Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet108/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Ma 'lumot-axborot hujjatlari


  1. g‘azna daftari bo‘yichapul qoldig‘i 13 ming so‘m ekanligi aniqlandi.

Institut g'aznasida boshqa qimmatdor buyumlar topilmadi, bu hoi hisob ma'lumotlariga in os keladi.
G‘azna daftarini yuritish va pullami saqlash tartibi «Davlat, kooperativ va jamoat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari to­monidan g‘azna ishlarini yuritish haqida nizom» talablariga mos keladi.
Komissiya raisi: (imzo)
E. Olimova
Komissiya a’zolari: (imzo) N. Karimova
(imzo) O. Po‘latova
G‘aznachi: (imzo) N. Ubaydullayev


G‘aznani taftish qilish chog‘ida unda pul qabul qilish yoki berish yuzasidan barcha ishlar to‘xtatiladi. Korxona ish- larining uzluksizligini ta’minlash maqsadida g‘azna taftishi, odatda, ikki bo‘lib o‘tkaziladi: g‘aznadagi bor narsalar (pul va buyumlar)ni yo‘qlama qilish va g‘azna ishlarini o‘rganish.
5-ilovada g‘aznadagi bor narsalarni yo‘qlama qilish asosi­da tuziladigan taftish dalolatnoinasiga namuna keltirildi.
G‘aznani taftish etish dalolatnomasi namunasi
5-ilova


Tasdiqlayman
«Og‘a-inilar» fermer xo‘jaligi boshlig‘i (imzo)
I. Rahimov

  1. yil 10-mart

«OG‘A-INILAR» FERMER XO‘JALIGI G‘AZNAS1DA

  1. YIL 9-DEKABRDAGI AIIVOLGAKO‘RA TAVTiSH 0‘TKAZISH

DALOLATNOMASI

  1. yil 10-dckabr Chinoz qishlog‘i

Asos: Fermer xo‘jaligi taftish komissiyasining 2018-yil

  1. dekabrdagi 26-raqamli farmoyishi.

258




Dalolatnoma 2 nusxada tuzildi.




Taftish komissiyasi







a’zolari:

(imzo)

F. Salimova




(imzo)

A. Usmonov

G‘aznachi:

(imzo)

A. Izzatov

Bosh hisobchi:

(imzo)

I. Kamoliddinov


Mashina, asbob-uskuna, xilma-xil moddiy ashyo va boy- liklami yo‘qlama qilish ishlari ham ma’muriyat yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi tayinlaydigan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi va tegishii dalolatnoma bilan rasmiylashtiri-


259


Ma ’lumot-axborot hujjatlari




ladi. Bunday dalolatnoma asbob-uskuna yoki ashyoning bun- dan keyin iste'molga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini isbotlab beradi. Uskuna va buyumlami yo‘qlama qilishda ham, hisob­dan chiqarishda ham ulaming aniq nomi, qiymati, miqdori, umumiy bahosi ko‘rsatilishi zarur. Ma’muriyat yoki tegishli jamoat tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma nusxalarining bittasi, albatta, tegishli hisob boiimiga topshiri- ladi. 7-ilovada muassasa kasaba uyushmasi qo‘mitasiga qa- rashli sport anjomlarini yo‘qlama qilib, hisobdan chiqarishda tuziladigan dalolatnomaga namuna keltiriladi.


7-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Birlashgan kasaba
uyushmasi qo‘mitasi
Ilmiy-ladqiqot instituti
kasaba uyushmasi qo"mitasi

DALOLATNOMA

  1. yil 7-dckabr Toshkent shahri

Yaroqsiz sport anjomlarini hisobdan chiqarish


Tasdiqlayman
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
(imzo)
R. Mirsalimov
2018-yil 10-dekabr


Asos: Institut kasaba uyushmasi
qo‘mitasining 2018-yil 28-noyabrdagi qarori.
Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi qaroriga binoan tashkil etilgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining obrinbosari A.U. Ergashev (rais), taftish komissiyasining a’zolari Z. Yoqubova va S. Ismoilovlardan iborat komissiya tomonidan tuzildi.
Komissiya ishida va dalolatnoma tuzishda institut katta hisobchisi I.Salimov ishtirok etdi.
Komissiya institut kasaba uyushmasi qo'mitasi hisobida turuvchi barcha sport anjomlarining umumiy ahvolini atroflicha o‘rganib chiqdi va quyidagi sport anjomlarini bundan keyin ishlatishga yaroqsiz deb topdi:


260




Sport
anjomining
nomi

Soni

Alohida
rmsxasining
bahosi

Umumiy
bahosi

Izoh (sotib olingan yili, ahvoli)

Shaxmat (taxtasi bilan)

2 ta

6045 s.

12090 s.

2005-yil (kataklari o‘chib, donalari yo'qolgan)

Voleybol to‘pi

3 ta

7050 s.

21150 s.

2011-yil (teshilgan)

Voleybol to‘ri

1 ta

55120 s.

55120 s.

2010-yil
(to‘rlari
uzilib
ketgan)

Tennis
sharchalari

30 ta

400 s.

12000 s.

2011-yil (yorilgan)

Sekund
o‘lchagich

1 ta

81145 s.

81145 s.

2011-yil (oynasini sinib, mili tushib ketgan)

Komissiya yuqorida ko‘rsatilgan va umumiy bahosi 181505 (bir yuz sakson bir ming besh yuz besh) so‘m bo‘lgan sport anjomlarmi hisobdan chiqarish (o‘chirish) zarur deb hisoblaydi.

Komissiya raisi: Komissiya a’zolari:

(imzo) (imzo) (imzo)

A. Ergashev Z. Yoqubova S. Ismoilov

Katta hisobchi:

(imzo)

I. Salimov


261


Ma 'lumot-axborot hujjatlari




Notarial idora tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma­lar ham bo'ladiki, bularga mcrosni xatlashda, meros mulkini saqlash imkoniyati boimagan hollarda tuziladigan dalolat- nomalami ko‘rsatish mumkin.
0‘zbekiston Respublikasining «'Notariat to‘g‘risida»gi Qonu- niga asosan, meros ochilgan joydagi notarius jismoniy va yuridik shaxslaming xabariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan meros mol- mulkining qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ко4 ri shi lozim.
Agar meros qoldiruvchining mulki (yoki uning bir qis- mi) meros ochilgan joydan tashqarida bo‘Isa. meros ochilgan joydagi notarius meros joylashgan notariusga yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi fuqarolar yig‘ini raisiga xabar berib, meros mol-mulkini qo‘riqlash chora-tadbirlarini ko‘rish haqida topshiriq beradi. Tegishli notarius esa meros mol-mul- kini qo‘riqIash maqsadida uni ro‘yxatga oladi (xatlaydi).
Xatlash dalolatnomasida meros mol-mulkini qo‘riqlash yuzasidan chora ko‘rish to'g^isida ariza olingan kun, xatlash amalga oshirilgan kun, xatlashda ishtirok etayotgan kishilar- ning ismi, otaismi, familiyasi va manzili, meros qoldiruvchi­ning ismi, otaismi, familiyasi, vafot etgan vaqti, xatlanayot- gan mulklar turgan joy, meros mulkining notarius kelguncha bo‘lgan holati, xatlanayotgan buyumlarning mufassal tavsifi, eskirganlik foizi ko‘rsatib o‘tiladi. Buyumlarning bahosi, ular- ning eskirganligini hisobga olgan holda chakana narx bo'yi- cha, chakana narxlari bo‘lmagan buyumlarning bahosi esa shu sohadagi mutaxassislaming xulosasi asosida belgilanadi.
Notarius tomonidan qo‘yilgan baholarga rozi boimagan taqdirda, merosxo‘rlar baholovchi mutaxassislami taklif qi­lish huquqiga ega. Xatlash dalolatnomasining har bir sahi- fasida buyumlar soni va qiymatining yakuni chiqariladi, xat­lash tugallangandan keyin esa buyumlar soni va qiymatining umumiy yakuni chiqariladi.
Xatlash dalolatnomasi oxirida mol-mulkni saqlash uchun topshirilgan shaxs (saqlovchi)ning ismi, otaismi, familiyasi,


262


Dalolatnoma




tug‘ilgan yili, turaijoyi va uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi ma’lumotlar ko'rsatiladi. Xatlash dalolatnomasi kamida uch nusxada tuzilib, xatlashda ishtirok etgan barcha shaxslar - notarius, manfaatdor shaxslar, mol-mulkni saqlash uchun qabul qilgan shaxs, xolis guvohlar tomonidan imzola- nadi (8-9-ilovalarga qarang).
Xatlash dalolatnomasi namunalari
8-ilova


MEROS MULKINI XATLASH DALOLATNOMASI
Chinoz shahri, 2018-yil dekabr oyining 18-kuni soat 10 dan 45 daqiqa o‘tganda tuzildi.
Men, Chinoz shahar 1-davlat notarial idorasining davlat no- tariusi STog'ayev, Chinoz shahri «Birlik» niahaUa qo'mitasining raisi Shodmon Hshonqulovning bergan ma’lumoliga asosan, 2018- yil dekabr oyining 15-kunida vafot etgan Qahramon Kamolovga tegishli boigan mulkni uning qizi Surayyo Qahramonovna Rah- matova hamda xolis guvohlar - shu mahallada yashovchi fuqarolar Shahnoza Karimovna Abdullayeva, Malika Jo'rayevna Mahmudo­va, Hamroqul Sattorovlar ishtirokida xatladim.
Marhumning vorisiari:
Qizi - Surayyo Qahramonovna Rahmatova Toshkent shahri 5-Yunusobod daliasidagi 45-uyning 56-xonadonida yashaydi.
0‘g‘li - Shuhrat Qahramonovich Kamolov Qozog'iston Res- publikasining Chimkent shahrida yashaydi.
Notarius kelgunga qadar meros mulki joylashgan uy-joy

  1. yilning 14-dekabr kuni shu mahalla qo‘mitasining raisi to­monidan berkitilib, muhrlangan. Muhr buzilmagan, kalitlar mahal­la qo'mitasining raisi Shodmon Eshonqulovda saqlangan.

Meros mulki joylashgan uy-joy ikki xona, oldi oynavand ay- vonli hovli bo‘lib, marhumning nomida (egaligida) bo'fgan.


263




Uyga kiraverishdagi oynavand ayvonda va dahliz sanalgan birinchi xonada xatlashga arzigulik hech narsa yo‘q. Uyning 3x5 hajmdagi katta xonasida quyidagi mulklar borligi aniqlandi:

Tar­
tib
raqa­
mi

Mulkning nomi va uning tavsifi

Mulkning
soni

Mulkning
umumiy
bahosi

Izoh

1.

Sandiqlar (foydalanib













kelingan)

2




50%

2.

Jkki taxmon ко‘фа

8




50%

3.

Xiva gilami

1




80%

4.

Palos

2




30%

5.

Yumshoq matrasli karavot

1




50%

6.

Doira shaklidagi stol

1




50%

7.

Yumshoq stullar

4




50%

8.

Kiyim javoni

1




50%

9.

Rangli tasvirli «Samsung»













telcvizori

1




50%

10.

Foydalanishdagi













idish'tovoqlar

25




50%

11.

Omonat daflarchasi

2










Jami

48

...

so‘m


Xatlash dalolatnomasida 11-tartib raqami bilan qayd etilgan 2 ta omonat daftarcbasi omonat g‘aznasida saqlashga topshirish maqsadida notarius tomonidan olindi.


Dalolatnoma uch nusxada tuzildi.
Dalolatnomani tuzishda ishtirok etganlar:



(imzo) S. Tog‘ayev
(imzo) S. Rahmatova
(imzo) Sh. Abdullayeva
(imzo) M. Mahmudova
(imzo) H. Sattorov


Ushbu dalolatnomada ko‘rsatilgan mulklami saqlash chora- sini ko‘rish bo‘yicha javobgarlikni marhunmmg Toshkent shahri

  1. Yunusobod dahasidagi 45-uyning 56-xonadonida yashovchi qizi Surayyo Qahramonovna Rahmatova o‘z zimmasiga oldi.


264



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling