Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
(imzo) P. Mirzakarimov
yil 30-mart 188
Bu yerda shuni eslatib o‘tish kerakki, davlat notarial idora- lariga yoziladigan arizalarda ba’zan ularga qo‘yiladigan sana- lami raqamlar bilan emas, to‘lig‘icha harflar bilan yozish joriy qilingan (bu hoi raqamlami osonlik bilan o‘zgartirish mumkin bo‘!gan qonunbuzarliklarning oldini oladi). Shunday arizalardan bir necha namunalar keltiriladi. Mazkur namunalar, biroz tahrir qilingan holda, «0‘zbe- kistonda notariat» amaliy qo‘llanmasidan olindi. 45-ilova Toshkent viloyati Chinoz tumani davlat notarial idorasiga Chinoz tumani Yallama qishlog‘i M. Po‘latov ko‘chasidagi 48-uyda yashovchi Maqsudaxon A hatovadan ARIZA Men, Maqsudaxon Ahatova, turmush o‘rtog‘iin Turg‘unboy Mahkamovich Ahatovga birgalikdagi turmushimiz davrida olingan, 2008-yilda ishlab chiqarilgan «Neksia» rusumli, 10A643BB davlat raqamli belgisi bo‘lgan avtomashinamizni uning o‘zi xohlagan narx va shart/ar asosida sotishiga rozilik biidiraman. (imzo) Maqsudaxon Ahatova Chinoz shahri, ikki ming o‘n uchinchi yil may oyining yigirma uchinchi kuni. Tahrirdan oldin ushbu ariza namunasida ariza beruvchining familiyasi avval, ismi keyin yozilgan. Ariza bitilgan joy va sana haqida maTumotlar imzodan avval keltirilgan edi. Biz arizadagi bu o‘rinlami o‘zbek tili qonun-qoidalari nuqtayi nazaridan tegishlicha tahrir qildik. 46—48-ilovalardagi namunalarda ham ayni tahrir amalga oshirildi. 189
46-ilova Marg‘ilon shahar 1 -davlat notarial idorasiga Chinoz tumani Eski Toshkent qishIog‘i Sohibkor ko‘chasi 45-uyda yashovchi Mamarasul Sulaymonovdan ARIZA Ushbu ariza orqali mazkur notarial idorada 2018-yil 17-may kuni tasdiqlanib, ro‘yxatda 1417 raqami bilan qayd etilgan va- siyatnomamni bekor qilaman. (imzo) Mamarasul Sulaymonov Chinoz shahri, ikki ming o‘n to‘qqizinchi yil may oyining yigirma birinchi kuni. 47-ilova Marg‘ ilon shahar davlat notarial idorasiga Chinoz tumani Eski Toshkent qishlog‘i Samarqand ko‘chasi 50-uyda yashovchi Alijon Sobirovdan ARIZA Men, Alijon Sobirov, 2018-yil mart oyining 22-kunida vafot etgan otam Saidvali Sobirovning merosxo'ri sifatida undan qolgan merosiy mulkdan menga tegishi kerak bo'lgan hissadan Surayyo Saidvaliyevna Rahmonova foydasiga voz kechaman. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling