1-boshlovchi: Til – bebaho qudrat. U nafaqat aloqa vositasi, balki go‘zal nutq yaratish san’atidir.
2-boshlovchi: Ommaga qaratilgan har qanday yozma yoki og‘zaki nutq mukammal bo‘lishi uning ta’sirchanligini oshiradi. Ma’lumki, jumla ta’siri, hech shubhasiz, tinish belgilariga ham bog‘liq. Har qanday ohang – nutq libosi. Til esa unig jamoli.
1-boshlovchi: Sahnaga 5-sinf bolalarni taklif qilamiz.
Bolalar boshlariga tinish belgilaridan toj kiyib kelib, “Fikrlar bekati” mushoirasini boshlashadi.
“Vergul”: Shoshmang, meni demang norasida, o‘rnim tengdosh bo‘laklarning orasida…
“Qo‘shtirnoqlar”: Ko‘chirma gap ketolmaydi bizdan qochib, uni doim olamiz keng quchoq ochib…
“Tire”: Dialogda mening eng ko‘p turar joyim, yana ma’no takrorlansa, men bor doim…
“So‘roq-undov”: Xushsurat, xush odobmiz, go‘yoki bir quyosh-obmiz.
Kerak paytlar birlashib, ham savol, ham javobmiz.
“Nuqta”: Fikrlarning bekati – Nuqtadirman,
Har darak gap oxirida to‘xtaydurman.
Gapim tamom, bundan bo‘lak menga ne bor,
O‘ylaymanki, so‘zim qolmas bee’tibor.
1-boshlovchi: Har bir tilning poydevori
Yozuv harflardir azal.
So‘z tuzadi, ular so‘zga
Ma’no berar qalam-ga!
Do'stlaringiz bilan baham: |