Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Xizmat yozishmalari
«Fursatdan foydalanib, у ana bir bor Sizga hurmat va ehtiromimni izhor etaman»; «Imkoniyatdan foydalanib, Sizga bo ‘Igan hurmat va ehtiromimni yana bir bor izhor etaman»; «Mening hurmat va ehtiromimga yana bir bor ishonch bildir- gaysiz» kabi. So‘ng o‘ng tomonga kimdan, chap tomonga esa kimga yuborilayotgani yoziladi. Imzo qo‘yilishdan avval ham hurmat ifodasi yozilishi mumkin: «Eng ezgu tilaklar На», «Kamoli ehlirom На», «Hurmat va ehtirom bilan», «Sizga chuqur hurmat bilan» kabi. Verbal nota- hozirgi vaqtda davlatlararo tashqi aloqa- larda eng kolp qo‘llanuvchi hujjat bo‘lib, tashqi ishlar vazir- liklari, elchixonalar, vakolatxonalarning asosiy yozishmasidir. Verbal nota muayyan mansabdor shaxs nomidan yozilishi va keng qamrovliligi bilan shaxsiy notadan farq qiladi. Unda hukumatlarga muhim, davlat ahamiyatiga molik masala- lar va so‘rovlar yuzasidan ma’lumotlar berish, elchixona va vakolatxonalardagi o‘zgarishlardan xabardor qilish, viza berish yoki uning muddatini cho‘zish, biror mamlakatga tashrif yoki yirik anjumanda ishtirok etish uchun taklif yoki ruxsat olish, biror joyga delegatsiya jo‘natish kabi turli masalalar yoritilishi mumkin. Verbal nota bevosita shaxslar o‘rtasida emas, balki hukumatlar, vazirliklar, elchixonalar, vakolatxona- lar o‘rtasidagi diplomatik yozishma bo‘lganligi uchun unda murojaat qismi boimaydi. Verbal notaning zaruriy qismlari: Davlat gerbi tasviri tushirilgan maxsus qog4ozga yoziladi. Qog‘ozning yuqori chap burchagiga nota yo‘llayot- gan hukumat, vazirlik, elchixona yoki davlat mahkamasining to‘liq nomi yoziladi va joriy raqami qo‘yiladi. 391
Matn bevosita asosiy qismdan boshlanadi va III shaxs nomidan yoziladi. Matndan so‘ng nota yoMlovchi davlat poytaxtining nomi va sana yoziladi. Pastki chap burchagida nota yo‘llanayotgan mahkama va o'sha davlat poytaxtining nomi ko‘rsatiladi. Nota Tashqi ishlar vazirligi yoki vakolatxonaiar muhri bilan tasdiqlanadi. Verbal notaga imzo qo'yilmaydi. Verbal nota ham do‘stona, iliq munosabatni ifodalaganda, hurmat va e’zoz so'zlari bilan boshlanib, hurmat so‘zlari bilan tugallanadi. Aks holda, bunday so'zlar tushirib qoldiriladi. Notalar boshqacha shakllarda ham yozilishi mumkin. Chunonchi, ba’zi notalarda qayerga yuborilayotganini yuqori- ga yozish yoki har ikkovini ham pastki qismga yozish hol- lari uchraydi. Shuningdek, ba’zilarida matndan oldin «Verbal nota» yoki «Nota» deb yozib qo‘yiladi. Gerb tasviri chekka qismda emas, o‘rtada bo‘lishi ham mumkin. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling