Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Ishonchnoma
Shaxsiy ishonehnomalarda ham ularning amal qilish muddati ko'rsatiladi. Muddat bevosita («...gacha amal qiladi» deb) yoki bilvosita («... yilning у anvar oyi maoshini olish uchun...» deb) ko‘rsatiladi. Nafaqa olish uchun berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati, odatda, uch oygacha bo‘ladi. Agar ishonchnoma beruvchi va berilgan shaxslaming har ikkalasi bir muassasada ishlasa (o‘qisa), pul yoki qimmatdor buyumlami ishonchnoma bilan olishda ishonch bildirilgan kishining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, guvohnoma) ko‘rsatilishi shart emas. Boshqa barcha holatlarda ishonchnoma ko‘rsatuvchi o‘z pasporti yoki uning o‘mini bosuvchi hujjatni ham ko‘rsatishi shart. Tasdiqlanishiga ko‘ra shaxsiy ishonchnomalar oddiy va notarial turlarga bo‘linadi. Odatda, ish haqi, nafaqa, stipendiya, pochta jo'natmalarini olish uchun yozilgan oddiy ishonchnomalar uni yozgan shaxs ishlovchi yoki ta’lim oluvchi muassasa, o‘quv yurti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Notarial ishonchnomalar notarial idoralar, ular boimagan joylarda shaharchalar, qishloqlar va ovul- lar fuqarolar yig‘inlarining raislari, oqsoqollari tomonidan tasdiqlanadigan ishonchnomalardir. Bularga notarial idoralar rasmiylashtiradigan xilma-xil shartnomalami (masalan, tu- rarjoyni hadya qilish, sotish, merosni o‘tkazib berish, mulkni boshqarish, yengil avtomobildan foydalanish, mcrosga haqdorlik huquqi haqidagi guvohnoma olish kabilar) amalga oshirish uchun yozilgan ishonchnomalar kiradi. Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial rasmiy lashtiri lay otgan hujjatlarga О‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi aks ettirilgan, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig£inlarining nomlari qayd etilgan muhr qo‘yiladi. Notarial ishonchnomalarning oddiy lari dan yana bir farqi shundaki, ularda hujjat nomidan keyin uning tuzilgan joyi va sanasi ko‘rsatiladi. 273
Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnoma namunasi: /-ilova ISHONCHNOMA Fermer xo‘jaligining to‘rtburchak muhri (xo‘- jalikning to‘liq nomi, ishonchnoma raqami va vaqti aks etadi) 2018-yil 3-dekabr Olmazor fermer xo‘jaligi bosh iqti- sodchi Ahmad Salimovich Rahimovga Bekobod qurilish jihozlari korxonasi bilan 2018-yilning 2- va 3-choragida fermer xo‘jaligiga 60 mingta qurilish- bop g‘isht va 100 tonna ohak yetkazib berish to^risida shartnoma tuzish hamda mazkur topshiriq bilan bog‘liq barcha ishlami bajarishga vakolat beradi. Ishonchnoma 2019-yilning 16-dekabrigacha amal qiladi. Fermer xo‘jaligi rahbari (imzo) Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling