Davlat tili haqida
Download 100 Kb.
|
til-millat-kozgusi-baxtiyor.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-o‘quvchi
- 18-o‘quvchi
- 2-boshlovchi
- 20-o‘quvchi
- 21-o‘quvchi
1-boshlovchi: Har bir tilning poydevori
Yozuv harflardir azal. So‘z tuzadi, ular so‘zga Ma’no berar qalam-ga! 2-boshlovchi: Keling, endi tilimiz va yozuvmizga oid qarorlarni eslab olamiz. 14-o‘quvchi: 1989-yil 21-oktabr – “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilindi. 15-o‘quvchi: 1993-yil 2-sentabr – “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Oliy majlisning tegishli qarori qabul qilindi. 16-o‘quvchi: 1995-yil 24-avgust – Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 17-o‘quvchi: 1995-yil 21-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 18-o‘quvchi: 1996-yil 10-sentabr – Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili haqida”gi Qonunni amalga oshirish “Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 1-boshlovchi: Ona tilim, o‘zingdirsan elini opichlab, Shu kunlarga olib kelib, taratgan ziyo. Ona tilim, o‘zingdirsan yillab asrab, O‘zbek elin istiqlolga yo‘llagan ziyo. 2-boshlovchi: Tilimiz to‘g‘risidagi ko‘plab she’rlar bitilgan, qo‘shiqlar kuylangan. Keling, ulardan namunalar eshitamiz. 19-o‘quvchi: Bobolardan bizga meros ezgu til, Avlodlarga xazina-yu bebaho. Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til. Bu dunyoga bag‘ishlaymiz ne daho. 20-o‘quvchi: Yovonlarning cheksizligi, Ham samimiy, ham hovuri, Onajonlar allasidan, Ko‘z yoshidan, oq sutidan, To‘qaylarning tengsizligi, Jilg‘alarning sho‘x hovuri, Yigitlarning yallasidan, Suluvlarning sukutidan, Yo‘g‘irilgan til – ona tilim 21-o‘quvchi: Cho‘ponlarning qamish bayti, Childirmaning darillashi, Go‘r o‘g‘lining alp siymosi, Alpomishning da’vosidan, Tug‘ilgan til – ona tilim 1-boshlovchi: Dunyo ishi sho‘x mavjlanar ona tilimda, Har bir so‘zi yuz ma’noli durdona tilimda Izohli ko‘ngil chog‘i ipak tovlanadir ul. Burro-yu go‘zal, g‘olib-u mardona tilimda. Do‘stlarimning davrasida shahd-u shakardir, Har jilvasi bir gulxan-u gulxona tilimda. Bor unda Navoiy ruhi, unda Bobur bor, Har shevasi bir qasr ila koshona tilimda. Dunyoda bor ilm-u hunar unda jilobaxsh, So‘ngsiz xazina, qomus-u afsona tilimda. Download 100 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling