Gazlarni saqlashdan asosiy maqsad, iste’molchi aholi, sa


Download 37.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi37.63 Kb.
#1484800
  1   2   3   4
Bog'liq
16mavzu tasis



98
Gazlarni saqlashdan asosiy maqsad, iste’molchi (aholi, sa-
noat korxonalari va h.k.) larning gazdan foydalanishdagi notekis-
liklarni qoplash (bir me’yorda bo‘lishligini ta’minlash) dan ibo-
rat. Gaz iste’molchilar tomonidan bir xilda ishlatilmaydi. Natijada
mavsumiy, oylik, haftalik va sutkalik notekisliklar sodir bo‘ladi.
13.1. Gaz ishlatilishidagi mavsumiy notekislik
va uni qoplash
Gazdan foydalanishdagi mavsumiy notekislik yilning fasllarida
gaz ishlatishning bir xil bo‘lmasligidan kelib chiqadi. Ayniqsa katta
shaharlarda yozdagi gaz iste’moli bilan qishdagi gaz iste’moli
o‘rtasida katta farq yuzaga keladi. Yoz oylarida ko‘plab isitish tizim-
larining o‘chirilishi va boshqa omillar tufayli gaz kam ishlatiladi.
Qish faslida esa, aksincha, gazdan ko‘p foydalaniladi. Yil
oylaridagi gaz iste’moli grafigi 41- rasmda berilgan.
Keltirilgan grafikdan ko‘rinib turibdiki, yoz oylarida gazning
kam ishlatilishi natijasida o‘rtacha yillik gaz sarfi (Q
o‘rt.g
) ga nisba-
XIII BOB. ÒABIIY GAZLARNI SAQLASH
41- rasm.
Yillik gaz sarfining o‘zgarish grafigi:
1
– yillik gaz iste’mol notekisligi chizig‘i; Q
o‘rt.g
.
– yillik o‘rtacha gaz sarfi;
V
s.g
– yer osti gaz omboriga jo‘natiladigan gaz hajmi; V*,V** – yer osti
gaz omboridan olinadigan gaz hajmi.


99
tan (V
s.g
) hajmidagi gaz ishlatilmay qoladi. Qish oylarida esa V*
va V** hajmdagi (o‘rtacha yillik gaz sarfiga nisbatan) qo‘shimcha
gaz ishlatishga to‘g‘ri keladi.
Gaz ishlatishdagi sodir bo‘lgan mavsumiy notekislikning bir
xilda bo‘lishini ta’minlash yer osti gaz omborlari yordamida amalga
oshiriladi. Bunda yoz oylarida ishlatilmagan ortiqcha gaz (V
s.g
) lar
yer osti gaz omboriga haydaladi, qish oylarida esa kerak bo‘lgan
qo‘shimcha gaz (V* va V**) lar yer osti gaz omboridan olinib
iste’molchilarga beriladi.
Yer osti gaz omborlaridan foydalanish magistral gaz quvuri-
ning hisobli mahsulot o‘tkazuvchanlik qobiliyatini bir xilda
bo‘lishligini ta’minlaydi.

Download 37.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling