiymatlarining o‘rtasidagi farqini ifodalovchi yalpi daromad hajmi 
tushuniladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmat 
ko‘rsatuvchi tashkilotlar sotilgan mahsulotlarning to‘liq qiymatini, taom tayyorlashda 
ishlatilgan mahsulotlarning qiymatini qo‘shgan holda, QQSsiz aks ettiradilar.
Shartnoma, topshiriq, komissiya yoki agentlik shartnomasi asosida, boshqa 
shaxsning manfaati uchun tovarlar oldi-sotdisi bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshiruvchi 
tashkilotlar, olingan mukofot pullari miqdoridagi xizmatlar qiymatini ko‘rsatadilar. 
Moliyaviy lizing xizmati (6491 kodli xizmat) deyilganda lizingga beruvchining 
foizli daromadi - lizing to‘lovlari bilan qoplanadigan lizing ob’ekti qiymati o‘rtasidagi 
farq sifatida aniqlanadigan, lizing to‘lovlarining qismi tushuniladi. Lizing - moliyaviy 
ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizingga beruvchi) ikkinchi 
tarafning (lizingga oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) 
lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’ektini) sotib oladi va uni shu 
shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun 
lizingga oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda moliyaviy ijara 
shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak: moliyaviy ijara 
shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara ob’ekti ijaraga oluvchining mulki 
bo‘lib o‘tishi; moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara ob’ekti xizmat 
muddatining 80 foizidan ortiq bo‘lsa yoki moliyaviy ijara ob’ektining moliyaviy ijara 
shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 
foizidan kamrog‘ini tashkil qilishi; moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, 
ijaraga oluvchi moliyaviy ijara ob’ektini ushbu huquq sotilish kunidagi bozor 
qiymatidan ancha past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘lishi va bunda ijara 
muddatining boshida ushbu huquqning sotilishiga asoslangan ishonchning mavjud 
bo‘lishi; moliyaviy ijara shartnomasi amal qiladigan davr uchun ijara to‘lovlarining 
diskontlangan joriy qiymati, moliyaviy ijara ob’ektini ijaraga berish paytidagi joriy 
qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lishi. 
MST tasniflagichining 77-bo‘limidagi (mashinalar va asbob uskunalar ushbu 
texnikaning operatorlarisiz ijaraga berish, maishiy texnika va shaxsiy ehtiyoj 
buyumlarini ijaraga berishda) xizmatlar moliyaviy ijara shartnomasi hisoblanmaydigan 
mulkiy ijara shartnomasiga binoan mulkni vaqtinchalik egalik qilishga va foydalanishga 
yoki foydalanishga berish (operativ ijara) xizmatlarini o‘z ichiga oladi. 
9-§ da bo‘sh kataklardagi belgilangan kodlar bo‘yicha xizmatlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar yig‘indisi 415-satrning tegishli ustunlariga teng bo‘lishi kerak, kichik 
raqamlardan tashqari (misol uchun: 55.20.19.1 xos raqami 55.20.19 xos raqamining 
kichik raqami). 
Yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar basharti ular bu faoliyatni 
yo‘l chiptalari va talonlar asosida yuritsalar, ular 415-satrda barcha turdagi transportda 
sotilgan yo‘l chiptalari va talonlarning qiymatlarini ko‘rsatishlari lozim. Yo‘lovchi 
tashish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan imtiyozli kartalar va jetonlarni o‘z ichiga 
olgan holda, transport tashkilotlarining xizmatlar hajmi, yo‘lovchi tashish bo‘yicha 
ko‘rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘rsatilgan 


xizmatlarning qiymatini to‘liq aks ettirish uchun xizmatlar hajmida, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalariga 
beriladigan imtiyozlarni qoplash uchun xarajatlar summasi hisobga oladi (QQS, aksiz 
solig‘i va boshqa turdagi majburiy to‘lovlarsiz). 
1-ustunda hisobot davrida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi QQSsiz va aksizsiz, ulardan 
2-ustunda qishloq joylarida ko‘rsatilgan xizmatlar ajratib ko‘rsatiladi, 3-ustunda, 1-
ustunda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmidan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi ajratib 
ko‘rsatiladi. 4-ustunda elektron tijorat bilash shug‘ullanuvchi tashkilotlar, xizmatlar 
oldi-sotdisi va tovarlarni sotishdan olingan yalpi daromad (sotish va sotib olish 
qiymatlarining o‘rtasidagi farq) hajmini ko‘rsatadilar. Axborot tizimlaridan foydalangan 
holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
oldi-sotdisi elektron tijorat hisoblanadi. 
Elektron tijoratdagi shartnoma ofertani yuborgan elektron tijorat ishtirokchisi 
tomonidan ofertaning aksepti olingan paytdan e’tiboran tuzilgan deb e’tirof etiladi. 
Elektron tijoratda oferta (taklif) elektron hujjat tarzida tuziladi. Elektron tijorat 
ishtirokchisining oferta qabul qilinganligi to‘g‘risidagi javobi (aksept) elektron hujjat 
yoki elektron xabar tarzida yoxud ofertada ko‘rsatilgan shartlarni bajarish bo‘yicha 
harakatlarni sodir etish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi 185-son 
qarori bilan tasdiqlangan “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari”ga muvofiq 
elektron tijorat ishtirokchisi (sotuvchi, xaridor) va axborot vositachisi elektron tijorat 
subektlari hisoblanadilar. Axborot vositachisi – elektron tijoratda elektron hujjatlar va 
elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Ushbu 
axborot vositachilari o‘zlariga tegishli bo‘lgan to‘lov platformalari orqali tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) xaridini amalga oshirilishini ta’minlaganligi uchun olgan 
daromadlarini elektron tijorat hajmlari sifatida ko‘rsatadilar. 
Aholiga xizmat ko‘rsatadigan ob’ektlar soni 5-ustunda ko‘rsatilgan (birlikda)-jami, 
shu jumladan qishloq joylarida 6-ustunga muvofiq, hisobot yilidan keyingi yilning 1 
yanvar holatiga ko‘ra.
Axoliga ko‘rsatilgan xizmatlarning ma’lum turlari to‘g‘risida ma’lumotlar Davlat 
statistika qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha taqdim 
etiladi.
Amalda faoliyat yuritayotgan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi obektlar soni – hisobot 
davrida aholiga xaqikatdan ham xizmat ko‘rsatadigan, shuningdek tamirlash
inventarizatsiya, sanitariya va boshqa sabablarga ko‘ra vaqtincha ishlamaydigan 
korxona (tashkilot) mustaqil ishlamasligidan qatiy nazar sanoat, qurilish, transport va 
x.k.
Istemolchilarga xizmat ko‘rsatuvchi birlashmalarda xar bir atelye, sex, ustaxona 
mustaqil ravishda, bitta binoda joylashgan, ammo xar xil xizmatlarni amalga 
oshiradigan tarzda hisobga olinadi.
Axoliga turli xil xizmatlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan obektlar 
hisobotda bir marotaba ko‘rsatilgan va ustuvor xizmat turi bo‘yicha xizmatlar soniga 
kiritilgan. Xuddi shu tartibda, ko‘chma ustaxonalar hisobga olinadi.
Qishloq joylarda joylashgan axoliga xizmat ko‘rsatuvchi obektlar, qaysi 
korxonalarga (shaxar yoki qishloq) bo‘ysunishidan qati nazar, qishloq joylaridagi 
bo‘linmalar soniga kiritilgan. 
Respublika, viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar, shuningdek shaharchalarda 
joylashgan statsionar ob’ektlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar shahar joylariga 


tegishli xizmatlar hisoblanadi, ovullar, qishloqlar, qishloq mahallalari, qishloq 
joylaridagi yakka tartibdagi qurilishlar asosida barpo etilayotgan massivlarda va shu 
kabi joylarda joylashgan ob’ektlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar - qishloq joylariga 
tegishli hisoblanadi. 
Qishloq joylaridagi avtomobil transporti xizmatlari - bu shaharlar va 
shaharchalardan qishloq va ovullar hududiga qatnovchi transport vositalari tomonidan 
yuklar va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar hajmi bo‘lib, ular qishloq joylarida 
amalga oshirilgan xizmatlar hajmiga qo‘shiladi. 
Qishloq joylaridagi avtomobil transporti xizmatlari shuningdek shahar atrofi va 
shaharlararo qatnovlar bo‘yicha yuklar va yo‘lovchilarni tashishni o‘z ichiga oladi. 
Qishloq joylaridagi aloqa xizmatlari, telekommunikatsiya xizmatlaridan 
foydalanuvchi abonentning pochta manzili bo‘yicha aniqlanadi; abonent - bu operator 
yoki provayder bilan telekommunikatsiya xizmatlarini (mobil va telefon aloqasi, 
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i va boshqalar) ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzgan 
jismoniy yoki yuridik shaxs hisoblanadi.



Download 124.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling