Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Ma 'lumot-axborot hujjatlari
G‘aznani (kassani) taftish qilish paytida tuziladi gan dalolatnomalar ham moliyaviy-xo‘jalik faoli- yatini tekshirishdagi dalolatnomalarga yaqin turadi. G‘azna ishlarini yuritish nizotnida muassasalarga qarashli g‘aznada saqlanayotganpul mablag‘larini va boshqa qimmatli buyumlaming saqlanish ahvolini nazorat qilish uchun rejali (har oyda) va tobsatdan taftish qilish ko‘zda tutilgan. G'aznada taftish o‘tkazish uchun muassasa rahbarining buyrug‘i bilan korxona xodimlaridan komissiya tuziladi. Komissiya ishida korxona hisobchisi va g‘aznachining ishtirok etishi shart. G‘aznani taftish qilishda undagi bor naqd pul birma-bir sanab chiqiladi, saqlanayotgan moddiy va boshqa boyliklar uchun pattalar, qimmatli qog‘ozlar va qat’iy hisobda turuvchi bosma ish qog‘ozlari, shuningdek, g‘azna daftarini yuritish va pulni saqlash tartibi tekshiriladi. Taftish natijalari dalolatnomada rasmiylashtiriladi, g‘az- nadagi naqd buyumlar (pul va boshqalar) hisobga olish ma’lumotlari bilan taqqoslangach, pul mablagiarining or- tiqchaligi yoki kamomadi aniqlanadi. Dalolatnoma glaznada taftish o‘tkazilgan kunning o‘zida rasmiylashtirilmog‘i kerak. Komissiya aniqlangan kamomad yoki ortiqchalik sabablari haqida g‘aznachidan yozma tushuntirish xati talab qilishi lozim. Bu yerda ham umumiy xo‘jalik dalolatnomalarida boia- digan zaruriy qismlar bor. Faqat asosiy matn biroz boshqa- charoq, ya’ni unda pul qoldiqlari, ortiqcha naqd pul yoki pul yetishmasligi kabi maTumotlar batafsil, raqami ar bilan bayon etiladi. G‘aznachining tushuntirish xati ilova qilinadi. Taftish dalolatnomasi ikki nusxadan kam tuzilmasligi kerak, moddiy javobgar shaxs hisoblangan g‘aznachiga ham bir nusxasi beriladi. Dalolatnoma tuzilgach, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Taftish natijalari keyinchalik hisob bo‘limining hisob-kitob amallarida o‘z aksini topadi: ortiq- 256
cha pullar daromad hisobiga kiritiladi, kamomad esa moddiy javobgar shaxs (g‘aznachi) ish haqidan ushlab qolinadi. Yuqorida dalolatnoma zaruriy qismlarining turli cha o‘rin- lashuvi haqida aytgan cdik. Rus tilida bu hujjatning matn sar- lavhasi, har qanday shaklda bo‘Isa ham, «akt» (dalolatnoma) so‘zidan keyin keladi. 0‘zbck tilida esa, ona tilimizning qonu- niyatlariga ko‘ra, matn sarlavhasi hujjat nomidan avval ham yozilishi va u bilan bir butun likni tashkil etishi mumkin. Bun- da dalolatnoma tuzilgan sana (chapda) va joy nomi (o‘ngda) bo‘ylama holda joylashtiriladi (4-ilovaga qarang). G*aznani taftish etish dalolatnomasi namunasi 4-ilova Tasdiqlayman 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori (imzo) (I. F.) 2018-yil 14-dekabr Sharqshunoslik instituti g‘aznasida o‘tkazilgan taftish DALOLATNOMASI yil 13-dekabr Toshkent shahri Raisi - institut bosh hisobchisining o‘rinbosari Erkinoy Rahimovna Olimova, a’zolari - rejalash bo‘limining iqtisodchi- si Naima ikromovna Karimova va hisobchi Oysha Nu’monovna PoMatovalardan iborat jihozlami yo‘qlama qilish komissiyasi institut direktorining 2018-yil 10-dekabrdagi 19-raqamli buyrug‘iga muvofiq institut g‘aznasida 2018-yil 13-dckabrdagi holat asosida taftish o‘tkazdi. Taftish institut kassiri Narimon Ubaydullayev ishtirokida o‘tkazildi. Taftish o‘tkazish natijasida: g‘aznadagi naqd pul qoldig‘i 13 ming so‘m ekanligi; 257
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling