Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
(muhr) (sana)
Tavsiyanoma Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat. U ma’muriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari - mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya etila- yotgan lavozim yoki tashkilotga a’zo bo‘lishga munosib ekan- ligi yuzasidan ishonch bildiriladi. Tavsiyanoma ba’zi xususiyatlari ga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi, shu sababli ularning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyat- lari ko‘rsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi. 305
Turli mukofotlarga taqdim etish - taqdimnoma ham tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari: Hujjatning nomi (Tavsiyanoma). Matn. Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ismi, otais- mi, familiyasi. Imzo. Sana. Tavsiyanoma namunasi 3-ilova TAVSIYANOMA Men Hakim Nasriddinovni 1974-yildan beri yaqindan taniy- man. 1984-yildan boshlab 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 0Lzbek tili, adabiyoti va folklori instituti da birga ishlaymiz. Bu davr ichida u atamashunoslik sohasida yetuk mu- taxassis sifatida tanildi, filologiya fanlari nomzodi bo‘ldi. Uning dissertatsiya ishi, bir qancha maqolalari ilmiy puxtaligi bilan ajralib turadi. Nasriddinov intizom va qat’iyatlihgi bilan jamoada obro‘ qozongan, totuv oilaning boshlig‘i. Institut ilmiy va ijtimoiy ha- yotida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu sababli men Hakim Nasriddinovni «0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyotida ilmiy muharrir sifatida ishlash uchun tavsiya qilaman. (imzo) filologiya fanlari nomzodi A. Madvaliyev 2016-yil 18-fevral 306
TARJIMAYI HOL Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Taijimayi hoi bir xil an- dozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq taijimayi holda ayrim qism- laming boMishi shart. Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari: Hujjatning nomi (Tarjimayi hoi). Matn: muallif familiyasi, ismi va otaismi; tug'ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi; millati, ijtimoiy kelib chiqishi; ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otaismi, ish joyi); ma’lumoti (qayerda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi); ish faoliyatining turlari; oxirgi ish joyi va lavozimi; mukofot va rag‘batlantirishlar; j) jamoat ishlaridagi ishtiroki; k) oilaviy ahvoli va oila a’zolari; 1) pasport ma’lumotlari; m) turar joyi (uy manzili), telefoni. Sana. Imzo. Tarjimayi hoi oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda, ya’ni ishga, o4qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda 307
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling