Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Ishonchnoma
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar nomidan ishonchnomalar ularning ota-onalari, bolalikka oluv- chilari yoki homiylari roziligi bilan tuzilgan taqdirdagina tas- diqlanishi mumkin (Fuqarolik kodeksi, 27-modda). Mansabdor shaxs bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxsga beriladigan ishonchnomalami tasdiqlaydi. Bir necha shaxslar nomidan berilgan ishonchnoma, agar unda ko‘rsatilgan harakatlar vakolat beruvchi shaxslardan har birining emas, balki hammasining bir turdagi manfaatlari- ga taalluqli bo‘lgandagina tasdiqlanadi (masalan, bir necha vorislaming nomidan ularning meros ishlarini yuritish uchun ishonchnoma berilishi). Vakolat beruvchi o‘zi bcrgan ishonchnomani bekor qilish huquqiga ega. Bu holda vakolat beruvchi shaxs ishonchnoma qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonaga taqdim etish uchun berilgan bo‘Isa, shu muassasa, tashkilot yoki korxonaga, ber- gan vakolatlari bekor qilinganini bildirib, yozma ravishda ariza yuboradi. Notarial tasdiqdan o‘tadigan ishonchnoma ikki nusxada tasdiqlanadi. Ishonchnoma matnida, yuqori da aytilganidek, uning tuzilish joyi va vaqti, vakolat beruvchi va vakolat oluv- chining ismi, otaismi va familiyasi va yashash joylari toMiq hamda aniq ko‘rsatiladi. Vakolat oluvchining yashash joyi vakolat beruvchining so‘zlariga asosan ko‘rsatilishi mumkin. Avtotransport vositalaridan foydalanish huquqini beruvchi ishonchnomalarda vakolat oluvchining yashash joyi uning hujjatlari asosida ko‘rsatiladi. Ishonchnomada vakolat oluvchiga berilgan vakolatlar aniq ko‘rsatilishi kerak. Ishonchnoma uni berayotgan shaxs tomonidan imzolanganidan keyingina mansabdor shaxs tomo- nidan tasdiqlanadi. U tuzilib tasdiqlangach, vakolat beruvchi shaxs qo‘liga beriladi yoki uning iltimosiga ko‘ra va uning hisobidan vakolat oluvchi shaxsga yuboriladi. 281
Notarial tasdiqdan o'tadigan ishonchnomalar ham turlicha mazmunda bo‘ladi. Masalan, mulkni umumiy boshqarish, uy- joyni sotish uchun, oylik ish haqini yoki nafaqani olish, voris- Jik huquqi guvohnomasini olish, avtotransport vositasidan foydalanish va uni sotish, uy-joyni (kvartirani) solish yoki sotib olish, jamg‘armadan pulni olish uchun ishonchnomalar beriladi. E’tiboringizni ana shunday ishonchnoma namunala- riga qaratamiz. Mulkni boshqarish bo*yicha ishonchnoma namunasi 11-ilova ISHONCHNOMA Toshkent shahri, ikki ming o‘n sakkizinchi yil sentyabr oyining sakkizinchi kuni Men, Toshkent shahri Shirin ko'chasidagi 10-uyda yashovchi Naima Sodiqovna Po‘latova, ushbu ishonchnoma bilan Marglilon shahri Navoiy ko‘chasidagi 56-uyda yashovchi Botir Valiyevich Mamatovga mening barcha mol-mulkimni, uning nimadan iborat ekanligi va qayerda joylashganligidan qat’i nazar, boshqarishga va tasarruf etishga vakolat beraman. U shu vakolatni bajarish yuzasidan qonun bilan taqiqlanmagan barcha bitimlami tuzish, jumladan, sotib olish, sotish, hadya etish, hadya sifatida qabul qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish, uy-joy- lar va boshqa imilklami garovga olish, tuzilgan bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblami amalga oshirish, merosni qabul qilish yoki undan voz kechish, barcha shaxslar, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, shu jumladan, 0‘zbckiston Respublikasi Markaziy banki bo'Hn- malaridan, boshqa banklar, aloqa bo‘limlari va telegraf!ardan, barcha asoslar bo‘yicha, menga tegishli mulklami, (omonat) pullami, qimmatdor qog‘ozlar va hujjatlarni qabul qilish, mening bankdagi hisobraqamimdan foydalanish, pochta, telegraf va boshqa barcha turdagi xat-лabarlami olish, davlat muassasaJari va nodavlat tash- kilotlarida mening nomimdan menga taalluqli ishlami olib borish, 282
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling