Modellashtirish nazariyasining asosiy tushunchalari


Download 0.54 Mb.
Sana05.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1274964
Bog'liq
Mavzu 1 (1)


§1. Modellashtirish nazariyasining asosiy tushunchalari.
“Model” so‘zi lotincha “modulus” so‘zidan olingan bo‘lib, “me’yor”, “na’muna” tushunchalarini anglatadi. Uning dastavvaldagi mohiyati me’morchilik san’ati bilan bog‘liq bo‘lib, Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida u tasvir (qiyofa) yoki timsol boshqa bir narsa bilan qaysidir bir jihatlari bilan (nisbiy ravishda) qiyoslanishini belgilash uchun qo‘llanilar edi. Masalan, bino yoki inshootning qurilishidan avval loihasining muhokama qilinishi yana ham yaxshilanishi, tasdiqlanishi uchun uning kichraytirilgan nusxasini yasashar edi. Dastlabki astranomik xaritalar ham dunyoning kichiklashtirilgan modelidir (1-rasm).
Ilmiy tadqiqotlar cohasida modellashtirish qadim zamonlardayoq qo‘lanila boshlagan va sekin astalik bilan ilm-fanning yangidan yangi: texnik konstruksiyalash, qurilish va me’morchilik (arxitektura), astronomiya, fizika, ximiya, biologiya va ijtimoiy fanlar kabi sohalarni qamrab olgan. XXI asr modellashtirish metodining uslubiga zamonaviy ilm fanning deyarli barcha sohalarida kattadan katta muvaffaqiyatlar va e’tiroflarga sazovor bo‘lishiga olib keldi. Ammo modellashtirish metodologiyasi uzoq vaqtlar davomida alohida fanlarda bir birlaridan holi ravishda rivojlanib keldi. Tushunchalarning yagona tizimi, yagona terminologiyasi mavjud bo‘lmagan edi. Hozirgi zamonga kelib, sekin astalik bilan modellashtirishning ahamiyati ilmiy bilishlikning universal metodi sifatida anglana boshlandi.

1-rasm. Ob’ekt juda katta bo‘lib, uni kichiklashtirilgan
modelini o‘rganish qulay.
“Model” iborasi inson faoliyatining turli sohalarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi va ko‘p sonli moddiy qiymatlarga, belgilanishlarga egadir. Model qurish, ayrim xollarda, tabiatda real ob’ektlar bilan sodir bo‘layotgan jarayonlarni tadqiq qilishning yagona usuli sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan Yer strukturasida sodir bo‘layotgan jarayonlar, misol uchun Afrika qittasining ikki qismga bo‘linayotgani, million yillar davomida juda sekin sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib uni inson ko‘zi kuzatish amalda mumkin emas (2-rasm).
Ayrim xollarda esa, aksincha, tabiatdagi real jarayonlar shunday tez sodir bo‘ladilarki, ularni kuzatish jiddiy qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Masalan raketaning parvozi, o‘qning uchishi, avtomobil motoridagi porshenning takrorlanuvchi harakati (3-rasm).
Model-shunday moddiy yoki xayolan tasavvur etiladigan, ya’ni, informatsion ob’ektdirki, u olib borilayotgan tadqiqot jarayonida ob’ekt-originalni, unga xos bo‘lgan informatsion xususiyatlari (sifatiy-mantiqiy va miqdoriy-matematik), ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektning elementlari orasidagi munosabatlarning va uning tabiiy fazodagi boshqa ob’ektlarga nisbatan munosabatlarning xarakteriga ega bo‘lgan holda uning o‘rnini shunday egallaydiki, unda modelning o‘rganilishi ob’ekt-original



2-rasm. Jarayon juda sekin sodir bo‘ladi.

to‘g‘risidagi yangi bilimlarni mujassam qiladi. Anchayin aniqroq olganda, model o‘zining mohiyatiga ko‘ra maqsadga yo‘naltirilgan tizimlarga (informatsion, energetik, moddiy) taqlid qiluvchi informatsion tizimning turi bo‘lib, maqsadga yo‘naltirilgan tizimlarning o‘rganilishi uchun xizmat qiladi.


Modellashtirish – modellarni qurish, o‘rganish va uni qo‘llash jarayonidir. U abstraksiya, anologiya, gipoteza va h.k. kabi Катергорияlar bilan bog‘langan. Modellashtirish jarayoni tarkibiga quyidagilar kiradi: abstraksiyalarning ko‘rinishi, anologiya bo‘yicha xulosaga kelish, ilmiy gipotezalar konstruksiyalanishi.
Model anglashning o‘ziga xos bo‘lgan instrumenti sifatida gavdalanib, uni tadqiqotchi o‘zi bilan ob’ektning orasiga joylashtirib va uning yordamida o‘zini qiziqtirayotgan ob’ektni o‘rganadi. Modellashtirish uslubining aynan shu xususiyati abstraksiyalar, anologiyalar, gipotezalar va anglashning boshqa Катергорияlari va uslublarini qo‘llanilishining o‘ziga xos qonunlarini (shakllari, jihatlarini) belgilab beradi. Eng



3-rasm. Jarayon juda tez sodir bo‘ladi.


umumlashtirilgan holatda modelning qurilishi paytida tadqiqotchi ob’ektning o‘rganilishi uchun ob’ekt-originaldagi ahamiyat kasb etmaydigan (ahamiyatga noloyiq) xarakteristikalarni, parametrlarini olib tashlaydi. Odatda ob’ektning ahamiyatga noloyiq (ahamiyatsiz) parametrlarini olib tashlab, muhim deb topilgan parametrlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash orqali abstraksiyalash jarayonini formalizatsiya deb nomlaydilar. Yana ham aniqroq aytganda formalizatsiya real ob’ektning yoki jarayonning uning formal ravishdagi ta’riflanishi orqali almashtirishdir.
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling