Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
- Bu sahifa navigatsiya:
- ICHKI MEHNAT TARTIBOTI QOIDALARI
- Tasdiqlayman
- Та sdiq layman
Xizmat safari guvohnomasi. Xodim zimmasiga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat bera- di. Uning zaruriy qismlari:
Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnomasi). Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va ota- ismi. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi. Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari) va tashkilotlar nomlari. Xizmat safari muddati (necha kunligi ko‘rsatiladi, dam olish kunlari, borish va kelish kunlari ham shu muddatga kiri- tiladi). Xizmat safariga asos boigan buyruq yoki famioyish- ning tartib raqami, sanasi. Guvohnomaning orqa tomonida: xizmat safarida bo‘lgan joylar (shahar va muassasa nomlari) va u yerdan jo‘nab ketil- gan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi). 55
56
Xizmat safari guvohnomasi muassasa rahbari buyrug'idan so'ng xodim qo‘liga beriladi. Xizmat safariga jo‘nab ketish oldidan va qaytib kelgandan so‘ng o£sha sanalami ko‘rsatib, muassasa mansabdor shaxsi guvohnomaning tegishli joyiga imzo ehekadi va muhr bosadi. Umuman, xizmat safari gu- vohnomasini rasmiylashtirishda muhrlar va imzolar bo‘lishi- ga alohida ahamiyat berish kerak, aks holda, xizmat safari bilan bog‘tiq sarflar bo‘yicha hisob-kitob qilishda guvohnoma hujjat vazifasini о Чау olmaydi. Xizmat safari guvohnomasi maxsus blankaga rasmiy- lashtiriladi (3-ilovaga qarang). Shaxsga muayyan malaka berilganligi haqidagi guvohnoma va shu turdagi boshqa guvohnomalarda uning muddati 57
ko'rsatilmaydi, malaka komissiyasi raisi va a’zolari imzosi bo‘ladi. Biror shaxsga muayyan imtiyoz berilganligi haqidagi guvohnoma matnida tegishli qonun yoki hukumat qaroriga havola yozilishi kerak. ICHKI MEHNAT TARTIBOTI QOIDALARI Ushbu hujjatda muassasa yoki korxona ishini tashkil etish, xodimlar bilan ma’muriyat o‘rtasidagi o‘zaro majburiyatlar, ta’tillar berish, xodimlami xizmat safarlariga yuborish tartib- lari, ichki tartib va boshqa masalalar aks etadi. Ichki mehnat tartiboti qoidalari tashkilot mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishida muhokama ctilib tasdiqlangandan so‘ng tashkilot blankasiga ko4chirtiriladi; yuriskonsult imzolagani- dan so‘ng tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat shakli 1-ilovada beriladi. YO‘RTQNOMA Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tushuntirish maq- sadida chiqariladigan huquqiy hujjat. Muassasa, korxona, tashkilot, yuridik shaxslar va boshqalar (ulaming bo‘linma- lari, xizmatlari)1, mansabdor shaxs va fuqarolaming tashkiliy, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va boshqa faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o‘matish maqsadida davlat yoki jamoa boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi (yoki ulaming rah- barlari tasdiqlaydi). Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari: Eng yuqorida tasdiqlash ustxati. Hujjatning sarlavhasi, nomi (Yo‘riqnoma). 1 Bundan buyon bular tashkilot yoki muassasa yoxud korxona deb olinadi.
Matn (kirish qismi, bo‘limlari, kichik bo‘limlari va h.k.). Yo*riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, otaismi va fa- miliyasi, uning imzosi. Yo‘riqnoma tuzilgan vaqt (sanasi) va tartib raqami, shartli raqami (indeksi). Ichki mehnat tartiboti qoidalar shakli -ilova Tashkilot Tasdiqlayman nomi Tashkilot rahbari Imzo Imzo yoyilmasi 2019-yil 10-yanvar 2019-yil 10-yanvar, 8-son Toshkent shahri ICHKJ MEHNAT TARTIBOTI QOIDASI MATN TUZILMASI Umumiy qoida Ishga qabul qilish. boshqa ishga o4kazish, ishdan bo‘shatish tartiboti Xodimlaming asosiy majburiyatlari Ma’muriyatning asosiy majburiyatlari Tsh vaqti va undan foydalanish Ishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish Mehnat intizomini buzganligi uchun jazolar Ichki tartib lshni tashkil etish Rozilik belgisi KELISHILDI Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishi bayonnomasi yil 10-yanvar 8-son 59
Zaruriy qismning 1-raqamida tasdiqlovchi so‘z («Tas- diqlayman»), boshqaruv organi rahbari lavozimi ko‘rsatilgan yozuv, uning imzosi, sanasi bo‘ladi: Tasdiqlayman 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti (imzo) yil 15-may Yoki tasdiqlovchi buyruq yoxud yig‘ilish qarorining qaydi (tartib raqami, sanasi) keltiriladi: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’atining yil 15-maydagi - raqamli qarori bilan tasdiqlangan. Sarlavha bilan hujjat nomi qo'shilgan holda keladi. Lekin hujjat nomi («Yo‘riqnoma» so‘zi), odatda, sarlavhadan keyin xatboshidan katta harf bilan yoziladi. Sarlavha yo‘riqnoma ta- lablari qaratilgan masala, mavzu yoki shaxslami aniq chega- ralab ifodalashi kerak. Masalan: Ish yuritishni joriy qilish haqida YCVRIQNOMA Yo‘riqnoma matni bo'limlardan tarkib topadi, bo'limlar modda va bandlarga bo‘linishi mumkin. Yo4riqnoma, odatda, «Umumiy qoida» deb ataladigan kirish qismidan boshlanadi. Unda yo‘riqnomaning maqsadi, rioya qilish doirasi, foydalanish tartibi va boshqa umumiy masalalar ko‘rsati!adi. Matn- ning asosiy qismi aniq ko‘rsatma beruvchi xususiyatga ega bo'ladi. Bunda «lozim», «kerak», «zarur», «yo‘l qo‘yilmay- 60
di», «mumkin emas» kabi so‘zlar qo‘Ilanadi. Matn uchinchi shaxs nomidan yoki shaxssiz bayon qilinadi. Yo‘riqnomalar ichida xodirrming lavozim (mansab) yo‘riqnomasi alohida guruhni tashkil etadi. Unda umumiy qism, xodimning vazifalari, burchlari, huquqlari, ishni baholash mezoni va xodim mas’uliyati ko‘rsatiladi (1- va 2-ilovalarga qarang). Lavozim yo‘riqnomasini xodimning bevosita rahbari ishlab chiqadi, so‘ng bo‘lim mudiri yoki muassasa rahbari tasdiqlaydi. Chunonchi, bosh hisobchi muassasaning boshqa hisobchilari uchun, bosh muhandis qurilish-montaj ishidagi yoki boshqa sohadagi xodim- lar uchun lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqadi. Bunday yo‘riqnomalar, boshqalari kabi, muassasa yoki uning bosh- qaruv organlari tasdiqlagandan so‘ng huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Lavozim yo‘riqnomasining o£ziga xos zaruriy qismlari bor: Muassasa yoki uning bo‘linmasi nomi (aksariyat hollarda hududiy-ma’muriy bo‘linish asosida). Hujjat nomi (Lavozim yo‘riqnomasi). Tasdiqlash ustxati. Sanasi. Shartli raqami. Joyi. Sarlavhasi. Matni. Imzo Qoida, mctodik tavsiyanoma, metodik ko‘rsatma kabi amaliyotda ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar ham mohiyat-e'tibori bilan keng ma’noda yo‘riqnoma hisoblanadi. Qoida muayyan harakat tartibotini belgilaydi (masalan, idora joylashgan uy-joydan foydalanish qoidasi; arxivga hujjat material lari top shir ish qoidasi) yoki o‘rnatilgan me’у or asosida bajariladigan ish-faoliyatni ko‘rsatadi (ichki tartibot qoidasi, oliy o‘quv yurtiga qabul qilish qoidasi). 61
Lavozim yo‘riqnontasi umumiy shakli 1-ilova Muassasa Та sdiq layman nomi Muassasa rahbari imzosi imzo yoyilmasi XODIM LAVOZIMINING NOMI 0000.00.00 00.00 00-son Toshkent LAVOZIM YO‘RIQNOMASI MATN TUZILMASI Umumiy qoida Vazifasi Lavozim majburiyadari Huquqi Mas’uliyati 0‘zaro munosabati (lavozim nuqtayi nazaridan) Tarkibiy bo‘linma rahbari imzo imzo yoyilmasi Rozilik belgisi Yo‘riqnoma bilan tanishdim: imzo imzo yoyilmasi 62.
Lavozim yo ‘riqttomasi namunasi 2-ilova O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi «Avtokorxona» boshqanivining yil 15-martdagi 2-raqamli bayonnomasi bilan Tasdiqlangan YUK AVTOMOBILLARI ISHLARJNI HISOB-KJTOB QILISH TARTTBOT1 HAQIDA LAVOZIM YO‘RIQNOMASI Korxona yuk tashuvchi mashinalaridan to‘liq va unumli foydalanish uchun mavjud qoidaga muvofiq yuk avtomobillari ishla- rini hisob-kitob qilishning quyidagi tartiboti o‘malilsin: Dispetcher yuk mashinalarining yo‘l qog^ozini ish kunining boshlanishi oldidan har bir avtomashinaga alohida yozib beradi (uzoq xizmat safaridagilar uchun istisno qilinadi) va uni har bir haydovchiga tilxat bilan (imzo chektirib) topshiradi. Yo‘I qog‘ozi- ni bir yuk avtomobilidan ikkinchisiga berish ruxsat etilmaydi. Yo4 qog‘ozining barcha zaruriy qismlari to‘g‘ri va aniq to‘ldirilishi kerak. Tuzatilgan yoki yozuvlari o‘chirilgan yo‘l qog‘ozlari tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinmaydi. Yonilg‘i va moylar, korxona hisobchilari oy boshida haydovchiga ajratgan normalangan miqdor ko'rsatkichiga muvofiq tilxat bilan beriladi. Ish kuni tugagandan so‘ng yo‘J qog‘ozi dispetcherga qaytarilishi kerak. Ayni vaqtda idishda qolgan yonilg‘i miqdori oMchanadi va bu o‘lchov yo‘l qog‘ozining tegishli joyiga yozib qo‘yiladi. Har bir avtomobii bo‘yieha yuk avtomashinalari ishlari ko'rsatkichi kunma-kun tartibda yuk avtomobillari ishlarining hisob-kitobi qaydnomasida yozib boriladi, shu asosda dispetcher har bir oy uchun avtomobillar ishlari hisob-kitobining qo‘shma qaydnomasini tuzadi. 63
Ayrim haydovchilaming xo‘jalik hisobidagi ba’zi yumush- lami bajarishlarini muntazam nazorat qilib borish uchun avtokor- xonada «Mashinalardan foydalanish daftari» joriy qilinadi. Oy tugagandan so‘ng, keyingi oyning boshidan 5 kun ichida avtokorxona bo‘yicha qo‘shma qaydnoma yo‘l qog;ozlari va har bir mashina uchun yozilgan qaydnomalar bilan korxona xo‘jaligi hisobchisi ga topshiri 1 adi. Korxona direktori (imzo) S. Sodiqov Bosh hisobchi (imzo) Y. Xidirov N1ZOM-USTAV Tashkilot yoki uning tarkibiy bolinmalari, kichik yoki qo‘shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilish tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar (ko‘rik, musobaqa. tanlov va boshqalar) ga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Ko‘pincha nizom muassasa!ar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan (yoki tegishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi. Muassasa- larning tarkibiy qismlari ulaming rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ust- xatini qo‘yish bilan kuchga kiradi. Mnvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilaming huquqiy maqomlari ham nizom bilan bclgilanadi. Nizomning asosiy zaruriy qismlari: Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa (tar- kibiy qism) nomi. Hujjat turining nomi (Nizom). Mazmuni (matni): muassasa tuzilishining maqsad va asoslari; asosiy vazifalari; muassasa tuzilishi, huquqi, ishni tashkil qilish tartiboti. 64
Muassasa rahbari imzosi. Sana va joyi. Tasdiqlash ustxati (yuqori qismida o‘ng burchakda joy- lashadi). Tashkilot tuzilishi bilan bogMiq nizomlarda «muassasa rahbari imzosi» o^rniga jamoa umumiy yig‘ilishi tas- dig‘i sanasi qo^iladi, shuningdek, ularda tegishli hokimi- yatda tasdiqlangan sana, qaror raqami ham qayd etiladi. Shu munosabat bilan ularda zaruriy qismlar joylashish shakli umumiy shakldan o‘zgacharoq bo'lishi mumkin (1-,2-ilovalarga qarang). Ustav muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, tashkilot, muassasaning tuzilishi, va- zifasini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuidir. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U kokproq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi. Chunonchi, davlat nashriyotlari bo‘yicha namunaviy ustav qabul qilingan, shu asosda har bir nashri- yot o‘z nizommi qabul qiladi. Ustavning zaruriy qismlari nizomning zaruriy qismlariga o‘xshash bo‘ladi. Lekin ustavning mazmun qismida moliyaviy va moddiy bazalari, hisobot berish, taftish organlari ishlari tartiboti va shu kabilar ko‘rsatiladi. Tarmoq (soha)ning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, uning ustavida qo‘shimcha qismlar ham bo‘lishi mum- kin. Masalan, aksiyadorlik jamiyatlari ustavida a’zolik haqidagi qoida, ya’ni aksiyadorlik jamiyatiga a’zo bo‘lish, undan chiqish yoki chiqarish kabi qoidalar bo‘ladi. 65
Nizom namunasi l-ilova Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling