Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
50-ilova
DA’VO ARTZASI (lizing shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, asosiy qarz va unga hisoblangan penyani undirish hamda lizing obyektini qaytarish to‘g‘risida) « » MCHJ va « » XK o'rtasida 2018-yil 10-yanvarda -sonli lizing shartnomasi im- zolangan. Mazkur lizing shartnomasining l.l-bandiga ko'ra, lizingga beruvchi lizing obyektini shartnomada ko‘rsatilgan muddatda top- shirishi, lizingga oluvchi esa lizing obyekti to'lovlarini shartnomada ko‘rsatiigan muddatda to‘lash majburiyatini olgan. Lizingga beruvchi 2018-yil 30-yanvarda lizing obyektini lizing oluvchiga topshirgan va bu haqda tegishli tartibda qabul qi- lish-topshirish dalolatnomasi tuzilgan. 194
Ammo lizing oluvchi tomonidan shartnoma majburiyatlari lozim darajada bajarilmasdan kelmoqda. Javobgarga yuborilgan talabnomalar oqibatsiz qoldirilgan. Shunga ko‘ra, 2018-yil 10-mart holatiga « » XKning « » MCHJ oldida (2018-yil yanvar oyidan 2018-yil mart oyigacha 3 oylik davr uchun) jami 21 400 000 so‘m qarzdorligi mavjud. Shartnomaning 3.3-bobi, «Ь» bandiga ko‘ra, majburiyatlar lozim darajada bajarilmaganda, lizingga beruvchi lizing obyekti summasining 2/3 qismi to‘langunga qadar, shartnomani muddati- dan oldin bekor qilishni hamda lizing obyektini qaytarishni talab qilish huquqiga ega. Ushbu qarzdorlikni to‘lash hamda shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni va lizing obyektini qaytarish y uzasidan yuborilgan talabnomalar oqibatsiz qoldirilgan. 0‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 236-modda- siga ko‘ra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boimaganida esa ~ ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Okzbekiston Respublikasi «Xo‘jalik yurituvchi subycktlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonu- nining 25-moddasiga ko‘ra, tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to‘liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xi/matlar ko'rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechik- tirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ket- masligi lozim. Penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buz- gan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik, ishlami bajarmaslik yoki xizmatlami ko'rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash- dan ozod etmaydi. Shunga ko‘ra, asosiy qarz, ya’ni 21 400 000 so‘mning 5%= 107 000 so‘m bo‘ladi. Mazkur summani kcchiktirilgan kun- ga, ya’ni 90 kunga ko‘paytirsak, 90x107 000=19 260 000 so‘mni 195
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling