Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Xizmat yozishmalari
o'zaro aloqasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun diplomatik hujjatlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar har bir davlatga aloqador an’ana va nomlanishlami aniq bilishi talab qilinadi. Davlat rahbarlarining, vazir va boshqa oliy mansabdorlaming ismi, otaismi va familiyasi to‘liq, hcch qanday qisqartirishsiz yozilishi kerak. I.O.F, lavozimlami asliga muvofiq yozish hurmat-e’tibor belgisi hisoblanadi. Ba’zi mamlakatlarda ismlar juda uzun bo‘lib, unda deyarli barcha avlodlami sanab ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Nota yuborayotgan shaxsning nomi va lavozimi to‘liq holda bayonotning yuqori chap burchagiga, gerb tasviri yoniga yozilishi kerak. Nota yuborilayotgan shaxsning nomi va lavozimi pastki chap qismiga yoziladi. Shaxsiy no talar quyidagi masalalar bo‘yicha yuboriladi: ishonch yorliqlarini topshirish; elchixona, vakolatxonalarning ochilishi munosabati bilan; davlatning tashkil topgan yoki mustaqillik e’lon qilingan kuni bilan qutlash; milliy bayramlar munosabati bilan qutlash; prezidentlik saylovi yoki referendum munosabati bilan qutlash; mamlakatda ro‘y bergan muhim ijtimoiy-siyosiy voqea munosabati bilan; mamlakatda yuz bergan tabiiy ofat (zilzila, suv toshqini va h.k.) munosabati bilan hamdardlik bildirish; prezident yoki yuqori mansabdor shaxsga aloqador musibat munosabati bilan ta’ziya bildirish. Shaxsiy nota muayyan tarkibiy qismlar va o‘ziga xos lisoniy qoliplarga ega bo‘lib, murojaat, asosiy qism va xulosaga boMinadi va I shaxs tomonidan yoziladi. Murojaat shaxsiy nota yo‘llanayotgan shaxsning o‘sha davlatdagi mavqei, lavozimi darajasiga ko‘ra qo‘llanadi. Chunonchi, do‘stona shaxsiy notada murojaatning quyidagi shakllari mavjud: 389
«Prezident janobi oliylari», «Qirol hazrati oliylari», «Qirolicha hazrati oliyalari», «Bosh vazir janobi oliylari», «Hurmatlijanob Vazir», «Ilurmatli janob El с hi», «Hurmatli janob Vakil» va boshqaiar. Nota rasmiy tusda bo‘Isa yoki ta’ziya izhor etilganda, e’zoz sokzlari tush in b qoldinladi va «Janob Prezident», «Janob Bosh vazir», «Janob Elchi» tarzida yoziladi. Basharti nota muvaqqat ishonchli shaxsga yuborilayotgan bo‘Isa, murojaatda muvaqqat so‘zi yozilmaydi. Asosiy qismda hujjat mazmuni yoritiladi. Agar nota do‘stona tusda yoziladigan bo'lsa, bu qism ham hurmat ifodalovchi so‘zlar bilan boshlanadi. Chunonchi: «Sizga hurmat bilan shuni malum qilamanki...», «Sizga chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etaman va shuni bildirish sharafiga muyassarmanki...», «Men Siz janobi oliylariga о 'z hurmatimni izhor etib, shuni bildirish sharafiga muyassarmanki...» kabi. Biroq nota rasmiy tusda yozilganda, e’tiroz yoki ta’ziya bildirilganda, hurmat va e’zoz so‘zlarisiz «Sizga shuni malum qilamizki...» deb, to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy mazmunga o‘tiladi. So‘ng asosiy qism quyidagicha beriladi: «Sizni ...bayrami (kuni) bilan samimiy qutlayman va mamlakatlarimiz о ‘rtasidagi do ‘stona munosabatlar bundan keyin ham rivojlanib boradi, deb umid qilaman»; «Sizning hukumatingiz va ...Respublikasi о ‘rtasida diplomatik aloqalar о ‘rnatildi va diplomatik vakolatxonalar о z is him boshladi»; «...munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etaman va qo‘U- mizdan kelgan yordamni ayamasligimizni та ’turn qilaman»; «Bizning hukumatimiz ...ni rad qiladi»; «...Respublikasiga та qul emasligini та ’lum qilaman» kabi. Xulosa qismi ham do‘ stona yozilgan notalarda hurmatni ifodalovchi so‘zlar bilan tugallanadi: 390
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling