Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Ma lumot-axkorol hujjatlari
Moliyaviy faoliyat va savdo-tijorat sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash (kamomad yoki nuqsonlar bo‘lma- gan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boy- liklar yetishmasligi aniqlanganda) uchun hamda tegishli (qayd etuvchi, rag‘batlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e’lon qilish uchun asos bo‘ladi. Aksar hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoi- daviy namuna asosida tuziladi. Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (muassasa rahbarining buy- rug‘i bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi. Keyingi holatda va, umuman, dalolatnoma yakka shaxs tomonidan tuzilganda, guvohlaming ishtirok etishi va imzosi bo‘lmog‘i shart. Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea-hodi- saning qatnashchilari yoki unga guvoh bo‘lgan kishilarning tashabbusi bilan ham tuziladi. Dalolatnomaning zaruriy qismlari: Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi. Tuzilgan sanasi va joyi. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda). Matn sarlavhasi Hujjat turi nomi (Dalolatnoma). Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buy- rug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar). Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar). Ishtirok etuvchilar (guvohlar). Dalolatnoma matni. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi). Tuzgan va ishtirok etganlaming imzo lari. Ijro haqidagi belgi. Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog'ida 248
tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirila- yotgan qimmatdor buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalar tarzida), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo. Dalolatnoma shakli 1-ilova Vazirlik, yuqori idora, TASDIQLAYMAN muassasa nomi TASDIQLANGAN MATN SARLAVHASI (« HAQIDA») DALOLATNOMA sana tuzilgaii joyi Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi) raqamli buyrug‘i yoki yuqori idoraning raqamli qarori) Raisi (shaxs lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi) A’zolari: 1. (lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi) (lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi) (lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi)dan iborat komissiya tomonidan (shaxs yoki shaxslar lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi) ishtirokida tuzildi. MATN Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling