Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet102/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Vasiyatnoma


oshirish huquqiga eg a bo‘lgan mansabdor shaxslar tomoni(hn) tasdiqlangan vasiyatnomalari.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda o‘z vasiyatnomasini to‘laligicha bekor qilishga yoxud unda mavjud bo‘lgan ayrim vasiyat farmoyish larini yangi vasiyatnoma tuzish orqali bekor qilishga, o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga haqli.
Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yoki vasiyat qi- luvchining yozma farmoyishiga binoan notarius yoki boshqa mansabdor shaxs tomonidan uning barcha nusxalarini yo‘q qilib tashlash yo‘Ii bilan bekor qilinishi mumkin.
Yangi vasiyatnoma tuzish orqali oldin tuzilgan vasiyat­noma toialigicha yoki uning keyingi vasiyatnomaga zid qis- mi bekor qilinadi.
Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxs, shuningdek, vasiyat qiluvchining o4miga vasiyat­nomani imzolagan fuqaro meros ochilgunga qadar vasiyat- nomaning mazmuniga, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga daxldor ma’lumotlami oshkor qilishga haqli emas.
Vasiyatnoma bilan bog‘fiq boshqa bir qator huquqiy ji- hatlar, xususan, vasiyatni talqin qilish, vasiyatnomaning ha- qiqiy emasligi, vasiyatnomani ijro etish, vasiyat majburiyati va boshqalar xususida to‘xtalib o‘tirmadik, chunki bunday holatlar 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1129—1133-moddalarida batafsil yoritilgan.
6-ilovada notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga teng- lashtirilgan vasiyatnoma namunasi keltirildi.


245


Ma lumot-axborot hujjatlari




Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnoma namunasi
6-ilova


VASIYATNOMA
Toshkent shahri, ikki ming o‘n sakkizinchi yilning yigirma yettinchi noyabr kuni
Men, Toshkent shahri Qatortol ko'chasidagi 80-uyning 15-xonadonida yashovchi va Toshkent shahridagi Onkologiya va radiologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasida davolanuvchi Nasim Ikromovich Qodirov, ushbu vasiyatnoma orqaii quyidagi topshiriqni beraman:
Toshkent shahridagi 007/1320 raqamli omonat g‘aznasida 3456 hisobraqami bilan saqlanayotgan jamg‘armani barcha hisoblangan foizlari bilan birgalikda o*g‘Hm, Latif Nasimovich Qodirovga vasiyat qilib qoldiraman.
Ushbu vasiyatnoma ikki nusxada tuzildi va imzolandi. Bir nusxasi saqlash uchun vasiyat qiluvchining doimiy yashash joyi bo'yicha Chilonzor tumani 1-davlat notarial idorasiga jo'natildi, ikkinchi nusxasi vasiyat qiluvchi Nasim Ikromovich Qodirovga berildi.
(Imzo)
N. Qodirov
(Davolash muassasasining tasdiqlovchi yozuvi va muhri)


246


Dalolatnoma




DALOLATNOMA
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq bi- ron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish-hara- katni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Da­lolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko‘zlanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo4lgan voqea-hodisalami yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tas- diqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxo- nalaming hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadi.
Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mab lag‘lari va mod- diy boyliklarga bog'liq tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor), binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya-xo‘jalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qoilanadi.
Dalolatnomalar tegishli taftish o‘tkazilgandan keyin, rah- barlik almashinayotganda, moddiy boyliklami bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugal- langan inshootlami qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalaming yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida, qimmatdor buyumlami hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tek- shirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlar- ning moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hol­larda tuziladi.


247



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling