“dаvlаt tilidа ish yuritish”


Download 2.55 Mb.
bet31/82
Sana04.11.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1746444
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82
Bog'liq
portal.guldu.uz-Давлат тилида иш юритиш

Tavsifnoma namunasi
O‘z MU fizika fakultetining 5-kurs talabasi,
1979 yilda tug‘ilgan, o‘zbek Nazar Shukurovga
TAVSIFNOMA
Nazar Shukurov o‘rta maktabni tugatgach, 1995 yilda fizika fakultetining 1-kursiga o‘qishga kirdi. Universitetda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi. Fizika fanlariga alohida qiziqadi. U 1998 yilning aprel oyida talabalarning Xalqaro ilmiy konferensiyasida ma'ruza bilan qatnashdi. Ma'ruzasi konferensiyaning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
N.Shukurov fakultetning jamoat ishlarida faol qatnashadi, fakultetning «Yosh fiziklar» devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi. U kamtarin va to‘g‘ri so‘zligi, mehribonligi tufayli hamkurslari hurmatiga sazovor bo‘lgan. Tavsifnoma Sobir Rahmonov tuman hokimiyatiga taqdim qilish uchun berildi.
Dekan (imzo) O.R.Azizov
Kasaba uyushmasi raisi (imzo) A.Mirzavaliyeva
(Muhr) (sana)
Tavsifiy tavsiyanoma namunasi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi, 1951 yilda tug‘ilgan, o‘zbek, oliy ma'lumotli Salim Karimovga
TAVSIFIY TAVSIYANOMA
Salim Karimov Toshkent davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatib, 1974 yil oktyabr oyidan boshlab O‘zR Fanlari akademiyasining Til va adabiyot institutida laborant, 1980 yildan kichik ilmiy xodim, 1985 yildan hozirgi paytgacha katta ilmiy xodim vazifasida ishlab kelmoqda.
Institutdagi faoliyati davomida o‘zbek tilshunosligining muhum va dolzarb masalalarini mustaqil tadqiq qilishiga layoqatli olim sifatida tanildi.
S.Karimov 1983 yilda «O‘zbek lingvopoetikasining tadrijiy taraqqiyoti» mavzuida fan nomzodligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. U jurnal va to‘plamlarda 24 ta ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar e'lon etdi. Ko‘pgina respublika, respublikalararo va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etdi. U institutning rejali ishlarini bajarishda va jamiyat ishlarida faol ishtirok etadi. Institut yosh olimlari kengashining raisi, kasaba uyushmasi tashkiloti byurosining a'zosi. Jamoa orasida alohida hurmatga ega. S.Karimov muntazam ravishda respublika radiosi, matbuoti orqali o‘zbek filologiyasi erishgan yutuqlarni targ‘ib qilib keladi. Ilmiy va jamoat ishlarida faolligi uchun bir necha marta institut ma'muriyati tomonidan pul mukofotlari va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
S.Karimov doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat'iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi.
U har ishda tashabbuskor, to‘g‘riso‘z, kasbdoshlariga mehribon va g‘amxo‘r. Uylangan, ikkita bolasi bor.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoniy nomidagi Til va adabiyot institutining ma'muriyati, kasaba uyushmasi tashkiloti Salim Karimovni «O‘zbek tili va adabiyoti» mutaxassisligi bo‘yicha AQShda 2 yil muddatga o‘qituvchi sifatida ishlash uchun tavsiya etadi.
Tavsifnoma ilmiy kengashda tasdiqlangan (1999 yil 15 maydagi 10-
bayonnoma).
O‘zR FA Til va adabiyot instituti direktori (imzo) T. Mirzaev
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi rasi (imzo) N. Mahkamov
(muhr, sana)

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling