“dаvlаt tilidа ish yuritish”


Download 2.55 Mb.
bet3/82
Sana04.11.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1746444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
portal.guldu.uz-Давлат тилида иш юритиш

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


«Tasdiqlandi»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_________ F.Sharipov
2018-y.«___» avgust



DAVLAT TILIDA ISH YURITISH

FANIDAN
ISHCHI O‘QUV DASTURI
(2-kurs, 3- semestr uchun)

Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar


Ta’lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 –Filologiya va tillarni o’qitish(o’zbek tili)
Umumiy soat - 108 soat
Shu jumladan:
Ma’ruza - 26 soat
Amaliy - 46 soat
Mustaqil ta’lim - 36 soat

GULISTON – 2018
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 201__-yil “___”________dagi ___ - sonli buyrug‘i bilan (buyruqning ___ -ilovasi) tasdiqlangan. “Davlat tilida ish yuritish” fani dasturi asosida tayyorlangan.



Tuzuvchi:


I.Pardayeva – filologiya fanlari nomzodi, dotsent













Taqrizchilar:

F. Sharipov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent






M. Sariboeva – pedagogika fanlari nomzodi



  1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Ish yuritishni hujjatlar tashkil etadi. Biron-bir tashkilot, muassasa yoki korxona faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazmunan va shaklan turli-tuman bo‘lgan hujjatlar jamiyatning uzluksiz faoliyatini tartibga solib kelgan. Bugungi kunda ham davlat va nodavlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish mamlakatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan asosiy omillardan hisoblanadi. Ushbu fan talabalarga zamon talablariga mos ravishda davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish, bo‘lg‘usi fan o‘qituvchisini kasbiy faoliyatiga doir ish hujjatlari bo‘yicha bilimlar bilan qurollantiradi.
“Davlat tilida ish yuritish” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-kurs 3-semestrida o‘qitiladi. Mazkur fan tilshunoslik turkumidagi fanlardan biri bo‘lib, nutq madaniyati, uslubshunoslik fanlari bilan bog‘liqdir. “Davlat tilida ish yuritish” fani tilshunoslikning amaliy asosini tashkil etib, o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • hujjatchilikning shakllanishi, tarixiy ildizlari, hujjatchilik taraqqiyotini belgilovchi omillar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • hujjat turlari, ularni to‘g‘ri yozish, yozilish qolipini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, matn mazmuni va qurilishini to‘g‘ri shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.





  1. Download 2.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling