Davlat ta'lim standarti — amalda O'yinlar orqali nutq o'stirish


Download 24.79 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi24.79 Kb.
#1403577
Bog'liq
O\'YINLAR ORQALI NUTQ O\'STIRISH


Davlat ta'lim standarti — amalda
O'YINLAR ORQALI NUTQ O'STIRISH
Boshlanglch ta'lim bo’yicha yangi tahrirdagi Davlat ta'lim standarti talablarida o'quvchilarning ozgalar fikrini, matn mazmunini to’liq anglash, oz fikrini yozma va ogzaki shaklda aniq va ravon bayon etish malakasini oshirish maqsadi ko’zda tutilgan ekan, bunda ona tili fani nafaqat o'quv, balki butun ta'lim tizimida muhim jarayon hisoblanib, bujarayonga asosiy diqqat-e'tiborni qaratmoq zarurligi alohida uqtirib o'tiladi. Barchamizga ma'lumki, nutq - fikrni ifodalash vositasi bo’lib, u orqali inson oz fikrini, qarashlarini bayon etadi. Qolaversa, biz insonning ichki dunyosiga, bilim darajasiga ham uning nutqidan kelib chiqib baho beramiz. Shunday ekan, bilimlarni ozlashtirish, tabiat va borliq haqida ma'lumot to'plashda samarali hisoblangan nutq o'stirishga kichik maktab yoshidanoq alohida ahamiyat bermoq joizdir.

BoshlangMch sinf o'quvchilari nutqini o'stirishda yod oldirish, so'zlarning ma'nosini tushuntirish yoki qayta hikoya qildirish kabi usullardan foydalanibgina qolmay, balki ular uchun qiziqarli faoliyat boMgan o'yinlardan foydalanish, ayniqsa, ko'zlangan maqsad, yuqori natijalarni qoMga kiritishda katta yordam beradi. Chunki o'yin kichik maktab yoshidagi o'quvchilar faoliyatida asosiy oYmni egallaydi. Bolaning yosh va psixologik xususiyatidan kelib chiqib aytadigan boMsak, o\in dunyoni va o'zlikni anglashda, bogManishli nutqni o'stirishda asosiy vosita hisoblanadi. Quyida e'tiboringizga darslarda o'quvchilar zo'r qiziqish bilan ishtirok etadigan bir nechta o'yinlardan namunalar havola etamiz.
"Hikoya"
O'qituvchi xattaxtaga bir nechta so'z yozib qo'yadi. Masalan: Nafisa, soat, yomg'ir, kitob kabi. O'quvchilar mustaqil ravishda shu so'zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. Bunda ulaming lug'at boyligi oshishi bilan birga, gaplarni to'g'ri tuzish, tovushlami to'gVi talaffuz qilish, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. O'qituvchining faol ishtirokchilarni vaqti-vaqti bilan rag'batlantirib borishi o'quvchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradi va bundan-da faol bo'lishga undaydi. Mazkur oxyindan darsdan tashqari mashg'ulotlarda va to'garaklarda ham bemalol foydalanish mumkin.
"U kirn? Bu nima?"
Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo\iladi. O'qituvchi shu predmetlardan birortasini ta'riflaydi. O'quvchilar ta'rif asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar. Masalan: U shar shaklida. Uni mashhur sportchilar ham, biz, bolalar ham, kattalar ham sevib o'ynaymiz. Shuningdek, u yosh bolalarning sevimli oyinchog'idir. (javob: koptok). O'yinning afzallik tomoni shundaki, undan dars davomida o'quvchilar diqqatini jamlash, qoMlariga dam berish maqsadida yoki tovushlar bilan tanishtirish, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida foydalanish mumkin. CTyin o'quvchilarda ziyraklik, sinchkovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga imkon beradi.
"Noto^ri jumla"
Bu o'yin suratlar asosida
otkaziladi. O'qituvchi birorta suratni
tasvirlab beradi. Tasvirlash
davomida unga tegishli bo'lmagan
bir necha keraksiz jumlalami ham
ishlatadi. O'quvchilar ziyraklik bilan
ana shu jumlani topadilar. Oxyin
davomida o'quvchilardan
kuzatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatish barobarida o'qituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglaydilar. Har bir noto'gVi jumlani topish jarayonida ulaming o'ziga bo'lgan ishonchi va darsga qiziqishi yanada ortadi. Bu oYmdan
faqat ona tili darslarida emas, darsdan tashqari mashg'ulotlarda ham foydalanilsa, samara yuqori bo'ladi.
"BoMishi mumkin emas"
O'qituvchi matnni o'qiydi. O'quvchilar bo'lishi mumkin boMmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topadilar.
Hazil-mutoyiba tarzida o'tadigan bu oym nihoyatda ziyraklik, sinchkovlik va kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birga, hikoya tinglash ko'nikmasini shakllantirishga ham yordam beradi. O'yin bir necha marta o'tkazilgach, o'quvchilarga mustaqil ravishda shunday hikoyachalar tuzish topshirig'i berilishi mumkin.
Masalan: Dushanba dam olish kuni bo'lgani uchun Olim maktabga bormadi. U singlisi Vazira bilan hayvonot bog'iga bordi. Ular hayvonot bog'ida suvda suzib yurgan sherni, qafasda sayrayotgan baliqlarni va kattakon vahshiy bulbulni ko'rdilar.
nDavom ettir"
Bu o'yinda o'qituvchi biror mavzuni tanlab hikoya ayta boshlaydi. O'quvchilar uni mustaqil ravishda davom ettiradilar. Bunda o'quvchilarning ijodkoriik, mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanib, bayon yoki insho kabi ijodiy yozma ish yozish ko'nikmasi rivojlanadi va so'z boyligi ortadi. Bundan tashqari, ularda o'ziga bo'lgan ishonch hissi shakllanib boradi. "Davom ettir" oVinidan °na tili, o^ish darslarida yoki darsdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.
Masalan: JBugun men barvaqt maktabga kelayotganimda... ".

14 Boshlang ich ta'lim 9/2007
Download 24.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling