“dаvlаt tilidа ish yuritish”


Download 2.55 Mb.
bet23/82
Sana04.11.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1746444
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
portal.guldu.uz-Давлат тилида иш юритиш

Hujjatlarni me'yoriy shartlari.
Rekvizitlar tarkibi va ularning blankada joylashuvi Davlat standard orqali belgilab qo‘yilgan. Blankalar ikki xil bo‘ladi: xatlar uchun moljallangan blan­kalar va tashkiliy-rahbarlik hujjatlar uchun moljallangan blankalar. Bir yil davomida 200 dan ortiq bir turdagi hujjatlarni tayyorlashga to‘g‘ri kelsa, blankalar tayyorlanishi mumkin Hujjat blankalarida sarlavxa qismi rekvizitlari markazi (varaq chetlaridan uzoqlashtirilgan) va yonbosh (rekvizitning har bir qatori varaqning chegara chizig‘idan) yoziladi. Davlat tamg‘asi tasviri varaqning o‘rta qismining yuqori chetiga joylashtiriladi. Uning oichami 20 mm.dan oshmasligi kerak. Yuqori turgan tashkilot nomi to‘liq yoki qisqartirilgan holda huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilishicha yoziladi. Tashkilot tamg‘asi shu tashkilot faoliyati xususiyatlariga mos kelishi va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Tashkilot tamg‘asi uning nomi bilan bir qatorda tasvirlanadi. Xatlar uchun mo‘ljallangan blankalarda quyidagi rekvizitlar ko‘rsatiladi: «aloqa bolimi indeksi, pochta va telegraf bo‘yicha manzili, teletayp nomeri, telefon raqami, bankdagi hisob raqami, sana, indeks, javob yozilayotgan hujjatlar uchun sana va indeks» bo‘yicha xat kodi, tashkilot kodi». Umumiy blankalarda quyidagi rekvizitlar ko‘rsatiladi: «sana», «indeks», «tayyorlangan joyi» bo‘yicha tashkilot kodi». Blankalar tayyorlashda bosmoxona shrifti Davlat standarti bo‘yicha tanlanadi.
Hujjat blankasida chegara chiziqlari varaq chetidan quy'dagi o‘lchamlarda bo‘lishi kerak: chap tomondan- 20 mm, yuqoridan - kamida 10 mm, chap va quyi yondan - kamidu 8 mm.
Hujjatfardan poligrafik usulda nusxa ko‘chirilishi mumkinligini nazarda tutgan holda, blanka oq yoki oqish rangli qog‘ozlarga yaxshi ko‘rinuvchi bo‘yoqlar bilan tayyorlanadi. Chegara chiziqni ifodalovchi belgilar shaklida ko‘rsatib qo‘yiladi. Hujjat bir necha tilda tayyorlanadigan bolsa, blanka rekvizitlari ham shu tillarda yozilgan bolishi shart.
Ko‘rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon “maqsadda”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va “YuKLAYMAN”, “TAVSIYa ETAMAN” so‘zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa «TAVSIYa ETAMAN» so‘zi qo‘llaniladi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning far farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.

BUYRUQ

FARMOYISH










Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling