Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Ishonchnoma
ISHONCHNOMA Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi. 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi». Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomo- nidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga boMinadi. Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, fermer xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimii shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan o‘tishi zarur bo‘ladi. Mazmun hamda vakolatning ko‘lamiga ko‘ra, ishonchnomalar bir martalik, maxsus va umumiy turlarga boiinadi. 269
Bir marlalik ishonchnoma muayyan bir ishni amalga oshirish, vazifani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki qimmat buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr da- vomida bir qancha bir turdagi vazifalami bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus ishonchnomalar deyiladi (masalan, 2019-yil davomida sud-hakamlik idoralarida korxona nomidan vakillik qilish uchun berilgan ishonchnoma). Umumiy ishonchnoma mulkni boshqarish bilan aloqador tur- li-tuman ishlami amalga oshirish huquqini beradi. Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o^z ku- chini saqlash) muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir nccha kundan bir necha yilgacha bo‘lgan (lekin uch yildan ortiq boimagan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko‘rsatilma- gan bo‘lsa, bunday hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko'rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy cmas. Ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlami shaxsan amalga oshirishi shart. Mabodo ishonchnoma berilgan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga to4g‘ri kelib qol- sa, u harakatlami amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin. Boshqa shaxsga o‘tkazish bo'yicha ishonchnomaning amal qilish muddati uning berilishiga asos bolgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak. Rasmiy ishonchnomalar, odatda, yuqori statistika idorasi ta^diqlagan tayyor, namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog‘ozlarida ishonchnomaning barcha zaruriy qismiarini to‘g‘ri va aniq rasmiy- lashtirish (toidirish) uchun maxsus o‘rin va ko‘rsatmalar mavjud. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan chog‘da ishonchnomalar oddiy qog‘ozga yoziladi va uning yuqori chap tomo- niga ishonchnoma beruvchi muassasaning to‘rtburchak muhri qo‘yiladi. 270
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling