Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet83/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Ma 'lumot-axborot hujjatlari


tashkil etadi. Demak, bunda 21 400 000 so‘mning 50%ni penya sifatida hisoblaymiz. 21 400 000/50%= 10 700 000 so‘m penya boMadi.
YuqoridagilaTga asosan, qarzdor « » XK
kreditor « » MCHJga 21 400 000 so‘m aso­
siy qarz, 10 700 000 so‘m penya to‘lashi lozim.
Yuqoridagilarga hamda 0‘zbekiston Respublikasining «Li­zing to‘g‘risida»gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonunining 24-moddasiga, 0‘zbekiston Respub­likasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 4, 25, 26, 149, 152-mod- dalariga asosan, suddan quyidagilami:
So‘ raymiz:

  1. Mazkur da’vo arizasini ish yurituvga qabul qilish;

  2. Taraflar o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni va lizing obyektini qaytarish;

  3. Javobgar « » XK hisobidan da’vogar

« » MCHJ foydasiga 21 400 000 so‘m aso­siy qarz, 10 700 000 so‘m penya, jami 32 100 000 so‘m undirish.

  1. Da’vogar foydasiga davlat boji va pochta xarajatlari javob- gardan undirish yuklatilsin.

Ilova: varaqda.

  1. Taraflar o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasi.

  2. To‘lov jadvali.

  3. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.

  4. Javobgarga yuborilgan talabnoma.

  5. Davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

  6. Pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

  7. Javobgarga da’vo arizasi yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.

« »MCHJ direktori / /


196


Ariza




Turli tashkilot va muassasalar tomonidan vakolatli davlat organlari ga shikoyat mazmunidagi arizalar bilan ham murojaat qilish mumkin. Shunday holatlar bo‘ladiki, sud chiqargan ajrim xulosalarini ijro etish ham bajarilmay qoladi. Bunday vaziyatlarda da’vogar o‘z haq-huquqlarini tiklash maqsadida vakolatli davlat organlariga shikoyat arizalarini kiritadi. Quyida shunday arizaning umumiy shakliga namuna keltirilgan.
51-ilova


  1. yil « »

viloyati prokuraturasiga
Manzili: viloyati
shahri
ko‘chasi, 41-uy
SHIKOYAT AR1ZASI
(davlat ijrochisining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan)
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2017-yil

  1. iyunda da’vogar « » MCHJning javobgar

« » XK hisobidan 24 668 500 so‘m asosiy qarz,
5 000 000 so‘m penya, 370 027,50 so‘m davlat boji hamda 7 200 so‘m pochta xarajatlari undirish to‘g'risidagi hal qiluv qarori qa­bul qilingan. Mazkur hal qiluv qaroriga asosan, 2017-yil 14-iyulda 1001-1000/100000-sonli ijro varaqasi berilgan.
0‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjallari va boshqa organiar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik nizolari bo‘yicha sudlaming hal qiluv qaroriari, ajrimlari va qaroriari ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari hisoblanadi. Shuningdek, ushbu Qonunning 7-moddasiga binoan, sudlar o‘zlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari ijro hujjatlari hisoblanadi. Xususan, Qonunning 23-moddasiga ko'ra, davlat ijrochisi ijro hujjatini sud yoki boshqa organdan yoxud


197


Ma lumot-axborot hujjatlari




undiruvchidan ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart.
Mazkur ijro varaqasi 2017-yil 15-avgustda 0‘zbekiston Res­publikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining bo‘limiga pochta orqali yuborilgan.
O‘zbckiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasiga ko‘ra, sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kun- dan kcchiktirmay ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Shuningdek, ushbu Qonunning 30-moddasiga ko'ra, ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran ko‘pi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amal­ga oshirilishi va ijro etilishi kerak. Ammo 1001-1000/100000-son- li ijro varaqasi bugungi kunga qadar ijro etilmasdan kelmoqda.
Yuqoridagilarga hamda O'zbckiston Respublikasi «Sud huj­jatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qo­nunining tegishli moddalariga asosan:

  1. 2017-yil 14-iyuldagi 1001-1000/100000-sonli ijro varaqasi- ni ijro etishda amaliy yordam bcrishni;

  2. Ushbu ijro ishi yuzasidan qabul qilinadigan barcha huj- jatlami Sirg‘ali tumani Yangi Sirg'ali ko‘chasi, 33-uyga yubo- rishni so1 raymiz.

Ilova: 2017-yil 15-avgustda 0‘zbekiston Respublika­si Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining bo4imiga yuborilgan xat nusxasi.
« »MCHJ direktori A. Aslanov


Da’vo arizalari fuqarolar tomonidan ham yozilishini yuqorida eslatib o‘tdik. Bunday arizalar ko‘pincha MIB, sud va prokuratura idoralariga yoziladi va xizmat arizalaridan faqat to‘rtburchak muhming bo‘lmasligi bilan farqlanadi. Fuqarolaming da’vo arizalari aliment undirish, qo‘shimcha ishlaganlik yoki majburan bekor qolganlik uchun haq undirish, nikohni haqiqiy emas deb topish, nikohni bekor qilish, mol-
198



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling