Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet157/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Xizmat yozishmalari


Diplomatik bayonnomada ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchi turg‘un so‘z birikmalari, jumladan, bosh ustiga, boshimiz ko
lkka yetdi, ko'nglingizni cho‘ktirmang, bir yoqadan bosh chiqarib, bir tanu birjon bo ‘lib kabi iboralar, shuningdek, xalq maqollari, hikmatli so‘zlar keng qoMlanadi. Bunday turg‘un birliklar yozishmaga ko‘tarinki ruh berishga, ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi. Qadimda xalq iboralari diplomatik hujjatlarda, ayniqsa, ko‘p qo‘llangan bo‘lib, hozir ham ayrim rasmiy shaxsiy xatlarda tez-tez uchrab turadi.
Umuman olganda, diplomatik hujjatlarda do\st qiladigan ham, dushman qiladigan ham so‘zdir. «Aytilgan so‘z - otilgan o‘q», deydi xalqimiz. 0‘z o‘rnida aytilgan yoki yozilgan so‘z xalqlami bir-biriga yaqinlashtiradi, ba’zi kelishmovchilikLami bartaraf etishga yordam beradi. Aksincha, noto‘g‘ri yoki noo‘rin aytilgan so‘z esa salbiy oqibatlargaolib kelishi mumkin. Shuning uchun diplomatik yozishma olib borilayotganda xalqimizning «Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz», «So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki naqli bor» kabi dono o‘gitlarini hamisha yodda tutish kerak. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, diplomatik yozishmalar alohida atamalar tizimiga ega. Ularning asosiy qismi xalqaro miqyosdagi atama bo‘lgani uchun taijimasiz qoMlanadi.
Rasmiy uslubning ushbu turi grammatik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Diplomatik yozishmalarda fikr ko‘pincha I yoki III shaxs nomidan ifodalanadi, shu sababdan gaplaming kesimi I yoki III shaxs shaklida boMadi. Shuni alohida qayd qilib o‘tish kcrakki, diplomatik maktubda passiv konstruksiyalar ko‘p qoilanadi. Hatto bayonni I shaxs tomonidan yoki «biz tomondan qabul qilingan qaror» kabi majhul shakllarda ifodalash hollari ko'p uchraydi. Gap va so'z birikmalarining ko‘proq biriktiruvchi bog‘lovchilar (ham, va, hamda) yordamida, crgash gapli qo‘shma gaplarning esa -ki, shuning uchun, shu sababli, shu tufayli kabi ergashtiruvchi bog'lovchilar, ravishdoshning -b, -ib shakli vositasida bog‘- Ianishi kuzatiladi. Diplomatik yozishmalarda kirish so‘z va kirish birikmalar ko‘p qo‘llanadi.


385


Xizmat yozishmalari




Morfologik jihatdan kishilik, o‘zlik, ko‘rsatish olmoshlarining, tuslanmaydigan fe’l shakllari, ayniqsa, harakat nomining -moq shakli, majhul nisbat shakllarining, shuningdek, umid qilmoq, muyassar bo ‘Imoq, bekor qilmoq, ma’lum qilmoq, gullab-yashnamoq kabi qo‘shma va juft fe’llaming ko‘p ishlatilishini kuzatish mumkin. Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlasb kerakki, diplomatik yozishmalar ko'tarinki ruhda yozilganligi uchun ko4arinkilikka xizmat qiluvchi grammatik, morfologik shakllar ko‘p qolilanadi. Chunonchi, harakat nomining -moq shakli, fe’llaming ishonch bildirgaysiz, qabul etgaysiz kabi arxaik va kitobiy shakllarining qoilanishi va h.k.
Sintaktik jihatdan sabab, maqsad, to‘ldiruvchi, shart va to‘siqsizlik ma’nolarini ifodalovchi ergash gapli qo‘shma gaplardan keng foydalaniladi. Sifatdosh, ravishdoshli birikmalar, shunga hog‘liq holda (yoki ravishda), shu у о'nalishda, shunga asos la nib yoki shunga asoslangan holda, shunga ко ‘ra yoki shunga binoan kabi birikmalarning; «Vazirlik ishonch bildiradi», «shuni bildirish sharafiga muyassar bo ‘ladi (yoki bo Idim)», «Fursatdan foydalanib, у ana bir bor...ga ishonch bildiradi (bildiraman) yoki umid bildiradi (bildiraman)», «Ishonch bildirib aytamanki...», «Mening... ni qabul etgaysiz» kabi konstruksiyalaming ko‘p qo‘llanishi kuzatiladi.
Bir qarashda notalarning «Shuni ma’lum qiladiki...» yoki «Shuni та ’lum qilish sharafiga muyassar bo jadiki...» tarzida boshlanishining unchalik farqi yo‘qdek tuyuladi. Biroq bu davlatlaming o‘zaro munosabatiga ta’sir qiluvchi mi: him omillardan biri bo‘Hb qolisbi mumkin, chunki betakalluf aytilgan so‘z, maqtovlarsiz yozilgan hujjatlar davlatlaming o"zaro munosabatida kelishmovchiliklar mavjudligini ang- latadi. Agar biror davlat o‘zi tomonidan yuborilgan hujjatda shunga yo‘l qo‘ysa, ikkinchi tomon ham xuddi shu tarzda javob beradi va natijada davlatlaming otrtasiga sovuqehilik tushadi.


386



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling