“dаvlаt tilidа ish yuritish”


Ish yuritish fanining predmeti va vazifalari


Download 2.55 Mb.
bet7/82
Sana04.11.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1746444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Bog'liq
portal.guldu.uz-Давлат тилида иш юритиш

Ish yuritish fanining predmeti va vazifalari



Tashkilot jamoasining rivojlanishida iqtisodiy faoliyat muhim o‘rin tutsa ham, unga ijtimoiy muhit, ma’naviy, mafkuraviy, madaniy, siyosiy sohalar katta ta’sir qiladilar. Shuning uchun ham jamoaning rivojlanishi yuqorida keltirilgan sohalardan ajralgan holda qarash imkoni yo‘q.
Tashkilot jamoasining a’zosi madaniyatli, ma’lumotli, siyosiy, kasbiy yetuk bo‘lsa, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishda tashkilot yuqori yutuqlarga erishadi. Chunki bunday xodim tafakkur qila bilishi va o‘z tafakkurini to‘g‘ri, aniq, chiroyli ifodalay bilishi, tilning grammatik, so‘z va orfoepik me’yorlariga rioya etishi bilan tashkilot samarasiga ijobiy ta’sir etadi.
O‘ylab ko‘raylik, har bir xodim mustaqil ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyatini boshlar ekan, turli-tuman hujjatlar yozishiga to‘g‘ri keladi.
Ish yoki faoliyat qog‘ozlarini yoza bilish-olingan bilimlarni amaliy hayotga bevosita qo‘llash demakdir.
Ish hujjatlarisiz na biror tashkilot, na biror korxona (muassasa) faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Ish yuritish - kishilarning uzoq ish va mehnat munosabatlari jarayonida tarkib topgan muayyan shakl va izchilikda tuzilgan yoki yozilgan hujjatlardir.
Tashkilotlardagi ish yuritishni ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyatiga muvofiq tashkil etish tashkilot iqtisodiyotini boshqarish sohasida muhim o‘rin tutadi va o‘ta katta ahamiyatga egadir. Yirik hujjatshunos A.S.Golovach shunday ta’kidlaydi: “Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining ko‘pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo‘shligidir, ular tashkilot, korxona va muassasalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘riqlari, usullari va yo‘llari majmuini etarli darajada bilmaydilar6 “Ba’zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo‘linmaydi, unga shunchaki bir qog‘ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifatida qaraladi. Bu albatta, nomaqbul munosabatdir. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday tashkilotdagi ish yuritishning asosi ekanligini bugungi kunda isbotlab o‘tirishning mutlaqo hojati yo‘q.
Ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur, bu tildir. Yuqorida bir qadar ixcham shaklda sanab o‘tilgan tadbirlar, tasdiqlangan hujjatlarning Davlat yagona nusxalarining barchasi, tabiiyki, rus tilidagi hujjatlar uchun taalluqlidir. O‘zbek tilidagi hujjatchilik yuzasidan bunday ishlar mutlaqo amalga oshirilmagan. To‘g‘ri, rus hujjatshunosligidagi juda ko‘plab tartibotlarni o‘zbek tilidagi hujjatlarga ham tatbiq etish mumkin, lekin barchasini emas. Albatta, bunda til qonun-qoidalariga rioya qilish kerak. Masalan, o‘zbek tilida bitilgan hujjatlarda sana raqam qilinar ekan, ya’ni, “12 oktyabr 1998 yil” tarzida yozish rus tilidan ko‘chirish oqibatida odat bo‘lib qolgan. Rus tilida “12 oktyabr 1998 goda” tarzda yoziladi va rus tilining tabiati va qonuniyatlariga to‘la muvofiq keladi. Ayni iboraning o‘zbek tilidagi ma’nosi ham aslida “1998 yilning 12 oktyabri” demakdir. Bu oddiy misol. So‘z qo‘llash bilan bog‘liq juda ko‘p muammolar borki, ularni faqat ayni til tabiatidan kelib chiqib hal qilmoq lozim. Aksincha yo‘l tutish, biron-bir darajada bo‘lsin, o‘zini oqlay olmaydi. Yangicha ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va boshqaruv sir-asrorlarni tahlil qilishda hujjatlardagi axborotlar, ilmiy-texnika axboroti, kibernetika (turli mexanika, elektr, fiziologik va boshqa jarayonlarni avtomatik ravishda boshqarish va nazorat qilishning matematik usullariga asoslangan umumiy nazariyasi), EHM kabilar katta ahamiyatga ega. Agar tashkilot ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan aloqa buzilsa, tashkilotning faoliyat qurishi havf ostida qoladi. Shu bois hujjatlardagi axborotlar mazmunli, tartibli, sifatli va to‘liq bo‘lgandagina tashkilot o‘z faoliyatini bekami-ko‘st boshqara oladi. Chunki axborotlar muvofiq tarzda qayta tashkil qilinsa va ishlov berilsa, kommunikativ aloqalar paydo bo‘lsa, tashkilot faoliyatini samarali tashkil etish ta’minlanadi.

Munshaot

O‘rxun-Enasoy, so‘g‘d,eski uyg‘ur, arab yozuvlarida bitilgan yozma manbalar.


Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling