“dаvlаt tilidа ish yuritish”
Download 2.55 Mb.
|
portal.guldu.uz-Давлат тилида иш юритиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOPSHIRIQ № 4 Taxallus
- TOPSHIRIQ № 5 Til haqida
TOPSHIRIQ № 3
Ayol mo‘jizasi Tabiatda bitta mukkammal mo‘jiza bor, u - Ayoldir! Erkak g‘ayrati va ilmi bilan dunyo quradi, ayol latofati va hilmi bilan. Erkak hamisha bezovta, borini sarflab dunyo kezgani kezgan, ayol - osuda, mehrini sarflab uyini bezagani bezagan . Erkak uchun dunyo -uy, ayol uchun uy - dunyo. Erkakning qismati - sabr. Chunki erkak jabr tortib taxt topadi, ayol sabr qilib - baxt…. Ayollar qismatiga qarab yurtning qismatini aytib bersa bo‘ladi. Hamd va hadyaga ziqna kishi ayolga do‘st bo‘la olmaydi. Ayollardan faylasuf chiqqan emas. Chunki ular donolik qilishdan donolar tug‘ishni afzal ko‘radilar. TOPSHIRIQ № 4 Taxallus “Taxallus” arabcha so‘z bo‘lib, u ikki ma’noni - xalos bo‘lish, hamda o‘z nomidan boshqa bir nomni qabul qilish ma’nolarini anglatadi. Taxallusni yozuvchi va shoirlar , rassom va artistlar , olim va jurnalistlar, davlat hamda jamoat arboblari ikkinchi nom sifatida qabul qiladilar. Masalan, o‘zbek xalqning buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o‘zbek tilida yozgan asarlarida “Navoiy”, fors-tojik tilida yozgan asarlarida esa “Foniy” taxalluslarni qo‘llagan. Taxallus tanlaganda quyidagi shartlarga rioya qilingan. Eng avallo uning mehnati evaziga berilgan unvonni taxallus sifatida qo‘llash. XI asrda yashab ijod etgan shoir Yusuf o‘zining “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”) asarini qoraxoniylar sulolasining hukmdori Bug‘roxonga taqdim etganda, hukumdor bu asarni ma‘qullab, xizmati evaziga shoirga “Xos Hojib” (eshik og‘asi) unvonini bergan. Mana shundan so‘ng shoir Xos Hojib unvonini o‘ziga taxallus qilib oladi. TOPSHIRIQ № 5 Til haqida Til o‘ta murakkab ilohiy bir hodisa bo‘lib, uning turli jihatlari bor. Tilning moddiy jihati tovushdir, yozuvda - harf. Lekin harf tovushga nisbatan ikkilamchi hodisadir. Tabiiy tillarning hammasi tovushdan iborat bo‘lib, harf tovushning zamon va masofasini kengaytirish uchun paydo bo‘lgan belgidir. Tovush tabiatan havo to‘lqinlaridan iborat bo‘lgani uchun u jonsiz tabiiy hodisalarga o‘xshaydi. Ammo til tovushi og‘izdan chiqib quloqqa eshitiladi. Mana shu aytilish va eshitilish jihatdan u har bir shaxsning o‘zigagina xos hodisadir. Ammo til yakka shaxsga xos tug‘ma hodisalarga kirmaydi. Chunki tilning mavjud bo‘lishi uchun jamiyat bo‘lishi shart. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling