Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet115/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

(muhr)


275


Ma ’lumot-axborot hiijjatlari




Maxsus bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtiriladigan xizmat ishonchnomalariga namuna keltirilmadi, chunki bun- day ishonchnomani to‘ldirish, bosma ish qog‘ozlari to‘la 0‘zbekchalashtirilgach, hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
5 -9-ilovalarda oddiy shaxsiy ishonchnoma namunalari berildi. 10-ilovada rasmiy ishonchnoma namunasi keltirildi.
Shaxsiy ishonchnoma namunalari
5-ilova


ISHONCHNOMA
Men, Toshkent shahri 2-Qorasuv dahasi 214-uy 5-xonadonda yashovchi Ahad Ismoilovich Bahodirov, yon qo,'shnjrn Naim Ab- dullaycvich Qahhorovga shahaming 7-aloqa bo‘limidan mening no- mimga kelgan pochta jo‘natmasini olish uchun ishonch bildiraman.
(imzo)
A. Bahodirov

  1. yil 10-sentyabr

A. Bahodirov imzosini tasdiqlayman.
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i (imzo) I. Tolipova
(muhr) 2019-yil 10-sentyabr


6-ilova


ISHONCHNOMA
Men, dim Qodirovich Rahimov, turmush o‘rtog‘im Anisa Nu’monovna Rahimovaga Madaniyat saroyi g‘aznasidan mening

  1. yil noyabr oyi uchun yozilgan maoshimni olishga ishonch bildiraman.

(imzo)
O. Rahimov

  1. yil 3-dekabr

O. Rahimovning imzosini tasdiqlayman.
Madaniyat saroyi kadrlar
bo‘limining boshlig‘i (imzo) S. Kornilova
(muhr) 2019-yil 3-dekabr


276




ISHONCHNOMA




Men, Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakulteti- ning 1 -bosqich talabasi Qodir Mirzayevich Yoqubov, kursimiz ta- Iabasi Shavkat Turobovich Hakimovga (AA seriyadagi 0686520 raqamli pasportga ega) universitet g‘aznasidan menga tegishli 2019-yil iyun oyi stipendiyasini olish uchun ishonch bildiraman.

(imzo)

Q. Yoqubov 2019-yil 2-iyul

Q. Yoqubovning imzosini tasdiqlayman.




Mexanika fakultetining dekani (imzo) (muhrj

K. Tursunov 2019-yil 2-iyul


111




ISHONCHNOMA




Men, Sobir Karimqulov, kursdoshim Mahkam Shodiyevga shahaming 3-aloqa boMimidan mening nomimga kelgan 745000 (yetti yuz qirq besh ming) so‘m miqdoridagi pul jo‘natmasini olish uchun ishonch bildiraman.

(imzo)

S. Karimqulov 2019-yil 20-dekabr

S. Karimqulov imzosini tasdiqlayman.




Texnika universiteti kadrlar bo4imi bosh mutaxassisi (imzo) (muhr)

O. Mo‘minova 2019-yil 20-dekabr


10-ilova


ISHONCHNOMA
4-son

  1. yil 2-yanvar Toshkent shahri

Ushbu ishonchnoma orqali 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bosh yuris- konsulti Xolmurodov Baxtiyor (pasport seriyasi va raqami: AA 1092895. 2005-yil Toshkent shahri Olmazor tumani TIB tomonidan berilgan)ga 0‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida barcha sud instansiyalari- da ishtirok etish, davlat tashkilotlari va huquqni muhofaza qiluv- chi organlar hamda barcha tadbirkorlik subyektlari bilan o'zaro yozishmalar va shaxsan muzokaralar o‘tkazish huquqi beriladi.
Xolmurodov Baxtiyorga Obzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 0‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ning huquq va manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan shartnoma va ish material - lari bilan tanishish, ulardan Wchirmalar olish, nusxa ko‘chirish, rad qilish to‘g‘risida arz qilish, daliliar taqdim etish, dalillami tek-


278


Ishonchnoma




shirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga og'zaki hamda yozma tushuntirishlar berish, huquqiy hujjatlarni imzolash, barcha masalalar bo^yicha o‘z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish huquqlari beriladi.
Ishonchnoma 2019-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
0‘zbek tili,
adabiyoti va folklori
instituti direktori (imzo)
N. Mahmudov
Ishonchnomalar, ilovalarda keltirilganidek, oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi.
Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlami tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlami amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda xizmat sohasidagi rasmiy ishonchno- malarga maxsus tartib raqami ham qo‘yib berilmoqda. Bun­day ishonchnomalar matnida ishonchnoma berilgan shaxsning pasport seriyasi va raqami ham keltiriimoqda. Ishonchnoma- ning bunday ko‘rinishi maxsus bosma ish qog‘ozlarida ras­miylashtiriladi.
0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodcksining 136-, 137- va 138-moddalarida ko‘zda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yi1gan boshqa hollar bun dan mustasno.
Ishonchnomaning amal qilish muddatlari yuqorida aytib o‘tildi. Qo'shimcha ravishda shuni aytish kcrakki, notarius tomonidan tasdiqlanib, O'zbekiston Rcspublikasidan tashqa- rida harakatlami amalga oshirishga mo'ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomo­nidan bekor qilingunicha o‘z kuchini saqlaydi.
Fuqarolik kodeksining 141-moddasida ishonchnomaning be­kor bo‘lish hollari bayon qilingan. Ishonchnomaning amal qilishi quyidagi hollarda bekor bo‘ladi: 1) ishonchnoma muddatining
279


Mci ’lumot-axborot hujjatlari




tamom boTishi; 2) ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor qilishi; 3) ishonchnoma berilgan shaxsning bosh tortishi; 4) no­midan ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to‘xtati- lishi; 5) nomiga ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyati­ning to‘xtatilishi; 6) ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala Iayoqati chcklangan yoki bcdarak yo4qolgan deb hisoblanishi yoxud uning vafot etishi; 7) ishonchnoma olgan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala Iayoqati cheklan- gan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishi yoxud uning vafot etishi.
Ishonchnoma bergan shaxs istagan vaqtda ishonchnomani bekor qilishi, ishonchnoma berilgan shaxs esa undan voz ke- chishi mumkin.
Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlami tuzish uchun berilgan ishonchnoma, qonunda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, notarial tasdiqlanishi kerak. Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma uning rahbari yoki ta’sis hujjatlariga binoan vakolat berilgan boshqa shaxs tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosiladi; pul va bosh­qa mulkiy boyliklami olish yoki topshirish uchun beriladigan ishonchnoma, yuqorida aytilganidek, shu yuridik shaxsning bosh (katta) hisobchisi tomonidan ham imzolanishi kerak. Yuridik shaxsning talabiga binoan, uning nomidan beriladi­gan ishonchnomalar notarial tasdiqlanishi ham mumkin. Bun- day hollarda ishonchnomani imzolagan mansabdor shaxsning vakolatlari tekshirilishi kerak.
Yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnomada yuridik shaxsning to‘liq nomi, rahbariy idoraning manzili va ishonch­nomani imzolagan shaxsning mansabi ko‘rsatilishi shart.
14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar nomidan, shuningdek, sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topil- gan kishilar nomidan ishonchnomalami ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchi lari yoki homiylari tuzadilar (0‘zbekis- ton Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-moddasi).


280



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling