Gazlarni saqlashdan asosiy maqsad, iste’molchi aholi, sa


Gazni yer osti gaz omborlariga haydash va ulardan


Download 37.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi37.63 Kb.
#1484800
1   2   3   4
Bog'liq
16mavzu tasis

Gazni yer osti gaz omborlariga haydash va ulardan
olish jarayonining umumiy texnologik chizmasi:
®
Gazni haydash. ¬Gazni olish.
1
– magistral gaz quvuri; 2– magistral quvurdan KS ga olib keluvchi quvur;
3
– chang ushlagich; 4
1
– gazomotokompressorlar; 5,5
1
– sovitgichlar;
6
siklon separatori7– ko‘mirli adsorber; 8– keramik filtr; 9–gaz taqsim-
lash punkti (GÒP); 10– ishlatiladigan quduqlar; 11– yer osti gaz ombori;
12
shtutser13– dietilenglikol (DEG) qurilmasi.


103
13.4. Suyultirilgan gazlarni saqlash
Suyultirilgan gazlar (propan, butan va ularning aralashma-
lari) gazgolder (rezervuar)lar saroyida saqlanadi. Gaz saqlovchi
gazgolderlarning kerakli hajmi yillik gaz ishlatish hajmiga ko‘ra
aniqlanadi. Hajmni hisoblashda 10–15 kunlik zaxira hajmi hisobga
olinadi, gazgolder saroyining umumiy hajmi quyidagicha topi-
ladi:
365
y
Q
P
V
K
ρ

=


.
Bunda: Q
y
– yillik gaz iste’moli (m
3
); P–zaxira uchun qabul
qilingan gaz hajmi (m
3
); r–saqlanadigan suyuq gazning zichligi
(t/m
3
); K–suyuq gaz saqlovchi rezervuarlarning to‘lish koeffitsi-
yenti.
Alohida bazalar va gaz taqsimlovchi stansiyalarda suyultirilgan
gazlarni saqlovchi idishlar sifatida yuqori bosim ostida saqlay-
digan hamda past bosimli izotermik sharoitda ishlaydigan po‘lat
rezervuarlardan foydalaniladi. Bosim ostida ishlovchi po‘lat rezer-
vuarlar sferik va silindrsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Ularning
mahkamligi maksimal saqlash haroratida (+50°C) hosil
bo‘ladigan suyultirilgan gazning to‘yingan bug‘ bosimi ta’siriga
ko‘ra hisoblangan.
Yuqori bosimda ishlaydigan yotiq silindr ko‘rinishidagi rezer-
vuarlar asosiy rezervuarlar hisoblanib, ular alohida bazalarda,
gaz taqsimlash stansiyalarida va boshqa suyultirilgan gazlarni
saqlovchi omborlarda ishlatiladi.
Bunday rezervuarlarning hajmi 25, 50, 100, 175, 200 va
270 m
3
li bo‘lib, ular yer usti va yer ostiga o‘rnatilgan bo‘ladi.
Yuqori bosim ostida ishlaydigan po‘lat rezervuarlarning kam-
chiligi: ko‘p metall sarfini talab etadi va yuqori portlash hamda
yonish xavfiga ega.
Suyultirilgan gazlarni saqlashda eng samarali usullardan biri
atmosfera bosimida past haroratda, ya’ni izotermik rezervuarlarda
saqlashdir. Bunda gaz suyuq holatda bo‘ladi. Uning chizmasi 44-
rasmda keltirilgan.
Suyultirilgan neft gazi atmosfera bosimiga yaqin bosimda va
shu bosimga to‘g‘ri kelgan haroratda, izolatsiya qilingan yupqa


104
devorli rezervuarda saqlanadi. Saqlash jarayonida atrof-muhit
harorati hisobiga rezervuar ichidagi suyuq gazning ma’lum bir
qismi bug‘lanadi. Hosil bo‘lgan gaz bug‘i issiqlik almashtirgich
(7) orqali kompressor (4) ga so‘riladi va siqilgandan keyin is-
siqlik almashtirgich (5) ga keladi. Bu yerda siqilish natijasida
qizigan gaz bug‘i suv bilan sovitiladi, ya’ni gaz kondensatsiya-
lanadi. Kondensatsiyalangan suyuqlik issiqlik almashtirgich
(7) da qarama-qarshi kelayotgan sovuq bug‘ bilan qo‘shimcha
sovitiladi. Keyin rostlagich (drossel) (3) yordamida suyultirilgan
gaz bosimi rezervuar ichidagi bosimgacha kamaytiriladi va rezer-
vuar (1) ga oqiziladi.
44- rasm. Suyultirilgan gazni izotermik sharoitda saqlash chizmasi:
1
– issiqlik izolatsiyasi qoplangan yupqa devorli rezervuar; 2– suyuq gaz;
3
– rostlash (drossellash) krani; 4kompressor5– issiqlik almashtirgich;
6
– sovitish uchun suv; 7– issiqlik almashtirgich.

Download 37.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling