Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Dalolatnoma
mida aniqlangan holatlar yuzasidan xulosalar va takliflar qilinadi. Dalolatnoma matni so‘ngida uning necha nusxaligi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma, odatda, uch nusxada tuzilib, birinchisi - yuqori idoraga, ikkinchisi - muassasa rahbari- ga jo‘natiladi, uchinchisi esa hujjatlar yig‘majildiga solib qo^yish uchun topshiriladi. Shuni ham aytish kerakki, dalolatnoma nusxalarining miqdori manfaatdor tomonlaming soni yoki ushbu hujjatni tuzishni ma’lum tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar ko‘rsatmasiga bog‘liqdir. Dalolatnoma- ning necha nusxaligi haqidagi ma’lumot asosiy matn bilan ilovalar (agar bor bo‘lsa) yoki imzolar oralig‘ida joy- lashtiriladi. Dalolatnomaga ilovalar bo‘lgan taqdirda, ular dalolatnoma nusxalari haqidagi ma’lumotdan so‘ng, im- zolardan avval joylashtiriladi. Dalolatnoma sodir boigan voqca-hodisalami aniqlash- da va mavjud holatlarni tasdiqlashda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. Bunda hujjat tuzuvchilar yoki tuzishda ishtirok etganlarning lavozimlari qay- ta ko‘rsatilmaydi. Dalolatnomaga avval komissiya raisi, keyin a’zolari, eng oxirida uni tuzishda ishtirok etganlar imzo qocyadi. Komissiya a’zolarining familiyalari ham, ishtirokchilaming familiyalari ham alifbo tartibida kel- tiriladi. Imzolar tik yoki bo‘ylama tartib bilan qo‘yi!adi. Tuzuvchilardan birortasi dalolatnoma mazmuniga yoki uning biror bandiga qo‘shilmagan chog‘da, bu haqda imzo- lardan so‘ng eslatib o4iladi. Agar bildirilgan e'tiroz hajmi ko‘p bo‘lmasa, dalolatnomaning o4zida, imzolardan keyin yozib qo‘yiladi. Aks holda, komissiya a’zosi o‘z e’tiro- zini alohida varaqqa yozib beradi va u dalolatnomaga ilova qilinadi. Dalolatnoma oddiy bichimdagi varaqda yoki umumiy bosma ish qog‘ozida rasmiylashtirilishi mumkin. U oddiy varaqda tuzilganda, to‘rtburchak muhmi qo‘llash maqsadga 251
muvofiqdir, chunki bir qancha doimiy zaruriy qismlar ana shu muhrda aks etishi mumkin. Dalolatnoma tuzilgandan keyin komissiya voqealarga alo- qador va nomi ko‘rsatilgan shaxslami hujjatning mazmuni bilan tanishtirishi va bu haqda ulardan tasdiq yoki guvohlik imzosini olishi kerak. Yuqori da aytganimizdek, dalolatnomalar turli xil voqea va holatlar munosabati bilan tuziladi, binobarin, ularning xillari, mazmuni va shakliy tuzilishi ham bir-biridan o‘zaro farqlana- di. Quyida ulardan ba’zilarini ко‘rib o‘tamiz. Rahbarlar, moddiy jihatdan mas’ul xodimlarning almashinuvi vaqtida tuziladigan ishni topshirish-qabul qilish dalolatnomalarida muassasa faoliyati ahvolini aniq ko‘rsa- tuvchi quyidagi asosiy ma’lumotlar qamrab olinishi kerak: rahbarlar almashuvida - rejadagi ishlarning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha bajarilishi, moliyaviy va boshqa sifat ko‘rsatkichlari (daromad, samaradorlik, sarf-xa- rajat miqdori va b.), shartnomalarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar, kadrlar bilan to4dirish, mehnatga haq to‘lash fondidan foydalanish, hisob boMimidagi ishlar ahvoli, ish yuritish va arxivning ahvoli va boshqalar. Bosh yoki katta hisobchi almashuvida - asosan, hisob bo‘limi faoliyati atrof- licha qamrab olinadi; kadrlar bo‘limi boshlig‘i almashuvida esa, asosan, xodimlar ish faoliyati bilan bog‘liq va kadrlar bo‘limida saqlanuvchi barcha hujjatlarning umumiy ahvoli o‘rganiladi. Ishni topshirish-qabul qilish dalolatnoma!arming zaruriy qismlari yuqorida ko‘rsatilganidan deyarli farq qilmaydi. Uning «Imzolar» qismida komissiya a’zolari, ishtirokchilar bilan birga ishni topshiruvchining hamda qabul qiluvchining imzolari ham bo‘ladi. Kadrlar bo‘yicha noziming ishni topshirishi haqida tuziladigan dalolatnoma namunasini keltiramiz: 252
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling