Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet112/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Ishonchnoma


Moddiy-buyum boyliklarini olish uchun ishonchnoma- lami rasmiylashtirish va berish borasida alohida qoidalar bel- gilangan. Bunday ishonchnomalar belgilangan shakldagi bos­ma ish qog‘ozlarida korxona rahbari va bosh hisobchisining imzosi bilan rasmiy lash tiri lib, faqat shu korxona xodimi ariga berilishi mumkin.
Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari:

  1. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi.

  2. Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi).

  3. Ishonchnoma berilayotgan (ishonch bildirilayotgan) shaxs­ning lavozimi va toiiq nomi (ismi, otaismi, familiyasi).

  4. Qimmatdor buyumlar olinadigan (beradigan) muassa­saning nomi.

  5. Ishonchnomaning berilish sababi.

  6. Ishonchnomaning amal qilish muddati.

  7. Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi.

  8. Moddiy-buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tas­diqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma).

Ishonchnomaning zaruriy qismlari aniq, buzilmasdan, tuzatishlarsiz rasmiylashtirilishi kerak. Aks holda, moddiy buyum boyliklarini berish ruxsat etilmaydi, bunday ishonch- nomalami rasmiylashtirish, berish va qayd etish tartibiga ri- oya qilish, shuningdek, ulardan l'oydalanish yuzasidan nazorat etish korxona bosh (katta) hisobchisining vazifasidir.
Ishonchnomalarning ikkinchi turi sh a x s i y, ya’ni ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatdor buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobilm boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini ras- miylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlami bajarish uchun ishonch bildiriladi.
Shaxsiy ishonchnomalarning eng ko‘p tarqalgani pul (ma- osh, nafaqa va boshqalar) olish uchun yozilgan ishonchno- madir. Bunday yozma vakolat ba’zan vakolat beruvchining


271


Ma ’lumot-axborot hujjatlari




talabi, xohishi bilan notarial tasdiqlanishi ham mumkin, lekin uni majburiy notarial tasdiqdan o‘tkazish shart emas. Ishonch bildiruvchi shaxsning imzosi u ishlayotgan yoki o‘qiyot- gan joy rahbariyati, u yotib davolanayotgan tibbiy muassasa ma’muriyati, harbiy qism qo‘mondonligi va shu kabilar tomo­nidan tasdiqlanishi mumkin.
Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda, qo‘lda yoziladi, lekin unda, albatta, quyidagi zaruriy qismlarbo4mog£i kerak:

  1. Hujjatning nomi (Ishonchnoma).

  2. Ishonch bildiruvchining to£liq nomi (ismi, otaismi, fa­miliyasi).

  3. Ishonchli shaxs (ishonchnoma berilgan shaxs)ning to‘liq nomi.

  4. Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalami aniq ko‘rsatish).

  5. Topshirilgan vazifalar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muassasaning nomi.

  6. Ishonch bildiruvchining imzosi.

  7. Berilgan (yozilgan) vaqti.

  8. Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi.

  9. Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhr.

Ishonchnoma yozishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: ishonchnomaning zaruriy qismlari mazkur tartibda bo‘lishi ham mumkin, shuningdek, uning 3-raqamli qismi 5-raqamli qismidan so‘ng yozilishi ham mumkin; zarur hollarda ishonch bildirgan shaxsning lavozimi, yashash joyi, ishonchnoma be- rilgan kishining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) ma’lu- motlari ham ishonchnomada aks etishi mumkin; agar ishonch­li vakil olishi kerak boigan pul yoki qimmatdor buyum miq­dori aniq bo‘Isa, ular avval raqam bilan, keyin qavs ichida so‘z bilan yozib ko‘rsati!ishi mumkin; 7-raqamli va 8-raqamli qismlari orasida tasdiqlovchining «....ning imzosini tasdiqlay­man»
degan qaydi joy oladi.


272



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling