Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Tavsifiy tavsiyanoma namunasi
2-ilova O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 0‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining katta ilmiy x.odimi, filologiya fanlari nomzodi, 1971-yilda tug‘ilgan, o‘zbek, oliy ma’lumotli Salim Karimovga TAVSIFIY TAVSIYANOMA Salim Karimov 0‘zbekiston Milliy universiteti (Toshkent davlat universiteti)ning 0‘zbek filologiyasi fakultetini tugatib, 1994-yil oktyabr oyidan boshlab 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 0‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida laborant, 2000-yildan kichik ilmiy xodim, 2005-yildan hozirgi paytgacha katta ilmiy xodim vazifasida ishlab kelmoqda. lnstitutdagi faoliyati davomida o‘zbck tilshunosligining mu- him va dolzarb masalalarini mustaqil tadqiq qilishga layoqatli olim sifatida tanildi. S.Karimov 1999-yilda «0*zbek lingvopoetikasining tadrijiy taraqqiyoti» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat- li himoya qildi. U jumal va to‘plamlarda 64 ta ilmiy va ilmiy-om- mabop maqolaiar e’lon qildi. Ko'pgina respublika, respublikala- raro va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etdi. U institutning rejali ishlarini bajarishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Institut yosh olimlari kengashining raisi, kasa- ba uyushmasi tashkiloti byurosining a’zosi. Jamoa orasida alohida hurmatga ega. S.Karimov muntazam ravishda respublika radio si, matbuoti orqali o‘zbek filologiyasi crishgan yutuqlami targ‘ib qilib keladi. Ilmiy va jamoat ishlarida faolligi uchun bir necha marta institut ma’muriyati tomonidan pul mukofotlari va tashakkumomalar bilan taqdirlangan. S.Karimov doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. 304
U har ishda tashabbuskor, to‘g‘riso‘z, kasbdoshlariga mehri- bon va g‘amxo‘r. Uylangan, ikkita bolasi bor. 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 0‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining ma’muriyati, kasaba uyushmasi tashkiloti Salim Karimovni «0‘zbek tili va adabiyoti» mutaxas- sisligi bo‘yicha AQShda 2 yil muddatga o‘qituvchi sifatida ishlash uchun tavsiya etadi. Tavsifnoma ilmiy kengashda tasdiqlangan (2018-yil maydagi 10-bayonnoma). 0‘zbckiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 0‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori (imzo) (I. F.) Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi (imzo) (I. F.) Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling