Davlat test markazi repetitsion test topshiruvchilar uchun test topshiriqlari
Download 340.79 Kb.
|
DTM-5 Blok
BIOLOGIYA
31. Xitoy primulasi gulining ustuncha tuzilishi va tumshuqcha rangini belgilovchi genlar bitta xromosomada birikkan holda irsiylanadi. Gul ustunchasining qisqaligi dominant, uzunligi retsessiv belgi bo‘lib, tumshuqchaning yashil rangi qizil rangi ustidan dominantlik qiladi. Tajribada digeterozigota (dominant genlar faqat tuxum hujayradan o‘tgan) ustunchasi qisqa, tumshuqchasi yashil bo‘lgan o‘simliklar, uzun ustunchali qizil tumshuqchali o‘simlik bilan chatishtirilgan bo‘lsa, olingan naslning necha foizi ustunchasi qisqa, tumshuqchasi qizil bo‘ladi? (nazariy jihatdan krossingover 30 %) A) 15 B) 70 C) 30 D) 45 32. Quyidagi qaysi xususiyat gekkonning qon aylanish sistemasiga xos? A)katta qon aylanish doirasi kislorodga boy o‘pka arteriyasidan boshlanadi B)yuragi ikki kamerali bo‘lib, yurak bo‘lmachasi va qorinchasidan iborat C) katta va kichik qon aylanish doirasi yurak qorinchasidan boshlanadi D)kichik qon aylanish doirasi o‘pka arteriyasidan boshlanib yurakning o‘ng bo‘lmachasida tugaydi 33. Gidrosfera biomassasini tashkil etuvchi bo‘g‘imoyoqlilar tipiga mansub organizmni aniqlang. A) omar B) kasatka C) eshakqurt D) nereida 34. Odamdagi qaysi kasalliklarning irsiylanish qonuniyatlarini sitogenetik metoddan foydalanib o‘rganish mumkin? A)Shereshevskiy-Terner sindromi, tug‘ma karlik B)Klaynfelter sindromi, Daun sindromi C) fenilketonuriya, braxidaktiliya D)gemofiliya, polidaktiliya 35. Quyida berilganlardan qaysilarida madaniy o‘simlikning kelib chiqish markazi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) kakao daraxti − Markaziy Amerika; 2) arpa − Sharqiy Osiyo markazi; 3) ananas − Janubiy Amerika markazi; 4) sholi − Janubiy Osiyo tropik markazi; 5) suli − Janubiy-g‘arbiy Osiyo markazi; 6) karam − Efiopiya markazi. A) 3, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4 36. Quyidagilar orasidan jinsiy dimorfizm kuzatilmaydigan (a) va kuzatiladigan (b) hayvonlarni aniqlang. 1) nereida; 2) mol kanasi; 3) perlovitsa; 4) los; 5) chumchuq; 6) baqachanoq A) a-1, 2, 6; b-3, 4, 5 B) a-1, 3, 6; b-2, 4, 5 C) a-2, 3, 6; b-1, 4, 5 D) a-2, 4, 5; b-1, 3, 6 37. Rangni normal ajratadigan ota-onaning o‘g‘il farzandi daltonik bo‘lsa, shu oila uchun mos keladigan to‘g‘ri fikrni aniqlang. A)Ushbu oilada barcha qizlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. B)Oilada barcha o‘g‘il farzandlarning 25%i sog‘lom tug‘iladi. C)O‘g‘il daltonizmni yuzaga chiqaradigan genni otadan olgan. D)Ushbu oilada XdY genotipga ega farzandlar 25%ni tashkil etadi. 38. Quyidagilardan jabraga ega bo‘lmagan va qon aylanish sistemasi ochiq bo‘lgan organizmlarni aniqlang. 1) falanga; 2) zaxkash; 3) dreysena; 4) kana; 5) zog‘ora baliq; 6) langust A) 2, 3 B) 1, 4 C) 4, 5 D) 4, 6 39. Sayg‘oq (1), krevetka (2) va to‘ng‘iz (3) uchun tegishli ma’lumotlarni aniqlang. A)1 - ko‘krak qafasi diafragma parda orqali qorin bo‘shlig‘idan ajralgan; 2 - bir juftdan uzun va kalta mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari hisoblanadi; 3 - toq tuyoqlilar turkumi vakili B)1 - bosh miya yarimsharining po‘stlog‘ida ilonizi burmalari rivojlangan; 2 - ayirish sistemasi bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat; 3 - o‘ng bo‘lmachasidagi qonda kislorodning konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan yuqori C)1 - chap bo‘lmachasidagi qonda kislorodning konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan yuqori; 2 - qon aylanish sistemasi ochiq, ko‘zlari murakkab; 3 - qoziq tishlari kuchli rivojlangan, oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan D)1 - tanasi yung bilan qoplangan, quloq suprasi, sut va ter bezlari rivojlangan; 2 -erkagining qorin bo‘limi boshko‘kragiga nisbatan kengroq bo‘ladi; 3 - oshqozoni to‘rt bo‘lmali, o‘simlikxo‘r hayvon 40. Qaysi javobda urug‘kurtakka ega o‘simliklar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) Turkiston ismalog‘i; 2) dala qirqbo‘g‘imi; 3) Zarafshon archasi; 4) Sharq sauri; 5) zuhrasoch; 6) sershox qirqbo‘g‘im A) 2, 6 B) 1, 4 C) 3, 5 D) 2, 3 41. Odamda aorta devorining elastikligi tufayli qon tomirining kengayishi va torayishi ta’sirida tomir devorida paydo bo‘lgan tebranishning arteriyalar bo‘ylab tarqalishi qanday ataladi? A) yurak sikli B) yurakning sistolik hajmi C) yurak avtomatiyasi D) puls 42. Organizmning muhitga yaxshi moslashgan o‘rtacha ko‘rsatkichli formalari saqlanib, normadan o‘zgargan formalari nobud bo‘lishi tabiiy tanlanishning qaysi turi hisoblanadi? A) harakatlantiruvchi B) dizruptiv C) ongsiz D) stabillashtiruvchi 43. Qaysi javobda hayvon zotlarining yovvoyi ajdodlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) “Orlov yo‘rg‘asi”; 2) “Kornuel”; 3) “Romanov”; 4) “Qorabayir”; 5) “Nyugempshir”; 6) “Merinos”; 7) “Axaltaka”; 8) “Hisor”; 9) “Lekgorn”; 10) “Turman”. a) bankiv tovuq; b) tarpan; c) muflon; d) ko‘k qoya kaptar A)2, 5, 9 − d; 1, 4, 7 − b; 3, 6, 8 − c B)1, 4, 7 − b; 2, 5, 9 − a; 3, 6, 8 − c C)1, 4, 8 − b; 2, 5, 10 − a; 3, 6,7−c D)4, 6, 8 − c; 1, 3, 7 − b; 2, 5, 9 − a 44. Qanday jarayonlar natijasida quyidagi reaksiya amalga oshadi? ADF + H3PO4 + energiya → ATF + H2O A)bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi hosil bo‘lishi B) oqsil biosintezi C)endositoz, ektositoz jarayonlari D)membrana orqali moddalarning aktiv transporti 45. Quyida berilganlardan Qorabayir va Qozog‘iston oqboshi zotlari uchun umumiy bo‘lgan ma’lumotlarni belgilang. 1) nafas olishda o‘pka bilan birga havo xaltachalari ham ishtirok etadi; 2) bosh miya yarimsharlarining po‘stlog‘ida burmalar rivojlanmagan; 3) konsument organizm; 4) bosh skeletlilar kenja tipiga mansub; 5) embrioni ona organizmidan tashqarida rivojlanadi; 6) o‘pka venasida arterial qon oqadi A) 1, 2, 5 B) 3, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6 46. Avtotrof organizmlarni aniqlang. A)kuropatka, kalmar, karnaygul B)nemalion, nastarin, na’matak C)ossillatoriya, ondatra, omar D)zarpechak, zarang, zog‘cha 47. Batsilla xromosomasi tarkibida mavjud bo‘lgan tuzilmalarni aniqlang. 1) fosfodiefir bog‘; 2) riboza; 3) adenin; 4) lizin; 5) uratsil; 6) sitozin A) 2, 4, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5 D) 1, 3, 6 48. Qaysi xususiyatlar karamdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar gullari uchun xos? A) gullari to‘g‘ri va ayrim jinsli, soyabon to‘pgulda joylashgan B) gullari to‘g‘ri va ikki jinsli, yakka-yakka yoki ro‘vak to‘pgulda joylashgan C)gulqo‘rg‘oni murakkab, gulkosacha va gultojiga ajralgan D)gulqo‘rg‘oni murakkab, gulkosacha va gultojiga ajralgan, changchilari cheksiz 49. Bakteriya virusida uchraydigan tuzilmalarni aniqlang. A)g‘ilof, donador endoplazmatik to‘r B)RNK va DNK, ribosoma C) dum qismidagi iplar, silliq endoplazmatik to‘r D)DNKli boshcha, yoqacha 50. Jadvalning qaysi qatorlarida ichki sekretsiya bezlari, ular ishlab chiqaradigan gormonlar va gormonlarning funksiyalari bir-biriga muvofiq tarzda berilgan?
Download 340.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling